Kutubxonachi.uz
60
yengillata oladigan bironta usul, bironta so‘z topilmas edi. U bo‘lib o‘tgan voqealarning nimalarga olib
kelishini juda yaxshi tasavvur qilgan edi.
— Robert, — dedi Jessi xo‘rsinib yig‘lar ekan.
–
Ha, Jessi, bir narsa demoqchimisan?
–
Robert, men hozir bir narsa haqida o‘ylab ketdim, — deb so‘z boshladi-da, jim qoldi. Robert kutib
turdi. — Vannadan sochiq olib kelib ber.
Bork sochiq olib keldi. Jessi yuzini artar ekan, yoshini tiyishga harakat qildi.
–
Bir narsa demoqchimiding, Jessi?
–
Menga bir fikr keldi, Robert, bugun sening boshingga ham kosmosdagi Filofeyning boshiga
tushgan falokat tushdi, bu idealizm fojealaridan. Men sening sevikli Suqroting haqida o‘ylab ketibman.
Xuddi o‘sha zamonlarda bo‘lgani kabi, ko‘p vaqtlar o‘tgandan so‘ng idealistik utopiyaga
(xayolparastlikka) olomon qarshi chiqdi. Kimdir birovning kallasiga qop kiydiradi va hamma shunga
tashlanadi.
–
Ehtimol shundaydir, — dedi Robert bosiq ohangda.
–
Shundaymi-yo‘qmi, yoki taxminan shundaymi. Lekin nima bo‘lganini sen o‘zing ko‘rding-ku,
Robert. Men Ordok haqida gapirmayapman, biz uni yaxshi bilmas ekanmiz, sen u bilan suhbat
qilmasliging kerak edi. U shunday razil nusxa ekanki, prezidentlik kursisi deb har narsa qilishga — Har
qanday yolg‘onga, har qanday tuhmatga va uydirmaga tayyor ekan. Men u haqda gapirmoqchi
emasman, ming la’nat unga. Lekin katta sportzalni to‘ldirib o‘tirganlarning qanday dahshatli olomon
ekanligiga qara! Buni quturgan son-sanoqsiz yilqiga o‘xshatish mumkinki, bunday uyurlar o‘tgan
joylarda gullar emas, balki xor-tikanlar bitadi. Hammasini xudo olsin! Oh, Robert, bu olomon, bu
darranda! Bu nima, nima o‘zi, qanday dahshatli manzara! Yo parvardigor! — Jessi yuzini sochiq bilan
yopib olib yana ho‘ngrab yubordi.
–
Bas qil, Jessi, o‘zingni bos, o‘tinib so‘rayman, sen buni yuragingga juda yaqin olyapsan. Seni
tushunib turibman, lekin o‘ylashib olaylik, masalaga bir oz uzoqdan qaraylik — xotinini yupatmoqchi
bo‘ldi Bork. Uni yupatar ekan, mantiqqa asoslanishga, g‘azab otiga ko‘r-ko‘rona minmaslikka undadi va
o‘zi ham ancha tinchlandi. — Sen ko‘p jihatdan haqsan, bu to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas.
Shu bilan birga Suqrot aytgan fojia vaqt tanlamaydi, bu ham to‘g‘ri. O’ylab ko‘r. Bu shunday bo‘la qolsin.
Omma — bu poda, tabiiy ofat yoki sening so‘zing bilan aytganda — uyur va shu bilan birga bu — ijtimoiy
hayotning suyanchig‘i ham. Qochib qutula olmaysan! U insoniy moddiyat, hayot ana shu negizga
qurilgan va yana shuning ustida turipti. Turmushning tuzilishida, aytish mumkinki, hayot dialektikasida
mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan bir xususiyat — abadiy fojea yashab keladi: mutafakkir jamiyat qonunlarini
kashf etadi, jamiyat bo‘lsa xuddi ana shu xizmatlari uchun uni murtad deb e’lon qiladi, keyinchalik esa
xuddi ana shu kashfiyotlarni qurol qilib oladi. Inkor orqali ko‘z ochiladi.
–
Robert, — xotini uning so‘zini bo‘ldi, ovozi va nigohi bilan ta’na toshini otib. — Sen
xohlaganingcha fikr yuritaverishing mumkin, lekin ko‘z ochilish borasida menga nimalarnidir uqdiraman
deb ovora bo‘lma. Ko‘zni ochish uchun odamni oldin oyoqosti qilish kerakmi? Shundaymi? Yo‘q, men
bunisini qabul qila olmayman. Men bilan sening falsafa sotadigan vaqtimiz emas. Kun kech bo‘lyapti.
Agar ko‘nglingga tugib qo‘yganing bo‘lsa, ertaga ertalab aytganing durust. O’ylab ko‘r.
–
Ha, ko‘nglimga tugib qo‘yganman.
–
Robert, buning ma’nosiga aqlim yetib turipti, hamma Ordok tarafda, sen tarafda esa mikrofonga
chopib kelgan, oti nimaydi, haligi yigitni hisobga olmaganda — Hech kim yo‘q.
–
Entoni Yunger.
–
Jilla qursa o‘shangga rahmat. Endi ravshan bo‘ldi, senga qarshi fitna uyushtirilgan, sen bunga
javob bera olmasdan tura olmaysan. Qaragin, agar haqiqat sen bilan Filofey tomonida ekaniga imoning
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |