Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
buzishi mumkinligini o‘ylay boshlagan, avvalgi fikrlaridan qaytgan, boy amaldorga 
o‘ynash bo‘lishning qisqa umrli baxt ekaniga tushunib qolgan edi. «Erta-indin urilib 
ketish ehtimolidagi amaldorga o‘ynash bo‘lishdan, tagida vertolyoti bor olimga xotin 
bo‘lish ming karra afzal», degan to‘xtamga kelganida uning mushkulotini Xudoning o‘zi 
yengillatib berdi — o‘ynashni yo‘ldan olib tashladi. Unga qadar «norasmiy kuyovi»ning 
marhamati bilan Sibiriya shaharlariga meva-cheva olib borib sotishni kasb qilayotgan 
edi. Bu ish bilan shu paytgacha shug‘ullanib kelgan odamlari Tursunalining nazarida 
g‘irromlik yo‘liga o‘tishgan, uncha-buncha pulni o‘marib qoladigan bo‘lishgan edi. Gulday 
qizining nomusini hadya etishdan qaytmagan Toshboltaning sadoqatiga ishonib, 
Magadanga olib boriladigan bir vagon pomidorni unga topshirdi. Toshbolta pulga qo‘shib, 
bu yerlarda topilishi qiyin bo‘lgan tilla-javhar buyumlarni olib kelib bergach, mo‘ljalni 
bexato olganidan o‘zicha quvondi. «Men buni bir laqma oshpaz deb yursam, baloning 
o‘qi ekan-ku!» deb ishonch darvozalarini kengroq ochdi. 
Toshboltaga aynan shu — ishonch darvozasidan o‘tib, ichkariroq kirib, yaxshiroq 
o‘rnashib olish kerak edi. Aslida u yulduzni benarvon uradigan toifadan emasdi. 
Tursunali gumon qilganidek, ozgina laqmaligi ham bor edi. Ammo kattaroq daromadning 
hidi dimoqqa urilsa hiyla bosh ko‘tarib, laqmalikni quvar ekan. Vagon Magadanga yetib 
borgunicha sheriklarining suhbatlariga zehn solib, pulni pulga urishtirib tilla «yasash»ni 
o‘rgandi. Magadandagi mijozlar esa «direktorga yaqin odam»ni o‘zlariga og‘dirib olish 
uchun bu kasbning sir-sinoatlarini o‘rgatdilar. Pulning bir qismiga javhar ko‘zli tilla uzuk 
olib borish ham ana o‘shalarning maslahati bilan bo‘lgan edi. Birinchi safardayoq kishi 
bilmas tarzda puldan o‘marib qoldi. Tursunali uning «sadoqati»dan, «vijdonan 
ishlashi»dan mamnun bo‘lgan holda foydadan tuzukroq ulush ajratdi. Cho‘ntak pulga 
to‘lgach, yurish-turish ham bo‘lakcha bo‘ldi. «Ko‘rmaganning ko‘rgani qursin», deganlari 
shu-da! 
Tursunali qamaldi-yu, «norasmiy qaynota» ikki jumboq qafasida qoldi. Birinchi 
jumboq — tilla bezaklarga oid edi. U Sibiriya tomonlardan har safar tilla-javhar bezak 
olib kelardi. Tursunali qamalib, uyi tintuv qilinganda «boylik chiqmagan» emish. «Boylik 
topishni bilgan yashirishni ham bilgandir, ammo qaerga yashirgan?» Toshboltaning 
tinchini olgan jumboqning asosiysi shu edi. Qizidan bir necha marta so‘radi, Nafisa 
«bilmayman», deb yelka qisib turaverdi. Ikkinchi jumboq Sibirga qatnashning to‘xtashi 
yoki to‘xtamasligiga bog‘liq edi. Uning baxtiga yangi direktor begonalardan bo‘lmadi. 
O‘zining qo‘lidan taom yeb yurgan, Tursunalining maishatiga sherik bosh muhandis yigit 
direktorning kursisiga o‘tirdi. Bir oy mobaynida bog‘dagi mehmonxonaga qadam 
bosmadi. Kelgan mehmonlarni ham idoradan nari kuzataverdi. Yangi «halol» rahbarning 
ibratli ishlari haqida gap-so‘zlar boshlangach, ustozining yo‘liga pinhona tarzda o‘ta 
qoldi. Meva-chevalar pishishi arafasida Toshboltani chaqirib, Sibiriya safari haqida 
surishtirib, ishni avvalgiday davom ettirishi lozimligini aytdi. So‘ng: 
— Nafisaxon sog‘-salomatmilar? Bu tomonlarga bir kelaman ham demaydilar-a? 
Kelsalar bexabar qolmaylik, — deb qo‘ydi. 
Bu bilan ustozining merosxo‘ri sifatida o‘ynashga ham ega chiqajagini shipshitgan 
bo‘ldi. 
«Obbo xunasa-ey, sening ham darding bormi?! — deb o‘yladi Toshbolta g‘ashlanib. 
«E, bola, mening qizim fohisha emas, eri bor, uy-joyi bor!» — deb siltamoqchi bo‘ldi-yu, 
o‘zini tiydi. «Gapiraveradi-da, ko‘z tikkani bilan qizim kelib to‘shagiga yotib olarmi-di», 
— deb o‘zini ovutdi. 
El og‘zida «Ot bosgan joyni toy bosadi», degan naql yuradi. Shunga ko‘ra Tursunali ot 
bo‘lsa, shogirdi toy misol edi. Qo‘polroq tarzda tavsif berilsa, Tursunali tupirganu u 
yalagan edi. Ustozi qamalganida uning ham paytavasiga qurt tushdi. Harholda ustozi 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish