Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
kabi ularning ishida ham ba’zan boshliqlarga gap tushuntirish qiyin bo‘ladi. Aynan bir 
xilda fikrlaydigan, ish yuritadigan boshliq bilan xodimni topish qiyin emas. O‘z fikri, o‘z 
uslubi bo‘lmagan odamlargina boshliq bilan bir xilda ish yuritadilar. Aqlli boshliqlar 
bunday xodimlardan ehtiyot bo‘ladilar. Bundaylarni o‘zlariga yaqinlashtirmaydilar. 
Ayniqsa jinoyatga daxldor ishlarda boshliq chizgan chiziqdan chiqmay yurish yaxshi 
natijaga olib kelmasligi mumkin. Boshliq qanchalar tajribali, bilimli bo‘lmasin, har-holda 
u idora odamiga aylanadi. Har bir jinoyat esa alohida olam. Bu olamning o‘ziga yarasha, 
boshqalarga o‘xshamaydigan past-balandliklari bo‘ladi. Idoradagi odam bularni o‘tgan 
tajribalariga suyangan holda payqashi qiyin. Boshliq shuni tushunsa — xodimning omadi 
yurishgani. Omonulloga bu safar shunday omad kulib boqqani uchun kayfiyati ko‘tarildi. 
Uyiga ertaroq qaytib hordiq chiqargisi, fikrlarini tiniqlashtirib olgisi keldi. 
To‘qqiz qavatli uyning yo‘lagiga kirgach, ta’bi tirriq bo‘ldi: lift ishlamayotgan ekan. 
Yettinchi qavatga piyoda bosib ko‘tarilish malol keldi. Halloslab chiqib borganiga yarasha 
uni bir mehribon kutayotgan bo‘lsa ekan, dasturxon tuzasa ekan, erkalab, mehribonliklar 
qilsa ekan... 
Xotini Fotimani Hindistonga kuzatganidan beri uyi huvillab, kirgan odamni yutaman, 
deydi. Sakkiz yil muqaddam Fotimaning barmog‘iga nikoh uzugini taqqanida, so‘ng suyib 
bo‘sa olganida xotinining nozli iltimoslariga, o‘jarliklariga qul bo‘lib qolishini o‘ylamagan 
edi. Ba’zan Fotimaning biron iltimosiga «xo‘p» deb qo‘yib keyin o‘zi afsuslanib yurar edi. 
«Shu xotinning nimasini yaxsha ko‘raman? Nimasiga ishqiboz bo‘lib olganman? Bir og‘iz 
so‘zimga ilhaq bo‘lib yurganlar ko‘p edi-ku? Bo‘ldi! Endi bironta iltimosini 
bajarmayman!» deb ont ichardi. Ammo bu qasam qo‘rg‘oni Fotimaning birgina shirin 
jilmayishidayoq vayron bo‘lib ketardi. Fotima uzun qora soch-lari bilan bog‘lab 
olganmidi, yo hamisha kulib tu-ruvchi shahlo ko‘zlari bilan rom etganmidi, yo qaldirg‘och 
qanoti kabi qoshi, qayrilma kipriklari bilan qalbini o‘ziga bo‘ysundirganmidi — Omonullo 
bilmaydi. Bilgani — Fotimani jondan ortiq sevadi. Fotima esa... Omonulloni sevadimi yo 
o‘zining ilmiy ishinimi? Mana shu jumboq ba’zan yuzaga qalqib chiqib qolardi. O‘shanda 
Omonullo «Men sizga kimman? Bir qulman. Sizga eng muhimi — ilmiy ish! Nomzod 
bo‘lib olay, dedingiz — bo‘ldingiz. Endi doktor bo‘lmoqchisiz — bo‘lasiz. Keyin professor 
bo‘lgingiz keladi, keyin akademik bo‘larsiz. Omonqul esa mishiqi boladay atrofingizda 
girdikapalak bo‘lib, xizmatingizni qilib yuraveradi», deb arazlaydi. Shunda Fotima yonar 
edi. Lov etib emas, atrofiga uchqunlar sachratib, «yaqinlashsang — yutaman!» deb 
emas, mayingina, rohatijon bo‘lib yonardi. O‘zining eng ishonchli quroli — shirin 
jilmayishni ishga solardi, yuzidagi kulgichi erining araz o‘tlarini so‘ndira qolardi. «O‘ttiz 
yoshimgacha chidaysiz, deb shart qo‘yganmidim, siz o‘shanda ko‘nganmidingiz? Hozir 
to‘qson foiz siznikiman, o‘n foiznigina ilmiy ishimga berganman. Yoqlab olay, yuz foiz 
sizniki bo‘laman. Boshqa unvonlarning orqasidan yugursam betimga tupuring. Men 
uchun eng muhimi — ilm. Odamlarga nimadir berish. Agar aqlim bilan ilmim yetarli 
bo‘lsa siz aytgan martabalarning o‘zi keladi. Nima, akademikning eri bo‘lsangiz 
yomonmi? Akademik kiringizni yuvsa, ikki bukilib choy uzatsa... yomonmi?» Shu 
gaplardan keyin Omonullo araz narvonidan pastroqqa tushardi: «Ha... endi siz ham 
xonim, generalning xotini bo‘lsangiz yarasharmidi... General bozoringizni qilib bersa, 
gilamlaringizning changini qoqib bersa, «buyursinlar xonim!», deb qo‘l qovushtirib 
tursa...» 
Ularning birov uchun achchiq, birovga nordon tuyulgan, o‘zlari uchun esa yoqimli, 
shirin bo‘lgan turmushlari shu zaylda davom etardi. 
Hind olimlari Bobur saltanatiga oid doktorlik ishni Hindistonda davom ettirishni taklif 
qilishgach, Omonulloning yuragi bir uvishdi. Yarim yil yolg‘iz yashash hazilakam gapmi?! 
Fotima «Bormasam bo‘lmaydi!» deb ikki oyoqni bir etikka tiqib, janjal qilmadi. Odatiga 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish