Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
Omonullodagi gumon haqiqat sari yanada yaqinlashdi. Ayniqsa, Ochilovning o‘ng qo‘lini 
«shisha kesib ketgani», uchoqda esa chap qo‘lini bog‘lab olgani uning ahvolini ayon 
etganday edi. Uning nazarida Ochilovni hibsga olish uchun shu dalilning o‘ziyoq kifoya 
edi. Ayni damda uni boshqa narsalar o‘ylantirardi. Sanjar Ibrohimovning qismati oilasiga 
ma’lum etilgach, ular uchun go‘yo qiyomat boshlanganday bo‘ldi. Yaqinlari «jasadni 
beringlar», deb o‘likxonani qamal qilib olish darajasiga yetdilar. Nafisaning murdasi esa 
yana ikki kun o‘likxonada qolib ketibdi. 
Kooperativ boshlig‘i Omonullo yuborgan vakilga «Ikkovi ham suyuqoyoq edi, endi 
haydamoqchiydim» debdi. Sanjar Ibrohimovning ukasi esa, Omonullo bilan suhbatda 
«Bizning urug‘da haromga yuradigan odam yo‘q. Akam haromdan hazar qilar edilar», 
deb gapni kalta qildi. Ibrohimovning xotini esa o‘tinch bilan «adasidan bunday gumon 
qilmang», deb ko‘z yoshi to‘kdi. Ularning bu zorli gaplari marhum xotirasini himoya 
qilish uchungina aytilmayotganini Omonullo sezdi. Bu gaplarga ishondi. Ammo «Eri 
safarda bo‘lgan chiroyli yosh juvon bilan uning uyiga nima uchun keldi?» degan savolga 
javob topa olmagani uchun, marhumning ruhi chirqirasa ham, shu gumondan 
uzoqlashmaslikka majbur edi. Erkakning haromdan hazar qilib yurishi a’lo hol, biroq... 
o‘rtada shaytoni la’in ham bor-da... 
Marhumlar xizmat qilgan kooperativning boshlig‘i g‘oyatda tez gapirganidan o‘zining 
ham nafasi qaytib ketuvchi, chaqchaygan ko‘zlaridan makkorlik nuri sachrab turuvchi 
odam ekan. Omonullo «Odamning tili aldagani bilan ko‘z qarashi alday olmaydi, men har 
qanday odamning ko‘ziga bir qarashdayoq kimligini aytib bera olaman», deb 
maqtanishni yaxshi ko‘rardi. Qaynatma sho‘rvaning ko‘pigi bo‘lgani kabi, bu 
maqtanishning chegaradan chiqqan yeri ham bor edi. Ammo Omonullo yuzdan yetmish 
holda adashmas edi, deyilsa haqiqatdan chetga chiqilmas. O‘sha yuzdan yetmish 
holatning biri kooperativ boshlig‘ini ko‘rganida amal qildi. Shu bois ham «Siz 
marhumlarni yaxshi bilarmidingiz?» — deb so‘ramay, gapni aylantirdi. 
— Kooperativda ishlar qalay, gullab-yashnayaptimi? — deb so‘rab, boshliqqa tikildi. 
— Ha, endi, qimirlab turibmiz. Hukumatga rahmat, hamma sharoitlar bor. 
— Gapingiz to‘g‘ri. Sharoit zo‘r. Xohlagan qing‘irliklarga shart-sharoit mixday 
yaratilgan, buni biz bilamiz, — Omonullo «biz» degan so‘zni alohida urg‘u bilan talaffuz 
etdi. Bu alohida ohang boshliqning miyasiga to‘qmoqdek urilib, bir seskandi. Lekin o‘zini 
go‘llikka solib, xi-xilab kuldi: 
— Ie, hali shunaqalar ham bormi? Qing‘irlikdan Xudo asrasin. Hukumat shuncha 
sharoit yaratib berganiga shukr qilib to‘g‘ri ishlaganga nima yetsin! 
— Gaplaringiz zo‘r... ammo sizda ham ozgina bor ekan, deb eshitdik. 
Boshliq «buning gapi chinmi?» — degan fikrda kipriklarini pirpiratib, Omonulloga bir 
zum tikildi. So‘ng yana quvlik ko‘chasiga o‘tib, jilmaydi. Jilmayganda lablarining sal 
titraganini Omonulloning ziyrak nigohi ilg‘adi. 
— Hazilingiz bor bo‘lsin. Biz «Xudo halolidan bersin», deb yurgan bandamiz, akaxon. 
— Shunaqami? Ibrohimov bilan Boltaeva bu qin-g‘irliklarni ochamiz, deb yurishgan 
ekan-ku? 
Omonulloning bu tagdor gapi soyasida «Ular sirni ochmoqchi bo‘lganlari uchun 
o‘ldirilganlar», degan ma’no bor edi. Ana shu ma’no o‘q kabi miyasiga sanchilib, butun 
tanasini zirqiratgan holda tovonidan teshib chiqqanday bo‘ldi. Endi yuzidagi quvlik jilma-
yishi ham yo‘qoldi. Bir oz o‘ylandi-da: 
— Kim shunday degan bo‘lsa, o‘lgan odamning go‘shtini yebdi, — dedi. 
— O‘lgan odamning go‘shti? Gapingizga tushunmadim? — dedi Omonullo ajablanib. 
— G‘iybat bilan tuhmat — o‘lgan odam go‘shtini yeyish bilan barobar ekan. 
— Shundaymi? Unda siz nima uchun bu go‘shtni yedingiz? 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish