Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
53
Agar men o‘sha kontseptsiyani qabul qilmasam, u mening manfaatlarimga mos tushmasa, hech kim 
laboratoriya tajribalari orqali menga boshqa bir turmush tarzini majbur qilish huquqiga ega emas. Men 
Filofeyning maktubini diqqat bilan o‘rgandim. Ko‘p o‘yladim. Sizni har qancha hurmat qilishimdan qat’iy 
nazar, mister Ordok, bu masalada, men sizning fikringizga qo‘shila olmayman. Filofeyning tavsiyalariga 
ergashib bo‘lmaydi deb bilaman. Ehtimol, ilmiy nuqtai nazardan u haq bo‘lsa bordir, lekin amalda esa – 
yo‘q, u haq emas. Biz tajriba qilinadigan kalamushlar emasmiz-ku!

To‘g‘ri! Ofarin! haq gapni aytayotir! — degan ovozlar yangrab, zal to‘lqinlanib ketdi.
Telekameralar zal bo‘ylab o‘rmalar ekan, baqirib-chaqirayotganlarni birma-bir yirik qilib ko‘rsata 
boshladi. Teleoperator bir zumda Ordokning o‘zini ham yaqqol ko‘rsatib o‘tdi. U ayanchli bir ahvolga 
tushib, shumshayib qolgan edi. Minbar oldida butunlay sarosimaga tushgan, nima qilishini bilmay, 
zaldagi bebosh ehtiroslarni qanday bosish yo‘lini topolmay najotsiz turar edi. Xuddi shu onda Bork 
Ordokning yuzida yana paydo bo‘lgan dog‘larni sezdi. Ana, sho‘rva yuzidagiday qizg‘ish ko‘kimtir dog‘lar 
uzoqdan ekranda issiq va namday tuyuldi. Butun koru holni ko‘rib turar ekan, Bork Yerdagi 
yovuzliklarning manbai odamlarning o‘zlarida ekanligini tan olishni xohlamaganliklaridan g‘alati bo‘lib 
ketdi. Ha, ular Filofeyni tushunishni hech ham xohlashmaydi. Bork Ordokka achindi. Ordok esa 
haqoratlangan edi. “Ishi yurishmadi, yurishmadi-da, — dedi o‘zining eski do‘sti uchun joni kuyib Bork. 
— Eng muhimi, u ruhiy tushkunlikka uchramasin-da! U zalni qayta ishontira olsa, o‘z nuqtai nazarini 
himoya qila bilsa, oldingi mavqeini egallaydi. Qo‘lidan kelarmikin? Voy xudoyimey, qanday 
bema’nigarchilik! Biz barbod bo‘ldik, biz aybdor emasmiz, lekin ish bizning o‘zimizga kelganda go‘yo 
ko‘r bo‘lamiz qolamiz. Sho‘rlik Filofey, hozir shu zalda bo‘lsa edi!”

Men sizdan iltimos qilaman, mister Ordok, o‘z nomimdan, agar menga qo‘shilishsa, saylovchilar 
nomidan so‘rayman. Buni shunday qoldirib bo‘lmaydi! — o‘zini vrachman deb tanitgan kishi shovqinni 
bardosh bilan yengib, mikrofon oldida baqirib-chaqira boshladi. — Amerika fuqarolari ustidan qandaydir 
eksperimentlar o‘tkazishga hech kimning haqi yo‘q! O’sha samoviy rohib butun insoniyatni qandaydir 
to‘da, olomon deb biladi, bu uning ishi, bizning ishimiz emas. Biz esa amerikaliklarmiz. Biz – mustaqil 
shaxslarmiz! Qo‘shma Shtatlar hududida g‘alamislik bilan nurlantirishlar o‘tkazishni man etish zarur! 
Endi Kongress o‘z so‘zini aytsin, bizning federal organlarimiz o‘z so‘zini aytsin! – To‘g‘ri, rost! Taqiqlash 
kerak! – Hamma yoqdan ovozlar eshitildi.

Taqiqlansin!

Tinchlaning, janoblar! Iltimos qilaman, xonimlar! – sahnadagi mikrofon oldida turib tartibga 
chaqirishga harakat qildi saylovoldi uchrashuvini boshqarayotgan suxandon. U qimmatbaho qalin 
ko‘zoynak taqib, bashang kiyingan va sochini ikki bo‘lib farq ochib olgan basavlat kishi edi. Aftidan, 
ahvolning bunday tus olishini kutmagan ko‘rinadi. U hayajonda edi. – Mikrofonda navbat bilan 
gapirishlaringizni so‘rayman! – da’vat qilar edi. – Men sizga so‘z beraman, faqat navbat bilan, iltimos 
qilaman, bemalol, faqat navbat bilan gapiringlar.
Lekin endi kech edi. Yo‘laklardagi mikrofonlar yonida shu zahoti yuragidagini aytib olish, bundan 
oldin gapirgan notiqlarning so‘zlariga javoban fikr bildirish uchun odamlar to‘planib qolgan edi.
Majlisni boshqaruvchi mikrofonlarda gapiruvchilarga navbatma-navbat so‘z berib turishdan boshqa 
iloj topmadi:

Birinchi mikrofon! So‘z ikkinchiga! Bemalol! Uchinchi mikrofon! Beshinchi, yettinchi, o‘ninchi...
Mikrofonlarda navbat kutganlar va gapirayotganlar soni ko‘paygandan ko‘payib bordi. So‘zga 
chiqqanlarning ko‘pchiligi Filofeyning kashfiyotlarini va g‘oyalarini keskin qoralashga, kosmosda paydo 
bo‘lgan o‘sha g‘alamisni, ashaddiy buzg‘inchini orbitadan haydab chiqarishga chaqirar edi; bir nusxa, 
rus muhojirlaridan bo‘lsa kerak, Filofeyni KGB chaqimchilariga o‘xshatib, homilador ayollar ustidan 
material to‘playdigan, kosmik ayg‘oqchi deb atadi. Ikkinchi bir nusxa Filofey Rossiyaning kosmosga 
chiqargan agenti, unga Amerikani ichdan yemirish, jamiyatda genetik bomba portlatish vazifasi 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish