Kutubxonachi.uz
67
— Tegmanglar! Gazandalar! — baqirar edi u qo‘rqa-pisa yuzidagi qonni artar ekan.
Uning ham shiorini bir zumda parcha-parcha qilib tashlashdi.
— Xo‘sh, qalaysan endi? Lovillab yonasanmi yo tutabmi? Bunaqangi tuturiqsiz gaplarni yozishdan
oldin o‘ylab ko‘rish kerak edi! Nega yonmayapsan? Bundan keyingi voqealar bir zumda bo‘lib o‘tdi.
— Sen menga gugurt chaqib tashla! — beixtiyor baland ovozda dedi qiz zaharxandalik bilan, kulib
o‘ziga qarab turganlarga.
Shunda kimdir gugurt qutisini qo‘liga olib chaqmoqchi bo‘ldi...
— Kimda zajigalka bor? Xa-xa-xa! Yaxshisi sen unga zajigalkangni tegiz! — deb taklif qildi kimdir.
— To‘xta! Yoqma! — deb baqirdi qizning sherigi haligi yigit — kaltaklayotgan odamning changalidan
chiqar ekan. Lekin ulgurmay qoldi. Yonib turgan gugurt donasi qizning yelkasidagi sintetik kurtkasiga
tushdi-yu u olov ola boshladi.
hamma anqayib qoldi, keyin orqaga tisarilib, chor atrofga qochib qolishdi.
Butun badani alanga olgan qiz qochib qutuladiganday u yoq bu yoqqa chopib, dahshat bilan
ayyuhannos sola boshladi. Qizil maydonda hamma-hammasi ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketdi. Olomon
sarosimaga tushib qoldi.
Nariroqda kimdir tashlab ketgan bomba portlabdi, kimdir o‘ziga tiriklayin o‘t qo‘yibdi, yoki undan ham
dahshatlisi – lovullab yonayotgan bittasi mitingda qatnashganlar orasida jonsarak chopib yuribdi degan
ovoza yashin tezligida tarqalishi bilan odamlar hammasini unutib shosha-pisha o‘sha tomonga chopa
ketishdi. Olomon katta-kichik ko‘chalarda bir-birlarini bosib, yiqitib, dod-faryod solib qichqirishar, o‘zlari
uchun mo‘‘tabar bo‘lgan rasmlarni va alangali chaqiriqlarni hech keraksiz narsalarday oyoq osti qilib
borar edi. Odamlar aqldan ozganday o‘lguday qo‘rqib chopishar, o‘zligidan qochishar edi.
Nega bunday bo‘ldi, Kreml biqinida bo‘lib o‘tgan to‘polonning sababi nima – hech kim javob bera
olmas edi. O’zimga o‘zim o‘t qo‘yaman deb po‘pisa qilgan qiz yonib ketgandan buyon umum qabul
qilingan qonun-qoidalarni buzibmi yoki hazillashibmi, yoki jiddiymi – xullas vaqtning yangi hisobi
boshlandi. Yongan qizning baqirib-chaqirib u yoqdan bu yoqqa chopib yurganini hamma ko‘rdi. Qiz
yerga yiqildi. Uni haligi yigit va u bilan birga bo‘lgan bir necha omonchilar quvib yetishdi. Ular qizning
kiyimlarini shosha-pisha o‘chirishga urinishdi. Lekin endi kech edi. Yigit tiz cho‘kib nima qilarini bilmay
boshini changallab qoldi. Xuddi shu daqiqada, bo‘shab qolgan maydonga vertolyot kelib qo‘ndi, u
bungacha televidenie uchun tasvirga olib yurgan bo‘lsa kerak. Vertolyotning quloqni batang qilib
aylanayotgan parragi tagida shamol va shovqinni nazar-pisand qilmay odamlar chopib chiqishdi, qizning
jasadini ko‘tarib olishdi, o‘sha yigit bilan ikki omonchini olib vertolet havoga ko‘tarildi. Lekin kimdir
buning hammasini tasvirga tushurishga ulgurgan edi.
Vertolyot parvoz qilib, Qizil maydon ustidan o‘tdi. Spas minorasining bo‘yi baravarli ko‘tarilgach,
yo‘lini davom ettirdi-da, Toshko‘prik ustidan o‘tgandan keyin Moskva daryosining sohili bo‘ylab uchib
ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi...
O’z g‘oyalari yo‘lida jon-jahdi bilan, orqa-oldiga qaramasdan, o‘zlarini qahramonlarcha qurbon qilgan
ikki navjuvon talaba fojiasi ham o‘rmonda yo‘qolgan qushday shahar binolari chakalakzorlari orasida
vertolyot bilan birga g‘oyib bo‘ldi. O, yoshlik, xom xayollarning, halokatga mahkum orzularning mangulik
hamrohidirsan, sen!
O’sha kecha shahar markazi uzoq vaqtgacha tinchlanmadi, kunduzgi voqealarning aks-sadosi
bosilmadi. Iztirob ko‘plarni ko‘chalarga haydadi, odamlarning basharalarida, ovozlarida,
yurishturishlarida asabiylik iz qoldirgan edi. Odamlar to‘p-to‘p bo‘lib bahslashar, nimalarnidir taxmin
qilishar edi, lekin bir narsaga hech kimning aqli yetmasdi – bor-yo‘g‘i bir gugurt donasi chaqib tashlansa-
da o‘chmasa, va qiz bir lahzada alanga olib ketsa? Bu ko‘zboyloqchilik emas-ku, tsirk emas-ku, axir!
Uning kiyimiga qandaydir alanga oladigan modda singdirilganmikin? O’lim bilan o‘ynashish nechun?
Bunday bo‘lmasa-chi?! Bu butunlay boshqa narsa, aql bovar qilmaydigan metafizik hodisa – odam o‘z
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |