www.ziyouz.com
kutubxonasi
4
shahrga azimat qilibdurlar va Iroq darvozasida «Nizomiya» madrasasidaki, mavlono Zaynuddin
Abubakr Toyobodiy
22
va mavlono Sa’duddin Taftazoniy
23
va ba’zi Amir Xusrav Dehlaviy
24
ni ham
derlarkim, anda sokin bo‘lg‘ondurlar, maskan qilib, tahsilg‘a mashg‘ul bo‘lubturlar va oz fursatda
abnoyi jinsdin ishni o‘tkarib, balki shahrning mutabahhir ulamosidin ilmu fazlni oshurub, alarg‘a
ulumu funun hech qaysida zamon ahlidin kishiga ehtiyoj qolmaydur.
R u b o i y:
Har kimga yetar mavhibati subhoniy
Kim, aylagay oni olimi rabboniy.
Bilmoqqa ulum istilohin joniy,
Oz vaqt falak mushtag‘il anlar oni.
Agarchi bir necha vaqt bizzarurat ulum kasbig‘a ishtig‘ol ko‘rguzubdurlar, ammo hech vaqt nazm
oyinidin xoli emas erkandurlar. Chun alarg‘a bizzot mashrabi tavhid voqe’ bo‘lg‘ondur, haqiqat
jamolin majoz muzohiri mushohadasida muoyana ko‘rub, beixtiyorlig‘lar dast berur ekandur. Ul
ma’ninn nazm libosida ado qilmoqdin guzirlari yo‘q erkandurkim, bu vosita bila o‘tqa taskin va o‘tluq
ko‘ngulga orom bo‘lur erkandur. Bu jihatdin nazmdin hargiz forig‘ bo‘lmaydurlar va bu boisdin
nazmg‘a tadvinu devong‘a tazyin bo‘lubtur va mururi ayyom o‘tub, alarning nazmi har sinf she’rdin
olamning zolining quloq bila bilagin samin durrlar bila muzayyan va jayb bilan etagin otashin la’l bila
mamlu va mulavvan qilibturlar va g‘aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish alarg‘a
muyassar bo‘lubturkim, bu ummatda o‘tgan akobir va sohib kamollardin hech qaysig‘a voqe’ bo‘lg‘oni
zohir emas.
Ul jumladin biri she’rdurkim borcha asnofin ul nav’kim, har sinfidakim birov saromad va
musallam bo‘lg‘ondur, alar ul kishidek, balki ortug‘roq o‘z haq va mulki qildilar.
Yana bir: tasavvuf masoili istilohotin andoq takmil qildilarkim, o‘tgan mashoyix va avliyoulloh
(quddisa ollohu asrorhum)
25
ning rasoil va kutubidinkim, g‘oyati iyhomdin ul sharif ilmining idrokidin
ko‘proq tolibi nomurodlar mahrum, balki oriy erdilar — ul ilmini o‘z risola va kitoblarida xo‘broq
alfozu ado bila ul nav’ tasniflar qildilarkim, ko‘proq faqirlar aning mutolaasidin hazz topib, bahramand
bo‘lurlar.
Yana bir: tariqat odobi sulukida andoq daqiq ravish bila tariyqlarini tuzdilarkim, hech kishi
alarning zohir ulumi va she’r va muammo va insho va bu nav’ nimalardin sharifroq nihoniy amrg‘a
mashg‘ul erkonlarin bilmadilar va fahm ham qilmadilar va bu ishta chun hech mutanaffisqa murshidi
komil mulozamati va irodatidin guzir yo‘qdur, hazrati qutbi tariqat va g‘avsi haqiqat mavlono
Sa’duddin Koshg‘ariy
26
kim, «Naqshbandiya
27
xojalari silsilasining ul zamonda komil va mukammil
murshid va xalifasi erdi — suhbatin va mulozamatin ixtiyor qilib, zamonining soyir murshidlari va
komillari xizmatlarng‘a — shayx Baxovuddin Umardek va mavlono Boyazid Puroniy va mavlono
Muhammad Asad
28
dek buzurglar suhbati sharafig‘a dog‘i musharraf bo‘lur erdilar.
22
Zaynuddin Abubakr Toyobodiy – davrning mashhur alloma va shariat peshvolaridan. Vafoti – 791/1388 – 89.
23
Sa’duddin Mas’ud ibn Umar Taftazoniy (1322 – 1389) – Markaziy O‘rta Osiyoning mashhur filolog olimi, poetikaga oid
risolaga sharh sifatida yozilgan «Muxtasar al-maoniy» asarining muallifi.
24
Amir Xusrav Dehlaviy (1253 – 1325) – Hindistonda yashab ijod qilgan forsiygo‘y shoir. U Nizomiy Ganjaviydan keyin
«Xamsa» yaratib, xamsachilik an’anasini davom ettirgan ijodkordir. Xusrav Dehlaviy lirik devonlar va boshqa ko‘p asarlar
muallifidir.
25
a.: Olloh ularning sirlarini muqaddas saqlasin.
26
Sa’duddin Koshg‘ariy – Hirotning mashhur shayxlaridan biri.1456 y. 13 mayda vafot etgan. Jomiy Sa’diddin Koshg‘ariyning
qiziga uylangan.
27
Naqshbandiylik – sufizm tariqatlaridan biri. Unga Bahovuddin Naqshband (1318 – 1389) asos solgan. Bu ta’limot dastlabki
davrlarda tarkidunyochilik va faqirlikni emas, barcha mavjudotga muhabbat va shavqat bilan qarash g‘oyalarini targ‘ib qilgan.
28
Bahovuddin Umar, Muhammad Asad va Boyazid Puroniy – tasavvufning mashhur shayxlaridan.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |