www.ziyouz.com
kutubxonasi
64
Shohning jonida sening hijroning o‘tidan yong‘in qoldi,
Bandaning yuz pora dilida g‘amingdan erib suv bo‘lish qoldi.
Na shoh, na banda,
dunyoda qiyomat kunigacha,
Har kim tursa, sening motamingda faryod qiladi.
Garchi yuzingni vasl pardasi bilan yashirsang-da,
Izzat va noz haramida to abad jilva qilgaysan.
Nurlarga to‘la ruhingdan madad yetkazgaysan,
Chunki sendan judolikda ko‘p e’tiqod egalari xarobdirlar.
Ey rafiqlar, hammaning
ishi oqibati shundaydir,
Oxirning fikrini boshdan qilish yaxshidir.
Jahonda yuz qarn yashagan
kimsani ham afsun bilan
Uyin ko‘rsatuvchi falak jahondan uzib oladi.
Ma’no shohining surati agar shunday bo‘lsa,
Qismatgacha surat bilan ma’no shoh bo‘lgay! Omin!