www.ziyouz.com
kutubxonasi
14
faqirlarning rutbasi shavkatidin va majlis savlatidin hasr bo‘lub hech nav’ so‘zkim, dalolat azo
so‘rmoqg‘a qilgay — ayta olmadim. Hamrohlarim hud o‘zlarin menga tobe’ tutub erdilar. Bir lamha
o‘tgandin so‘ngra xud so‘z ayturning vaqti o‘tti. Bu faqir bag‘oyat xijolatzada bo‘lub, ta’rixg‘a
munosib alfoz xayolig‘a tushtum. Ittifoqi hasanadin «baqoi hayoti shumo bodo»
65
alfozin avval qat-
lakim, hisob qildim, rost keldi. Ehtiyot uchun yana bir qatla hisob qilildi. Shubha raf’ bo‘lg‘ondin
so‘ngra davotu qalam tilab, bu alfozni bitib, raqamin ustita sabt qilib, alarg‘a e’tiroz tuta berdim. Alar
tahsinlar qilib dedilarkim: «Bu ta’rixni biz nazm silkiga tortali».
Bu nav’ qildilarkim:
Guli bo‘stoni latofat Safi
Chu shud so‘i jannat zi bog‘i fano,
Azize pai pursi ta’rih guft,
Qi «bodo baqon hayoti shumo»
66
.
* * *
Bir kun faqir alar xizmatida erdim va yana kishi yo‘q erdi. Anvariy
67
qasoyidi bobida so‘z o‘tadur
erdi. Alar bu nav’ ta’rif qiladur erdikim: «Biz aning ash’orin, bataxsis qasoyidin oz ko‘rub erdik, bu
yaqinda bir-ikki devoni bizning iligimizga tushubtur, gohi anga mashg‘ul bo‘ladurbiz, ba’zi yerda
aytsa bo‘lg‘aykim, bashar kalomidin o‘tub, e’joz haddig‘a yetmish bo‘lg‘ay, g‘arib tarkiblar va ajib
adolar nazarg‘a keladur».
Chun faqir ashob orasida muttaham munga bormenkim, Anvariyg‘a mu’taqiddurur va aning
she’rin ko‘p o‘qur. Filvoqe’ mundoqdur. Bag‘oyat xushvaqt bo‘lub ayttim: «Iltimosim borkim, ul
qasidasinkim budur:
Gar dilu dast baxtu kon boshad,
Dilu dasti xudoyagon boshad
68
bir qatla o‘qub mulohaza qililsa».
Alar mutabassim bo‘lub ayttilarkim: «Ajab so‘z aytting, biz bu uch-to‘rt kunda bu qasidasin
o‘qub, xushhol bo‘lub, g‘oyat xush kelgandin javob ham aytibmiz, — deb musavvadani bir xudrang
varaqda chiqarib, faqirning ilgiga berdilarkim: «O‘qub ko‘r». Matlai bu erdikim:
Har kiro dar dahon zabon boshad,
Dar sanon shahi jahon boshad
69
.
65
Arab yozuvidagi «baqoi hayoti shumo bodo!» (ya’ni, Sizning hayotingiz boqiy bo‘lsin!) jumlasidagi harflardan abjad hisobida
880/1475 y. chiqadi.
66
She’rning mazmuni:
Latofat bo‘stonining guli (bo‘lmish) Safi,
Foniylik bog‘idan jannat tomon ketganda,
Bir aziz odam ko‘ngil so‘rab,
«Bodo baqoi hayoti shumo» deb ta’rix tushirgan edi.
67
Anvariy – Avhaduddin Anvariy – Sulton Sanjar (vaf. 1156 y.)ning saroy shoiri. Uning qasidalari shakl va uslub jihatidan
nihoyatda murakkab va dabdabali sanaladi.
68
Baytning mazmuni:
Agar ko‘ngil bilan qo‘l daryo va kon bo‘lsa,
Shohlarning dili va qo‘li bo‘ladi.
69
Matla’ning mazmuni:
Har kimning og‘zida tili bo‘lsa,
Jahon shohining madhida bo‘lsin.
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |