Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
* * *
Bir kun mavlono shayx Abdulloh kotib muqarrabi hazrati boriy
34
Xoja Abdulloh Ansoriy
35
ning
«Ilohiynoma»g‘a mavsum munojot risolasin faqir qoshig‘a kelturub erdi va mavlonoyi mazkurning
kutub bay’ va shirosig‘a ham munosabati, ham hazrati xojag‘a avlodlig‘ nisbati bor.
Faqir ul risolaning
avval sahifasin ochib, xutbasin o‘qumoq bunyod qildim, bu xayol bilakim, bir sahifa yo g‘oyatash bir
varaq o‘qulg‘ay, andoqki el ma’hudidur, so‘zning xo‘blug‘ va ravonlig‘idin hech yerda bas qila
olmadim, to risolakim, ikki juzvdin ortug‘roq edi — itmomg‘a yetti. Majlis huzzori voqif bo‘lub,
taajjub qildilarkim,
bir risolakim, ikki juzvg‘a yaqin, balki ortug‘roq bo‘lg‘ay, bir tavajjuh bila boshtin-
oyoqqacha o‘qumoq xoli az g‘arobat emas.
Tonglasi hazrati Maxdum bandaxonag‘a tashrif kelturdirlar. Ul risola hozir erdi, olib ochib,
muborak nazarlarin soldilar. Tuno kungi ashob andoqki ro‘zgor ahlining oyinu da’bi bo‘lur, taajjub
izhori yuzidin tuno o‘tgan voqeani ul hazrat xizmatlarida arz qildilar.
Alar tabassum qilib, dedilarkim:
«Ajab amri ittifoqiy bizning va sizning oraliqda voqe’ bo‘lg‘on ermish: ikki yo uch kun burunroq
mavlono shayx Abdulloh ushbu risolani bizning qoshimizga kelturub erdi, biz dog‘i avvaldin bunyod
qilduk, oxirig‘a degincha hech yerda turmoq bo‘lmay tugandi».
Tonglasi mavlono shayx Abdulloh keldi, to kitobin yo bahosin olg‘an. Ba’zi anga ayttilarkim:
«Falon (ya’ni banda) bu kitobni avvaldinkim o‘qumoq
bunyod qildi, tugaguncha ilikdin qo‘ymadi».
Ul taajjub yuzidin dedikim: «Hazrati Maxdumiy xizmatlarig‘a ham elti berdim, alarg‘a ham ushbu
hol voqe’ bo‘ldi».
* * *
Bir kun ul hazrat xizmatlarida ashob hozir erdilar va har nav’ so‘z o‘tadur erdi. Burunroq faqir
alarning shayba qasidalarig‘akim, matlai budur:
Safed shud chu daraxti shukufador saram
V-az in shukufa hamin mevai g‘am ast baram
36
.
Izhori bu nav’
aqida erdikim, bu nav’ g‘arib manoyiqliq va ko‘p choshniliq va nozuk xayolliq,
salis iboratliq, latif adoliq she’r faqir ko‘rmaydurmen, bovujudi ulkim, qasidago‘ylarkim
muqaddamdurlar, qasoyidlarin ko‘p mutolaa qilibmen va ashobdin ba’zi musallam tutsa, ba’zi
musallam tutmoqg‘a korih ko‘rinur erdilar va ul hazrat majlislarida so‘z qasoyid
uslubisori tortti, chun
har nav’ o‘tti, faqir shaybaning vasfin orag‘a soldim va ta’rifida beixtiyor bo‘ldum, to so‘z hamul
yerga yettikim, arz qildimkim: «Faqir muqaddimin malik ul-kalomlardin hech qay-sidin andoq qasida
eshitmaydurmen»
37
.
Ul hazrat tabassum qilib ayttilarkim: «Mutaaxxirlardin biz ham andoq she’r eshitmaydurbiz»
38
.
Jam’i sokit bo‘lub, faqir bir necha ul bobda bast qilib, ab’yot o‘qur erdim. Alar munbasit bo‘lub,
tasdiq
bila talaqqi qilur erdilar, to ul jam’g‘a faqirning so‘zining sidqi tamom zohir bo‘lub, o‘z
aqidalaridin aylanib, faqirning aqidasig‘a keldilar.
34
a.: Ollohga yaqin hazrat.
35
Abdulloh Ansoriy – Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad al-Ansoriy Hirotiy – sufiylik tariqatining yirik arbob va
nazariyotchilaridan biri, «Ilohiynoma»ning muallifi.
36
She’rning mazmuni:
Boshim huddi gullagan daraxtdek oqardi,
Bu gullashdan kelgan hosil – mening g‘amim mevasidir.
37
Mazmuni: men avval o‘tgan so‘z ustalarinnng hech biri ijodidan bunday qasida o‘qimaganman.
38
Mazmuni: keyingi [ijodkor]larda biz ham shunday qasida eshitmadik.