Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
70
Qiziq, uning ko‘rgan tushlaridan biri esiga keldi. Ba’zan odamlar tushida ko‘rganini o‘ngida ko‘radi 
deyishadi. Bu tushni ko‘rganiga ko‘p vaqt o‘tgani yo‘q — tushida hammayoq golf maydonlari emish, 
kechasi oy nur sochib turganmish, hamma shodu xurram va erkin his qilarmish o‘zini, lekin ko‘ngilsizlik 
ro‘y bergan emish: chuqurchaga tushgan koptokni tayoq bilan urib chiqarib bo‘lmas emish — koptok 
o‘rnidan qo‘zg‘almasmish, Bork qanchalik harakat qilmasin, koptok qimirlamay turavergan emish. Shu 
on qayoqdandir tepa tarafdan kafedrada birga ishlashgan hamkasabasi marhum professor Maks Frayd 
kelib qolganmish. U Borkka qarab: “Oyga uchib ketaylik, u yerda xuddi shunday maydonlar bor, golf 
o‘ynaymiz, der emish. Bork Maksning so‘zlariga ishonib, uning orqasidan ergashib dalalar ustidan uchib 
ketarmish. Xotini Jessi bo‘lsa, ortidan chopib, “orqaga qayt” deb chaqirarmish. Va nima uchundir u 
yig‘larmish. Bu tushning ta’biri nimaykin? Bunisi qiziq bo‘ldi-ku! Lekin o‘ylab ko‘rilsa, ajablanarli joyi ham 
yo‘q. Maks uning dilkash do‘sti edi, har xil bo‘lar bo‘lmas narsalarga, hatto ilmi nujumga ham qiziqib 
yurardi. Masalan, golf o‘ynaganda qanday hisob bilan yutishini yoki yutqizishini yulduzlarga qarab 
aniqlashga urinar edi. Aytganlari ba’zan to‘g‘ri chiqar, lekin ko‘p hollarda bashoratlari to‘g‘ri chiqmas 
edi. Ehtimol Maksning arvohi u dunyoda biron narsani oldindan sezgandir va qandaydir ko‘ngilsiz 
samoviy hodisaning yaqinlashayotganini payqagandir va shuning uchun do‘stini falokatdan qutqarib 
qolish uchun Oyga uchib chorlayotgandir. Shuning uchun ham tushiga kirib ogohlantirayotgandir.
ha, Maks hayot bo‘lganda mitingda bo‘lib o‘tgan voqeadan so‘ng yarim kechada bo‘lsayam Nyuberiga 
chopib kelgan bo‘lur edi. Ehtimol, buning nafi bo‘lmas, lekin mana shuning o‘ziyoq Maksning tinib-
tinchimas va o‘ta darajada sadoqatli do‘st ekanligini isbotlaydi. Ahyon-ahyonda Jessi royalda u qadar 
murakkab bo‘lmagan kuylarni binoyiday chalar edi. U ba’zan masxaromuz hazillardan ham qaytmas edi: 
“Sening barcha do‘stlaring, Bob, Maksga o‘xshagan o‘lguday g‘alati ziyolilar-da. Aslida senlar rohiblar 
uyushmasini ochib olishlaring, sen jamoaning boshlig‘i, quling o‘rgilsin qattiqqo‘l murabbiysi bo‘lib 
olishing, suxsurday Maks esa sening o‘ng qo‘ling bo‘lishi kerak ekan, ana o‘shanda u hamma-
hammasiga ulgurgan bo‘lur edi. Ana o‘shanda senlar fanlardagina emas, yana boshqa sohalarda ham 
bor hunarlaringni namoyon qilgan bo‘lurmidilaring?” Bechora Maks, axir uning Jessiga ko‘ngli bor edi 
va o‘qtin-o‘qtin buni hazil-mutoyiba bilan shipshitib ham qo‘yardi. U shirakayf paytlarida yuragidagini 
aytib ham olardi: “Robert, eshit, senga rostini aytsam, mening turmushimga rosa to‘g‘anoq bo‘lgansan”.
“Rostdan-a?”
“Sen bo‘lmaganingda, Jessiga muhabbat izhor qilgan bo‘lur edim”.
“Ehtimol, hozir ham kech emasdir”.
“Yo‘q, sen umuman yorug‘ dunyoga kelmaganingda, ana o‘shandagina men Jessiga nima deyishimni 
o‘zim bilardim”.
“Unday bo‘lsa, qo‘lingdan hech narsa kelmas ekan. Ko‘rib turibsan — men yorug‘ dunyoda 
yashayapman”.
“Ana ko‘rdingmi, mening hayotimga rosa xalaqit berganingni endi tushungandirsan”.
“Maks, do‘stginam, sen yashashning juda oson yo‘lini tanlagan ekansan. Men yashayotgan dunyoda 
baxtingni sinab ko‘r, mensiz badastir sharoitda yashashingning qizig‘i yo‘q”.
“Yo‘q, sen bor joyda yayray olmayman. Hecham”.
“Nega edi. Xotin zoti seni desa jonini beradi — savlat desa ot hurkadi, husn desa birovdan qarz 
olgudek joying yo‘q, mototsiklda uchib yurgan kezlaring hammaning ko‘zi senda bo‘lardi. Qolaversa, 
mendan yoshroqsan”.
“Men mototsikl shaydosiman, sen bo‘lsang dunyoga mashhur olimsan, mening ko‘rgan-bilganim 
mototsikl, sen esa badavlatsan, kitoblaring uchun katta-katta haq olasan, boylar turadigan Nyuberida 
dang‘illama hovli-joying bor, xotining Bax, Betxoven deganlarning kuylarini senga violenchelda chalib 
beradi, men mototsiklda uchaman, sen bo‘lsang hamma orzu qilgan Nyuberi-golfda koptok o‘ynaysan, 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish