www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
Ammo tolibi ilmliq va shoirliq suratidakim, bu sharif ilm satr va kitmonig‘a bu ikki ishdek parda
mumkin ermas topilmoq, nevchunkim darveshliq fano kasbidur, balki fanoyi mahzdur va bu ikki ish
mahz da’voyu jadal va anoniyatu xudpisandliqdur.
Alarning kamoloti ovozasin eshitib, yiroq yo‘llar qat’ qilib muborak suhbatlarig‘a musharraf
bo‘lurg‘a kelganlar alarni ashob orasida g‘oyati betaayyunliqdin mutlaqo tanimaslar edikim, o‘lturur
qo‘parda va aytmoqu eshitmoq va yemoqu kiymoqda o‘zlari bila soyir mulozimlari orasida tafovut
yo‘q erdi.
Kishi ulumi zohiriydin va ma’naviydin bir mas’ala ilqo qilg‘uncha hargiz alar oqdin qaroni
ma’lum qilg‘onlari ma’lum bo‘lmadi. Ammo mas’ala ilqosidin so‘ngra dog‘i bori ulumg‘a mahoratu
istihzor ul martabada erdikim, hargiz hech kitobg‘a boqmoqqa ehtiyoj bo‘lmadi.
Muncha ishning zimnida ishqi zohir tariqikim, «Al-majozu qantarat ul-haqiqat»
29
iborat andin
bo‘lg‘ay— alarg‘a andoq mustavli erdikim, har muloyim mazharining husnu malohatikim, haq
jamoliyati tajallisi bila zuhur qilmish bo‘lg‘ay yo javru bedodi ofatikim, jaloliyat sifati bila jilva
ko‘rguzmish bo‘lg‘ay, ul sifotidin zoti ayniyat mushohada qilib, sababni mutlaqo oradin murtafe’
ko‘rub, ko‘zlarig‘a musabbibdin o‘zga nima kelmagan jihatidin betoqat bo‘lib, harne ul iztirobda
alarg‘a ishq shiddatidin va shavq suubatidin yuzlansa erdi jon so‘z she’rlar va dilfuro‘z g‘azallar
ishtig‘oli bila ul tahammulsizliqqa itmiynon berurlar erdi.
Va bu hol dog‘i alarg‘a odobi tariqatdakim, tasavvufda boisi fano bo‘lg‘ay, ko‘p madad berur erdi.
Chun fanoyi vujudi mavhum hosil bo‘ldi va ishqu shavq o‘ti zabona torta kirishti, har oyinakim,
beixtiyorlig‘lardin qalandarvashlig‘ va saru po barahnalig‘ va tog‘u vodiy tutmoq va maqsudi asliydin
o‘zga barchani unutmoqlik dast berur, alarning bu shevasin zohir ahli ishqi zohiri mahzg‘a haml qilib,
asliy maqsudlaridin g‘ofilu otil qolurlar erdi. Ammo, alar g‘ayru maqsudi asliy har nav’ suratdakim,
o‘zlarin ko‘rguzur erdilar — barcha o‘z hollarining pardasi va ro‘ypo‘shi erdi.
Bir necha yilkim, bu holg‘a o‘tti — zohir ulum fazoilida davrning ulamoyu fuzalosig‘a foiq
bo‘lub, botin holida dag‘i biyik marotib hosil qilib, g‘arib kutub va rasoil tasavvuf ilmida alardin
ro‘zgor avroqin muzayyan qilib davron ahlig‘a bu sharif ilmning istilohoti bila daqiq masoilin ravshan
va mubarhan qildilar, andoqkim, musannafot te’dodida, inshoolloh, bitib bo‘lg‘ay.
Shohruh
30
sulton zamoni avositidin sulton Abusaid
31
zamonining avoilig‘icha shahrda sokin
erdilar. Andin so‘ngro Xiyobon boshida hazrati pir maxdum Sa’duddin Koshg‘ariy mazori boshida
iqomat rasmin zohir qildilar va shahrning jame’ ulamo va akobiriyu ashrofi alarg‘a mulozamat va
taraddud bunyod qildilar, to ul podshohi zamonning
32
arkoni davlat va a’yon hazrati va oliyshon umaro
va raf’e makon sudur va vuzaro, balki asr podshohi alarning ostonig‘akim, maqsud Qiblasi va murod
Ka’basi erdi — tashrif keltururlar erdi, balki o‘zlarni musharraf qilurlar erdi. Andoqki, davrning
arjumandlari va ahdning sarbalandlari ul hazratning oliyshon ostonig‘a yuz yetkururlar erdi va iltijo
keltururlar erdi. Soyir niyozmandlar va ommai bexesh va panvandlar ham ko‘zlarin ul eshik tufrog‘idin
yoruturlar erdi.
Bu faqiri haqir bu so‘nggi jamoat zumrasida Xiyobon boshida ko‘rgan zamonida muxtasar bitilgan
risola sabaqig‘a mumtoz bo‘ldum (alhamdu lillahi ala attafiq)
33
.
Do'stlaringiz bilan baham: |