Bog'liq navoiy xamsatul mutahayyirin lotin ziyouz com (1)
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
yana: «Arba’in hadis»
139
tarjimasi;
yana: so‘fi va mutakkallim va hakim mazhablari tahqiqining risolasi;
yana: risola vujud
140
bobida;
yana: «Manosiki haj»
141
risolasi
142
;
yana: «Haft avrang»
143
ki mushtamildur yetti kitobg‘a; avval:
«Silsilat uz-zahhab»
144
ki, uch daftardur;
ikkinchi: «Salomon va Absol»;
uchunchi: «Tuhfat ul-ahror»
145
;
to‘rtunchi: «Subhat ul-abror»
146
;
beshinchi: «Yusuf va Zulayho»kim «Oshiq va ma’shuq»g‘a mavsumdur;
oltinchi: «Layli va Majnun»;
ettinchi: «Xiradnomai Iskandariy»;
yana: «Bahoriston» kitobi;
yana: Muammo fanida bitilgan risolalar, te’dodi: avval: «Huliyat ul-hulal»
147
g‘a mavsum bo‘lg‘on
risola;
yana: risolaki, «Mutavassit»g‘a mashhurdur;
yana: risolaki, «Sag‘ir»g‘a ma’rufdur;
yana: manzumi asg‘ardur;
yana: aruzda bitilgan risola;
yana: bir risola qofiya bobida bitilgan;
yana: bir musiqiy ilmida bitilgan risola;
yana: «Munshaot»
148
risolasidur;
Devonlarning te’dodi;
avval: «Fotihat ush-shabob»
149
;
ikkinchi: «Vasitat ul-iqd»
150
;
uchunchisi: «Xotimat ul-hayot»
151
.
Va bu faqir alar tasnifig‘a sabab va ta’lifiga bois bo‘lubmen va bu ma’ni ko‘prak kutub va rasoilda
mazkurdur. Ul jumladin biri «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» durkim, andoq kitobni hargiz hech
139
1481 – 82 y.da yaratilgan bu asarida Jomiy Muhammad payg‘ambarning 40 ta hadisi-hikmatlarining ma’nosini ruboiy
shaklida bayon etgandir.
140
Bu risolada Jomiy tasavvuf termini «vujud»ni sharhlab bergan.
141
«Manosiki Haj» – Hajning qoidalari.
142
Bu risolada haj ziyoratining qoida va marosimlari qalamga olingan.
143
«Haft Avrang» (Yetti taxt yoki Katta ayiq yulduzlar turkumi) – Jomiy avvaliga Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar izidan borib,
«Xamsa» yaratishga kirishadi. Keyinchalik esa besh doston qatoriga yana ikki dostonni kiritadi. Natijada yetti kitobdan iborat
dostonlariga «Haft avrang» deb nom beradi.
144
«Silsilat uz-zahhab»(Oltin zanjir) – Bu doston 1472 y.da g‘aznaviylar shoiri Sanoiyning «Hadiqat ul-haqoyiq» (Haqiqatlar
bog‘i) nomli asari muqobalasida yaratilgan.
145
«Tuhfat ul-ahror» (Himmatlilar tuhfasi) – doston nomida Jomiyning tariqat bobidagi piri Xoja Ahrorga ishora bor. Asar
falsafiy, ijtimoiy va didaktik masalalarga bag‘ishlangan 20 maqoladan iborat.
146
«Subhat ul-abror» (pokiza zotlar tasbihi) – dostonda tasavvuf yo‘lidagi «maqomot» (psixologik va idrokiy holatlar)lar tavsifi
beriladi. Lekin unda davlatni idora etish usullari hamda adolat va ezgulik haqida ham ilg‘or fikrlar ilgari suriladi.
147
Huliyat ul-hulal» (Bezakli liboslar) – muammo haqidagi risola, uni «Risolai muammoyi kabir» (Katta (holatdagi) muammo
haqidagi risola). Yana Jomiyning «Mutavassit» (O‘rtacha), «Sag‘ir» (Kichik) va she’riy yo‘lda bitilgan «Asg‘ar» (Jajji) kabi
muammoga bag‘ishlangan asarlari bor. Ularda muammoni tuzish, uni yechish nazariyasi bayon etiladi. Ko‘rinadiki, bu she’riy
formaga qiziquvchilar ko‘p bo‘lgan.
148
«Munshaot» (Maktublar majmuasi) – Jomiyning turli masalalarga bag‘ishlangan va har xil tabaqadagi odamlarga yozgan,
jumladan Navoiyga yo‘llagan xatlari jamlangan asari.
149
«Fotihat ush-shabob» (Yoshlikning boshlanishi) – Jomiy lirik she’larining birinchi devoni.
150
«Vositat ul-iqd» (O‘rta yoshlikning injulari) – Jomiyning ikkinchi devoni.
151
«Xotima ul-hayot» (Hayot xotimasi) – uchinchi devon. Sharq she’riyatida devonlarga maxsus nomlar berish an’anasi Xusrav
Dehlaviydan boshlanadi. Navoiy ham o‘z she’rlarini to‘plab, to‘rt devonga ajratgan. Ularni alohida nomlab chiqqan va to‘rt devonni
yana bir umumiy nom bilan atagai.