Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
— Xayriyat! Bu kimsasiz orolda bittagina insofli tirik odam bor ekan! — dedi u. — 
Hamma xonalarni birma-bir taqillatib chiqdim. Tirik odam yo‘qmi, bilmayman. Bo‘lsa 
ham ochishmaydi. Qo‘rqishadimi, bilmayman. Men yolg‘izlikni yomon ko‘raman. Ichgim 
kelyapti, qo‘shni, nima men alkashmanmiki hadeb yolg‘iz ichaversam. Ko‘nglim shirin 
suhbatni istayapti. Siz menga sherik bo‘la olmaysizmi? — U shunday deb qo‘lidagi aroqni 
yuqori ko‘tardi. 
Boshi aylanib, og‘zi qurib, ko‘ngli behuzur bo‘layotgan Samandarga bu taklif ma’qul 
keldi. Garchi u chaqirilmagan mehmonga zid o‘laroq yolg‘izlikni yoqtirsa ham hozir ulfat 
bilan ichgisi keldi. 
— Kiring, — dedi u tisarilib. 
Mehmon ostona hatlab qo‘l uzatdi-da, o‘zini tanitdi: 
Medvedev, Sergey Lavrentevich. 
Samandar «Marhamat qiling», deb joy ko‘rsatdi. Medvedevning shimi yonidagi qizil 
hoshiyani ko‘rib «generallardan ekan-da», deb qo‘ydi. Medvedev esa yozuv stoli ustidagi 
Hindiqush xaritasiga ko‘zi tushib «o‘zimizdan ekan», deb o‘yladi. 
— Ismingiz nima, qo‘shni? — dedi Medvedev ikki qadahga aroq quyib. 
Kiev universitetida, so‘ng Moskvadagi aspiranturada o‘qib yurganida Samandarni 
hamma «Sasha» deb chaqirardi. Shuni eslab u: 
— Sasha deyavering, — deb qo‘ydi. 
— Sashoq, salomatlik uchun! Men sendan xursandman. Bu yerdagi yagona tirik odam 
sen ekansan... — Medvedev shunday deb tik turgan holida qadahni bir ko‘tarishdayoq 
bo‘shatdi. 
Samandar qadahni labiga yaqinlashtirganida aroqning hidi dimog‘iga urilib, seskandi. 
Ko‘ngli battar aynidi. Mehmon qarab turgani uchun hijolat chekdi. Keyin chuqur nafas 
oldi-da, bir zarb bilan ichib yubora qoldi. Dam o‘tmay o‘zini yengil his eta boshladi. 
Uchinchi qadahdan keyin esa picha o‘ziga keldi. Bu yerga kirishdan avval ham bo‘kib 
ichgan mehmonning «gap xaltasi teshilib», tinmay gapiraverdi. 
— Sashok, men harbiy odamman. Mening kasbim jang qilish. Qog‘oz titib idorada 
o‘tiradiganlarga toqat qila olmayman. Rossiyani kim xarob qildi, bilasanmi? Ana o‘sha 
burniga ko‘zoynak qo‘ndirib, qog‘oz titib o‘tiradiganlar. Biz esa buyuk Rossiya shuhratiga 
shuhrat qo‘shamiz. Bu — bizning burchimiz. 
Medvedev yana qadahlarni to‘ldirdi: 
Buyuk Rossiyamiz uchun, uning shuhrati uchun! — U shunday deb xitob qilgach, 
qadahni odati bo‘yicha bir ko‘tarishda bo‘shatib, kaftiga «kuf» deb qo‘ydi. 
Samandar endi ichishga qiynalmadi. Og‘riqlar uni tark etgan, ammo qulog‘i 
shang‘illab, mehmonning gaplarini durust idrok qila olmayotgan edi. Medvedev esa 
«sukut rizolik alomati» sanalganday «gaplarim Sashokka ma’qul kelyapti», degan fikrda 
jo‘shib so‘z-layverdi. 
— Bu g‘alamislar Rossiyaning O‘rta Sharqdagi siyosatini o‘zgartirishmoqchi. Ochig‘ini 
aytaymi? Mixail Mechenniyning ishlari menga yoqmayapti. 
Samandar Mixail Mechenniyning kim ekanini darrov anglamadi. Keyinroq fahmlab, 
nimani tasdiq eta-yotganini o‘zi ham tushunmay, bosh irg‘ab qo‘ydi. 
— U bizning Germaniyani ikki qo‘llab topshirdi. Germaniya uchun ruslar qancha qon 
to‘kishgan, bilasanmi? Endi esa Afg‘onistonni bermoqchi! Gorchakov janoblari 1877 yilda 
nima qilgan bilasanmi? Bilmaysan! Granvillni bilasanmi? U o‘sha paytda Angliya tashqi 
ishlar ministri edi. Gorchakov u bilan sulh tuzdi. Hozirgi Afg‘onistonning shimoliy 
chegarasini o‘sha ahmoq belgilagan. Nega ahmoq, deyapsanmi? Shuning uchunki, yana 
bir zarb berilsa, Afg‘oniston to‘laligicha bizniki edi. Hech bo‘lmasa yarmi bizniki bo‘lardi. 
Bugun bekorga qon to‘kib yurmasdik. Endi Mixail Mechenniy nima qilmoqchi? Bilasanmi? 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish