Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
77
— To‘ppa-to‘g‘ri bu yerga boshlab kelishlarini bilmabman. Aslida sizga ko‘rsataman, 
deb o‘ylovdim. Siz baribir o‘rtoq Baygildinga berardingiz. 
— Bu hisobingiz ham to‘g‘ri, — dedi Baygildin jilmayib. So‘ng qog‘oz yuzidagi qizil 
dog‘ga ko‘zi tushib, Samandarning bog‘log‘liq qo‘liga qaradi: — Qo‘lga nima qildi? 
— Ha, shunchaki... shisha tilib ketdi, — dedi Samandar o‘zini xotirjam tutishga intilib. 
Baygildin ularni uzoq ushlab o‘tirmadi. Samandarni shahar chetidagi xos 
mehmonxonaga kuzatib qo‘yishdi. Xonaga kirib, birinchi ko‘rgani — Hindiqush xaritasi 
bo‘ldi. «Maqsadlari jiddiyga o‘xshay-di, — deb o‘yladi. — Agar Afg‘onistonga ham 
o‘rnatilsa, yangi o‘ta sezgir qurilmaga hojat qolmaydi. Yo‘lni to‘sishadi». Shu fikr 
xayoliga kelib, battar bo‘g‘ildi. Muzjavonni ochdi: baxtiga aroq bor ekan. Katta qadahga 
quyib, sahroda yo‘l yurib chanqagan odam kabi yutoqib ichdi. Bittaga qanoat qilmasdan 
ikkinchisini ham to‘ldirib ichgach, dasturxon ustidagi olmalardan birini olib, karsillatib 
tishladi. Nazarida aroqning quvvati ojizday tuyulib yana ikki marta ichdi-da, shi-sha 
beliga yopishtirilgan yorliqqa qaradi. Aroqning qirq daraja ekanini o‘qib, ajablanganicha 
bosh chay-qadi. 
Eshik taqillab, askar yigit ko‘rindi-da, «Yemakxonaga chiqasizmi yo ovqatni shu yerga 
olib kelaymi?» deb so‘radi. Samandar och bo‘lsa-da, ovqat yegisi yo‘q edi. Avvaliga 
«kerakmas», deb rad etdi. So‘ng yigitni chaqirib, «shu yerga olib kel», deb buyurdi. 
Aroq ta’sir qilib, badani qizidi. Boshi aylandi. Bog‘langan panjasiga qarab g‘ijindi-da, 
dokani yechib tashladi. O‘zicha bir nimalar deb g‘o‘diranib, hammomga kirdi. Yuvinib 
chiqqanida xonani ovqatning yoqimli isi tutgan edi. Shishani bo‘shatgunicha to‘rt-besh 
cho‘qim ovqat yeya oldi, halos. Tomog‘idan boshqa hech narsa o‘tmadi. Yana bir shisha 
pivo ichgach, to‘shakka ham yetib bora olmay, gilam ustiga cho‘zildi. 
...Nafisa ko‘zlarini yarim yumganicha to‘shakda ayshini surardi. Samandarning kirib 
kelganiga na u, na-da xushtori e’tibor berdi. Samandar «Hayvon! Buzuq!» deb 
baqirmoqchi bo‘ldi, ammo ovozi chiqmadi. So‘ng... oshxonadan bolta olib chiqib, ularni 
chopaverdi, chopaverdi. So‘ng... dahshatga tushdi. Bolta ularni qiyma-qiyma qilib 
tashlagan bo‘lsa-da, tanada bir tomchi ham qon ko‘rinmadi. So‘ng... qiymalangan tana 
bus-butun holga kelib, qadlari ko‘tarildi. «Ey nodon!» deb unga qarab kuldilar, 
kulaverdilar. So‘ng... Samandar ularga pichoq bilan tashlandi. Ular qochdilar, 
qochaverdilar. Samandar g‘azabga kelib, pichoqni otdi. Pichoq kinodagi mergan qo‘lidan 
otilganday to‘g‘ri borib Nafisaning chap ko‘kragiga sanchildi. Nafisa yiqildi. O‘ldi. 
Chinakamiga o‘ldi! Ana, ko‘kragidan qon sizib chiqyapti. Qon... issiq, qon. Ko‘zlari esa 
baqra-yib qoldi: «Gunohim nima edi?» deb so‘rayotganga o‘xshadi. Samandar qo‘rqib 
ketdi: «Nafis, seni o‘ldirmoqchi emasdim. Tursunali bilan birgaligingni bilganimda ham 
kechirgan edim. Bu safar ham kechirardim. O‘lma, Nafis...» Shunday deb turganida 
xushtor kelib boshiga to‘qmoq bilan urdi, uraverdi. To‘qmoq har urilganida jaranglab, 
aks-sado taratdi, tarataverdi... Nafasi esa bo‘g‘ildi, bo‘g‘ilaverdi... 
To uyqudan uyg‘onguniga qadar shu tush asoratida azob chekdi. Qo‘rquvdan 
uyg‘ondimi yo eshikning taqillaganidan uyg‘ondimi — farqlay olmadi. Harholda eshikning 
taqillashi boshiga urilgan to‘qmoq jarangiga monand edi. Boshiga urilgan to‘qmoq 
tushida kechgan bo‘lsa-da, gardani lo‘qillab og‘rirdi. 
Avvaliga qimirlash u yoqdan tursin, «Ha, kim?!» deyishga ham majoli yetmadi. 
Aniqrog‘i qaerda, nima uchun yotganini idrok qilolmadi. Bir oz garangsib yotgach
nonushtadan keyin bo‘lib o‘tgan voqealarni xira tarzda bo‘lsa-da, esladi. Shundan so‘ng 
ko‘zlarini arang ochdi. Eshik yana taqillagach, «hozir!» deb ovoz berdi-da, inqillab 
o‘rnidan turdi. Uy xuddi osma ko‘prikday u yon-bu yon tebranganday bo‘lib, chayqaldi. 
Gandiraklab borib eshikni ochdi. 
Yengsiz ich ko‘ylakda turgan gavdali odam uni ko‘rib jilmaydi: 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish