Alisher Navoiy. Holoti
Sayyid Hasan Ardasher
www.ziyouz.com
kutubxonasi
1
Alisher NAVOIY
XAMSAT UL-MUTAHAYYIRIN
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
Ul olimi allomg‘a yuz hamdu sano —
Kim, Odam ila tuzdi chu bu dayri fano.
Ilmig‘a milk surmodi bir harf yano,
Juz nukta «subhonaka lo ilma lano»
1
.
Yuz na’t angakim, xulqi karim o‘ldi fani,
Ya’niki, karam koni rasuli madani,
Mundoq dedi ilm ahlini aylarga g‘ani,
«Man akroma oliman faqad akramani»
2
.
(Sallallohu alayhi va alo olihi va ashobihi va atboihi va sallama va ba’du)
3
.
Bani odam ashrof va havossi xilvatlarida, xususan, va ahli
olam soyir avomi anjumanlarida,
umuman, tasavvur va anoniyat umuriniig xudroyi va ujbu nafsoniyat olamining dashtpaymoyi Alisher
al mutaxallis bin-Navoiy (g‘affara zunubahu, sattara ubba-hu)
4
andoq arz qilur va bu nav’ sharhg‘a
yetkururkim, Oliy hazrati valoyat manqibati koshifi asrori rabboniy va olimi rumuz va asrori
samadoniy
al-ulamo varsah al-anbiyo
5
qismat koxida ilmi o‘n olamcha erkanlardin iztiror ortuqroq
taraka olg‘on va ulamo ummatiga k-anbiyoyi isroil komida yuz yigirma to‘rt ming harif arosida o‘zini
tariqat elining muqtado va imomi, sharif xaylining mujtahid va shayx ul-islomi, ya’ni
Nur ul-haq vad-
din, kahf ul-islom va muslimiyna shayxuno
6
va Mavlono Abdurahmon ul-Jomiy (quddisa ollohu
sirrahu va navvara ollohu marqadahu)
7
.
R u b o i y:
Kim gunbazi gardandai oliy bunyod,
To davrida ta’jilg‘a bo‘lg‘ay mo‘‘tod,
Odamki bo‘lub xalifa yoydi avlod,
Avlodida bir uyla xalaf bermas yod.
Bu nav’ sohib davlati buzurgvor va bu yanglig‘ sohib kamoli nubuvvat kirdor bu xoksori parishon
ro‘zgorni azim iltifotlari bila sarbaland va g‘arib navozishlari bila arjumand qilib, abnoyi jinsim aro
sarfaroz, balki jinsi bashardin mumtoz qilur erdilar. Chun pokiza ruhlarining
qudsiy oshyon toiri badan
1
a.: Ollohga maqtovlarki, bizda ilm yo‘q.
2
a.: Kimki olimni hurmat qilsa, meni (ya’ni, Ollohni) hurtmat qilgan bo‘ladi.
3
a.: Olloh uni (ya’ni, Muhammad payg‘ambarni), oilasini va sahobalarini va uning izdoshlarini duo qilsin va olqishlasin va
so‘ngra...
4
a.: [Olloh] gunohlarini kechirsin va ayblarini bekitsin.
5
a.: valiylikning oliy hazrati, Olloh sirlarini kashf
etuvchisi, yashirin ishoralar va alohnda sirlar olimi, payg‘ambarlar davomchisi
(sifatidagi) alloma.
6
ya’ni, tariqat elining peshvosi va imomi, muqaddas guruhning serg‘ayrat arbobi va
shayx ul-islomi, ya’ni haq va dinning nuri,
islom va musulmonlarning sig‘inadigan joyi, shayximiz.
7
a.: Olloh sirrini muqaddas saqlasin va go‘rini yorug‘ qilsin.