www.ziyouz.com
kutubxonasi
7
* * *
«Fanoiyya» bog‘chasin yasardakim, ul hazrat havlilarining ichinda yer inoyat qilib berib
erdilarkim, faqir o‘ziga muxtasar manzil yasabmen.
Podshoh Marv qishlog‘ig‘a azimat qilg‘onda faqir Darvesh Hoji Irqbandnikim, zamonning
chobukdast bog‘bonlaridindur — ta’yin qildimki, bahor o‘lg‘och, ul bog‘chaga rayohin va ashjor
ekkay. Bahor bo‘lg‘onda Darveshi mazkur kelib, ul bog‘chaning buyrulg‘oi ishig‘a qiyom ko‘rguzurda
ul hazrat dag‘i gohi kelib, muborak xotirlari tashxizi uchun bir oz zamon anda bo‘lur ermishlar va ba’zi
yig‘ochlarg‘a dag‘i iltifot qilib, yer ko‘rguzur ermishlarki, qayda ekkay.
Darvesh Hoji tund mizojliq devona kishidur. Ba’zida munoqasha qilur ermish va ul hazratg‘a xush
kelib, munbasit bo‘lur ermishlar. Bir kun yig‘ochqa alar yer ta’yin qilibturlar. Devona bog‘bon inod
yuzidin debturkim: «Munda ekmasmen». Alar inbisot bila debturlarkim «Nevchun ekmassen?» Ul
debturkim: «Rajadin tashqaridur, tongla cherik kelsa, Mir Shayxim
39
bog‘bonliqda voqif kishidur,
ko‘rub e’tiroz qilg‘usidur». Alar debdurlarkim: «Bog‘cha Shayximning emas, Alisherningdur, ul
e’tiroz qilmag‘usidir».
Cherik shahrga kelgandin so‘ngra Darvesh Hojining tundliqlaridin ashob naqllar qilurlar erdi. Ul
hazrat dag‘i zavqu nishot yuzidin ul yig‘ochni ko‘rguzub, o‘tgan hikoyatnikim, alar bila Darvesh Hoji
orasida voqe’ bo‘lg‘ondur, naql qilur erdilar.
* * *
Bir kechasi bir ulug‘ kishi mahallida jamoati azizlar xizmatida tushtum. Mutahhari Udiy
40
kim,
xushovozliqda Zuhra
41
ning otasi va xushxonlikda aning farzandi ruhafzosi bo‘la olur erdi, Tag‘anniy
mahallida Xoja Hasan Dehlaviy
42
ning bu she’rin o‘quydur erdikim:
Zihi darunai dilro zamon-zamon ba tu mayle
43
to bu baytg‘a yettikim:
Misoli qatrai boron sirishki man hama durr shud,
Chunin asar dihad, alhaq, tului chun tu suhayle
44
.
Majlis ahli mutaayyin xush tab’ el erdilar va miri majlis ham xushtab’ va podshohnishon.
Mug‘anniyg‘a ba’zi e’tiroz yuzidin va ba’zi tanbeh yuzidin dedilarkim: «Sirishki man hama durr shud»
o‘quma, «durr shud» o‘rnig‘a «xun shud»
45
o‘quki, «durr shud»ning ma’nosi yo‘qtur. Miri majlis dag‘i
ahli majlisg‘a muttafiq bo‘ldi. Bu faqir hech nima demadim. Majlis huzzori faqirg‘a dag‘i mashg‘ulluq
bunyod qildilarkim: «Sen dag‘i nevchun bu so‘zda ashob bila muvofiq emassen?» deb, faqir dedim:
«Men ul jonibmenkim qoil ado qildi, ya’ni:
Misoli qatrai boron sirishki man hama durr shud rostdur, balki mundoq kerak».
39
Mir Shayxim – Amtr Shayxim Suxayliy – hirotlik mashhur shoirlardan, Navoiyning yaqin do‘sti. U hahda «Majolis un-
nafois»da ma’lumot beriladi.
40
Mutahhari Udiy – Navoiy zamondoshlaridan. Ud nomli cholg‘u asbobida kuy va uning jo‘rligida qo‘shiqlarni mohirona ijro
etgan san’atkor.
41
Zuhra – sayyora nomi. Xonanda va sozandalarning, umuman musiqaga oid san’atlar homiysi sanalgan.
42
Xoja Hasan Dehlaviy – Hindistonda yashab ijod qilgan mashhur forsiy g‘azalnavis shoir. 1327 y. Dehlida vafot etgan. Amir
Hasan Sanjariy deb ham yuritiladi.
43
Misra’ning mazmuni:
Qanday yaxshiki, ko‘ngul ich-ichidan turib-turib senga intiladi.
44
Baytning mazmunn:
Yomg‘ir qatralari kabi-ko‘z yoshlarimning hammasi durr bo‘ldi, Haqiqatan sening Suxayl [yulduzidek] chiqib kelishing shunday
ta’sir qiladi.
45
ya’ni, qon bo‘ldi.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |