www.ziyouz.com
kutubxonasi
37
Oromi daruni ranjarvardi man ast,
Taskini dili garmu dami sardi man ast,
Ya’ne xabar az mohi jahongardi man ast.
Va in ruboi digar ba tajdid dar ruq’ai digar.
R u b o i:
V-ar dar haramam ba justujo‘yat bosham,
Gar dar dayram ba tuftugo‘yat bosham
Dar vaqti huzur ro‘baro‘yat bosham,
Dar g‘aybati ro‘y dil ba so‘yat bosham
158
.
Bu faqir «Majolis un-nafois» otlig‘ kitobidakim, sultoni sohibqiron zamonidag‘i nazm ahli zikrida
bitibmen, alarning vasfi manoqibin «uchunchi majlis»ning avvalida bu nav’ bitibmenkim:
«Quyosheki, royi olam oroyi bila bu zamon mubohiy va ahli zamong‘a sharafi nomutanohiy
muyassardur va daryoeki, tab’i gavharzoyi bila bu davron jaybi gavhardin to‘la va davron ahli qo‘yni
va etagi javohirdin mamlu bo‘ladur.
Hazrati Mahdumiy Shayxul-islomiy Mavlono Nuruddin Abdurahmon Jomiy (madda zillahu)
159
dururkim, to jahon bo‘lg‘ay alarning yoruq xotirining natoyiji jahon ahlidin kam bo‘lmasun va to
sipehr evrulgay, alarning ochuq ko‘ngullarining favoidi davron xaloyiqidin o‘ksulmasun. Chun bu
158
Sohib davlat (ya’ni, Navoiy)ki, zamonamiz uning vujudy bilan sharaflidir, uning qadri darajasi va hashamat mar-tabalari,
podshohga yaqinligidan qat’n nazar, fazl va adab bobidagi barcha tabiiy va hosil qilingan fazilatlarga oid ma’naviy madhiyalarga
qaraganda shunday balanddirki, uni she’r bilan ta’riflansayu nazm san’ati bilan tavsif qilinsa [arziydi]. Ammo sharif xotiri odoblilik
fazilatini va kamtarlikni [shu qadar] singdirganki, o‘zini shunday toifa qatoriga o‘tqazgan, boshqalarning esa, uni o‘sha darajada
hisoblashlari va ular sirasida sanashlaridan yuqori ko‘tarilgan. Ammo, insof bilan aytganda, qaerdaki, o‘sha toifa bo‘lsa, u boshliqdir,
har qachon shu darajadagilar nomlari yozilsa, u daftarning yuqorisidadir.
Uning nomi injusi shunday ulug‘dirki, nazmning har turi uning sadafi bo‘la olur va she’rning har maqomi undan sharaf topa
olur. She’rdagi taxallusi bu muammoda ham yashiringanki, qayd qilindi. «Navoiy» ismiga muammo:
Uning nomini taxalluslarda hech kim topa olmaydi,
Topuvchilar labida undan bir navo bil va bas.
Agarchi unga tabiiy quvvati va qobiliyati kengligi jihatidan har ikki xil she’r: turkiy va forsiy muyassar bo‘lsa ham, ammo
turkiy sari tab’ining moyilligi ortiqroqdir. Uning g‘azallari u tilda o‘n mingdan ziyoda bo‘lishi kerak. Nizomiy «Xamsa»siga javoban
yozgan masnaviylari o‘ttiz mingga yaqin (Jomiy baytlar miqdorini nazarda tutmoqda. Navoiy «Xamsa»si 25 615 bayt yoki 51 230
misra’dan ibo- rat). Aytish kerakki, u tilda undan avval hech kim she’r aytmagan va nazm gavharini teshmagan (Bu yerda Jomiy bir
muncha mubolag‘a qilmoqda. Navoiydan oldin turkiy tilda ijod qilgan so‘z san’atkorlari bo‘lgan, buni Jomiy yaxshi bilgan ham).
Forsiydagi she’rlari jumlasidan Xusrav Dehlaviyning «Daryoyi abror» nomli qasidasiga javob tarzida aytilgan asari bo‘lib, ko‘p nozik
ma’no va latif xayollarni o‘z ichiga olgandir. Matla’i budir:
Podshohlar tojini bezovchi o‘tli la’l,
Boshlarida xom xayollarni pishiruvchi laqqa cho‘g‘dir.
Ba’zilar (Jomiyning o‘zi haqida so‘z ketmoqda) Hijoz (ya’ni, Makka) safaridan qaytganda tabriklab, bu ruboiyni maktubda
yozgan edi:
Ey moviy falak, insof bilan aytgil,
Bu ikkisidan qaysi biri yaxshiroq yurish qildi?
Tong otar (tomondan) ko‘tarilgan sening quyoshingmi?
Yoki kun botar tarafdan chiqqan mening jahon kezuvchi mohimmi?
Boshqa bir maktubda esa bu ruboiy [yozilgan edi]:
Bu maktub emas, mening dardlarimni daf’ etuvchidir.
Qaynoq dilim va sovuq nafasim taskinidir,
Ya’ni mening jahon kezib yurgan mohimdan xabardir.
Yana yangi maktubda bu ruboiy [bor edi]:
Agar butxonada bo‘lsam, seni so‘zlayman,
Agar Makkada bo‘lsam, seni izlayman.
Borligingda ro‘parangda bo‘lay,
Yo‘qligingda ko‘ngil yuzi sen tarafda bo‘lsin.
159
a.: Tangri soyasini uzaytirsin!
Alisher Navoiy. Holoti Sayyid Hasan Ardasher
Do'stlaringiz bilan baham: |