www.ziyouz.com
kutubxonasi
8
Barcha hujum qilib, faqirg‘a g‘ulu qildilar. Faqir ayttimkim: «Chun siz barcha bir jonib
bo‘ldungiz, men yalg‘uz. Sizga o‘z muddaomni sobit qila olmon, ammo bir kishini hakamliqg‘a
musallam tutsangiz, garav bog‘larmen».
Barcha ittifoq qilib ayttilarkim, Hazrati maxdum olam afozilining hakami, balki hokimidur, alarni
musallam tutmas kishi yo‘qtur. Chun so‘z mung‘a qaror topti. Faqir alar bila garav bog‘lab, majlisning
kayfiyatin va ul bahsning sababin va ul baytda «xun» lafzi munosibroq yo «durr» lafzi muvofiqroqdur
deb, maqsudning isnodin hamul zamon bitib, ul Hazrat xizmatlarig‘a yiborildi. Bir yaxshi zamondin
so‘ngra borg‘on kishi javob kelturdi va ul Hazrat bu misrani bitib erdilarkim:
«Suxan «durr» astu taalluq ba go‘shi shah dorad
46
Ul jamoat mulzam bo‘lub, faqirg‘a alarning tarbiyat va madadlari bu nav’ yetti. Ma’lum emaski,
hargiz kishi bu nav’ muxtasar javob hech savolda aytmish bo‘lg‘ay. Tonglasi bu so‘z shuhrat tutti. El
yod tutub majolisda naql qilurlar erdi.
* * *
Podshoh ul yilki Xuroson taxtin olg‘ondakim, «Jahonoro» bog‘i tarhin soldilar. Bir panjshanba
kuni ul hazrat xizmatlarida Gozurgohidin
47
Dasht yuzi bila Xiyobon
48
sori boriladur erdi. Sayyid
G‘iyoskim, ul bog‘ning ta’miri va bog‘bonlig‘i ang‘a mutaayyin erdi, yo‘lda yo‘luqtikim, arobalarg‘a
ulug‘roq sarv yig‘ochlarin bog‘lardin sotun olib, qo‘ngarib yuklab, «Jahonoro» bog‘iga eltadur erdi: Ul
Hazratg‘a salom berib, iltifot qilib, mutoyaba bila dedilar:
— Yana hech sarv yig‘ochi qoldimu? Ne, buyla sarv yig‘ochi yuklabsen, oyo necha yig‘och
bo‘lg‘ay?
Ul dedikim:
— Sanabbiz, yuz to‘rt adaddur.
Alar dedilarkim:
— Ajab adaddur.
Faqir dedikim:
— Munosib adaddur, nevchunkim, «qad» adadi bila munosibdur. Alar dedilarkim:
— Rostdur, — dag‘i faqirni tahsin qildilar.
* * *
Bir kun alar yo‘l bila boradur ermishlar. Mahmud Habib otlig‘ devonai xumoriyi abtariy bor erdi,
mast va oshufta, alarg‘a yo‘luqub, beadabona so‘zlar aytib, balki safohatlar qilibtur, ammo alar mutlaq
iltifot qilmaydurlar, dag‘i aning sori boqmaydurlar. Yana bir kun faqir alar xizmatida boradur erdim.
Hamul devona faqirni alar bilan ko‘rdikim, boradurmen. Ul yerdinkim, junun ahli va abtar xaloyiq
fosid xayoloti bo‘lg‘ay, sog‘inmish bo‘lg‘ankim, alar aning tuno kungi beadabliqlaridin faqirg‘a
shammai izhor qilg‘aylar yo qilmish bo‘lg‘aylar. Alarga betaqrib so‘z qotib, uzrxohliqlar boshladi.
Faqir taajjub qilib, alardin istifsor qildimkim: «Bu devonaning parishon uzrxohliqlari, oyo, ne jihatdin
erkin?».
Alar so‘zni o‘zga sori yutkab, tuno kun o‘tgan holatdin hech nima izhor qilmadilar. Ammo
ashobdin tuno kun o‘tgan so‘z ma’lum bo‘ldi. Ul devona bee’tidolliqlar qilsa erdi, anga ta’zir va adab
46
Misra’ning mazmuni:
So‘z – durr [inju], shoh qulog‘iga taalluqi bor.
47
Gozurgoh – Hirotda tog‘ etagidagi xush manzara maydon.
48
Xiyobon – Hirotning markaziy ko‘chasi. Arabcha yozuvdagi «qad» so‘zining harflari miqdori abjad hisobida 104 bo‘ladi.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |