Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
Va bu qasidani aytqon ta’rixdin so‘ngra yana besh yil umr gulzoridin bahrayob va hayot
chashmasidin serob erdilar. Sekiz yuz to‘qson sekiz
13
dakim, yoshlari zamonidin sekson ikki yil o‘tmish
bo‘lg‘aykim, pok ruhlarining qudsiy oshyon bulbuli rihlat navosin og‘oz qilib, gulshani firdavs
havosig‘a parvoz qildikim, aning kayfiyati sharh bila o‘z yerida,
insholloh, sabt bo‘lg‘ay.
Alarning oliy nasablari imom ul-mujtahidin
14
Muhammad binni Hasan binni Abdulloh binni
Tovus binni Hurmuz Shayboniy
15
g‘a borurkim, Hurmuz bani Shaybon
qabilasining maliki ermishkim,
Bag‘dodda saltanat qilibdur va johiliyat zamonida amir ul-mo‘‘minin Umar (Razi ollohu alayha-l
unhu)
16
ilgida islom sharafiga musharraf bo‘lubtur va bani Shaybon qabilasi nasab sharafida arabning
ko‘proq qaboyilig‘a mujibi mubohot va tafoxurdur va o‘z otalari va ulug‘ otalari zuhdu taqvo bila
mashhur va qazou fatvo bila doim mashg‘ul ermishlar va Jom viloyatida sokin va shayx ul-islom
Ahmadi Jom
17
vatanida mutavattin va alarning bu qit’asi bu ma’nig‘a dalildur:
Mavlidam Jomu rashhai qalamam,
Jur’ai jomi shayx ul-islomist.
Lojaram dar jaridai ash’or
Ba du ma’ni taxallusam Jomiyst
18
.
Alar kichik yoshlig‘ ekanda ham alardin mufrit fahmu tab’ osori zohir bo‘lur ermish. Ul jumladin
budurkim, orifi komil va murshidi mukammal
mavlono Faxriddin Luristoniy
19
ki, o‘z zamonining
yagonasi va haqiqat bahrining gavhari yakdonasi erkandur — Jom viloyatida alarning otalari uyiga
tushgandur, alar to‘rt yo besh yoshlarida emdi maktabg‘a borur vaqtlari emish, hazrati Mavlono alarni
o‘z qoshlarida o‘lturtub, barmoq ishorati bila havog‘a mashhur otlarni: «Umar» yo «Ali»dek bitir
ermish va alar taammul bila o‘qur ermishlar va hazrati Mavlono alarning tufuliyatda bu nav’ zehnu
zakosidin mutabassim, balki mutaajjib bo‘lur ermishlar. Andoqkim, bu so‘z «Nafahot ul-uns»
20
da dag‘i
mazkur bor. Tufuliyatlari ayyomidag‘i bu nav’ osoru alomot ko‘p manquldur. Sabt etarg‘a mashg‘ul
bo‘lunsa, so‘z uzalur.
Bori kichik yoshidin shabob ahdinnng avoyilig‘achakim, Jom viloyatida ermishlar — alarg‘a
foyda yetkurur kishi oz topilg‘on jihatidin:
Quyosh ul nav’ki mag‘rib sori,
Yo Nabi uylaki Yasrib
21
sori.
Yasribga (ya’ni, Madinaga) ko‘chishidan 917 [yil] o‘tganda, izzat va qadimiylik parvozgohining eng yuqori cho‘qqisidan, Mana bu
eng tubanlikka kelib qanot va quyruqni bo‘shashtirganman. Bukun esa, his va xayolning bu siqiq yerida umr jilovini sakkiz yuz
to‘qson uch sanasiga tortib yetkurdim.
13
898 – 1492 y.
14
a.: mujtahidlar (ya’ni, diniy qoidalarni o‘zgartib, Yangi mazhab tuzuvchilar) peshvosi.
15
Navoiy Jomiy nasabini Shaybon nomli qabilaning maliklaridan Muhammad binni Hasan binni Abdulloh binni Tovus binni
Xurmuz Shayboniy deb ko‘rsatadi.
16
a.: mo‘minlar amiri. Bu yerda Muhammad payg‘ambardan keyingi ikkinchi xalifa Umarning laqabi sifatida ishlatilgan.
17
Ahmadi Jom – tasavvufning shayxi va mashhur shoirlaridan (vafoti 1141 y.).
18
Qit’aning mazmuni:
Tug‘ilgan joyim Jom va qalamim tomchisi Shayx ul-islom (Ahmadi Jomiy nazarda tutiladi) jomidan bir qatradir. Binobarin,
she’rlar daftarida.
Har ikki ma’noda (shoir bu yerda ikki jihatga: ham Ahmadi Jom ta’limotining unga ta’siriga, hamda
u siymoning ham Jom
viloyatida tavallud topganiga ishora qilmoqda) taxallusim Jomiydir.
19
Faxruddin Luristoniy – tasavvuf shayxlaridan. Uni mashhur shayx Hafizuddin Umar Obardihiyning iste’dodli shogirdi sifatida
tilga oladilar.
20
ya’ni, Do‘stlikning yoqimli islari. Jomiyning sufiy arboblar, tasavvuf shoirlari haqidagi tazkirasi.
21
Yasrib – Madina shahrining qadimiy nomi. She’rda Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga ko‘chishi nazarda
tutiladi. Navoiy Jomiyning Jomdan Hirotga kelishini ana shu voqeaga o‘xshatadi.