Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
72
Bork kompyuter yoniga o‘tirmoqchi bo‘lgan ediyam, qadam sharpasi eshitildi. Pastdan Jessi chiqib 
kelayotgan ekan.

Xo‘sh, ahvoling qalay? — so‘radi Jessi ostonada turib.

Bir navi, qimillab turibman, — javob berdi Bork va to‘satdan esiga kelib qolgan tushini Jessiga aytib 
bermoqchi bo‘ldi-yu, lekin o‘zini tutdi. Jessi charchagan edi va shunday bo‘lsa ham uning nigohida 
qandaydir xushxabar soyasi jilvalanar edi.

Bob, senga xalaqit bermay devdim, lekin men seni bir hayratda qoldirgim keldi.

Meni nima bilan hayratda qoldirmoqchisan?

Bir to‘p qog‘oz olib keldim. Bularning senga foydasi tegib qolar.

Nima ekan?

Fakslar. Kimdan kelibdi deysanmi? Entoni Yungerdan.

Entoni Yungerdan? — qayta so‘radi u. — Xo‘sh, nima depti. Nimalarni yozibdi?

Senga hamma telefonlarni uzib qo‘yaman deb edim-ku, uning bizga telefon qilish uchun qanchalar 
uringanini tasavvur etish mumkin. Kim bilibdi deysan? Xolldagi faksni o‘chirish xayolimga kelmabdi. 
Birdan qulog‘imga shik-shiq qilgan shovqin eshitilib qoldi, borib qarasam bir to‘p qog‘oz yotibdi. 
Mana, o‘zing o‘qib ko‘r. Har bir betning tepasida “Xudo haqqi, faksni o‘chira ko‘rmanglar!” deb 
yozib qo‘yilgan. Uning fakslari ketma-ket kelayotir. Unga nima bo‘ldiykin? Bechora bola. O’qi, yana 
olib kelaman.
Kutilmagan hodisa. Kechasi soat ikki. Kimdir uxlamasdan ketma-ket faks jo‘natayotir. Bork bilan 
telefonda bor-yo‘g‘i bir marta gaplashgan salgina tanish Entoni Yunger yozayotir. U saylovoldi mitingida 
Ordokni og‘zi ko‘pirib safsatabozlik qilayotganda tiyib qo‘yish uchun muvaffaqiyatsiz bo‘lsada yurak 
yutib urindi va o‘zi Ordokning to‘dasidan bo‘la turib hammaning ko‘z oldida boshlig‘idan aloqani uzib 
uning siyosiy qurboni bo‘lgan kishi tomoniga o‘tdi. Miting tugagandan keyin Yungerning boshiga qanday 
dashnomlar yog‘ilganini tasavvur qilish ham qiyin. Ordokning o‘zi va sodiq do‘stlari Yungerni xoin deb 
la’natladilar. Ordokning qanoti ostida endi durustroq mavqe-amal haqida gap bo‘lishi ham mumkin emas 
edi. Tanish-bilishlari “bunaqasi hali bo‘lgan emas — o‘zining yo‘lini kesib qo‘ydi” deb kulishayotgan 
bo‘lsalar kerak. Shundan keyin ham bu birovga yordam qo‘lini cho‘zishga — Ordok badnom qilib 
tashlagan, ommaviy mitingda la’nat yog‘dirilgan odamga ko‘maklashishga jur’at eta oldi. Bork Entoni 
Yunger oldida o‘zini noqulay sezsa ham yuragiga iliqlik yugurdi. Shu vaqtgacha hech kim rahmi kelib 
unga g‘amxo‘rlik qilmagan, chunki u har doim mustaqil va o‘ziga ishongan edi. Endi bo‘lsa zo‘rlik bilan 
kurash maydoniga tortildi, u yerdan yengilib, hatto deyish mumkinki, basharasi majag‘lanib xalq oldida 
kalaka-masxara bo‘lib sudralib chiqdi. Endi bo‘lsa o‘z xohishi bilan tavakkal qilib jangga kirish uchun 
tishni tishga qo‘yib yana oyoqqa turish maqsadida hozircha tashqi dunyodan yashirinib yotibdi. Ana 
shuning uchun ham Yunger hammasiga aqli yetganidan faksning har bir betida “Xudo haqqi, faksni 
o‘chira ko‘rmanglar”deb yalinib-yolvorgan edi.
“Mister Bork, Sizning uy telefonlaringiz nega o‘chirib qo‘yilganini yaxshi bilaman, — deb yozgan edi 
Yunger. — Men hech qachon jonlaringizga tegmoqchi emasdim, lekin ahvolimni tushunishlaringizni 
so‘rayman. Sizning oldingizda tiz cho‘kib turib aytishim zarur bo‘lgan fikrimni yo‘q deganda faks orqali 
hozir bayon etolmasligim men uchun o‘lim bilan baravar. Saylov oldi mitingida ro‘y bergan voqeadan 
so‘ng o‘zimni qo‘yishga joy topa olmayman, men hamma-hammasiga, kerak bo‘lsa hatto qotillikka ham 
tayyorman. Meni bu qadar mudhish qadamlarga tayyor bo‘lganligim uchun kechirasizlar. Men Ordok 
bilan bo‘lgan xunuk voqea domiga sizni tortganday, o‘sha axloqsiz siyosiy merganning mo‘ljalga 
naqadar aniq urishini namoyish qilish uchun Sizni go‘yo nishon qilib qo‘yganday bo‘lib qoldim. Sizga 
hasrat qilmoqchi emasman, kechirasiz, biroq qilgan ishimdan pushaymondaman: men kimga xizmat 
qilganman, kimga tosh tashlaganman — endi bildim, ko‘rligim va o‘taketgan laqmalagim uchun menga 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish