Bolalarga ta'lim va tarbiya oiladan boshlanadi.
Bilamizki hozirgi zamonda bolalarimizni ta'lim tarbiya olishi uchun har qaysi zamondanda yaxshi shart sharoitlar yaratilgan. Farzandlarimiz aqlli bo'lib kamol topishi uchun nafaqat uztozlar balki oilalarning ham o'rni beqiyosdir. Bolalarni ilmli, odobli qilib tarbiyalash ota-onaning burchidir. Uztozlar bu muqaddas vazifani chetga surmasdan, ota-onalarga amaliy yordam berishi lozim, chunki ota-ona bilan bir qatorda tarbiyachilar, o'qituvchilar ham bola tarbiyasi uchun mas'uldirlar. Oila - insoniyat tarixining hamma davrlarida jamiyatning negizi bo‘lib kelayotgan muqaddas dargohdir. Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. Chunki farzandga til o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir daqiqa his qilib yashashi lozim. Oilada sog`lom muhit mavjud bo`lgandagina, ularda har tomonlama sog`lom, barkamol inson shakllanadi. Yoshlar tarbiyasi xususan jismonan baquvvat, aqlan sog`lom, umuminsoniy madaniyat, darajasi yuqori, zamonaviy bilim va kasbga ega bo`lgan kelajak avlodni voyaga etkazishda oila ma`naviyatining tutgan o`rni alohidadir. Tarbiyaning asosi oila muhitidir. Bola uyda nimani ko`rsa, shunga tahlid qilib o`sadi. Oilada ota olijanob keng fe`l, bosiq, mulohazali va ozgina siyosatliroq bo`lishi, ona esa mehribon, rahmli, bolalarini behuda qarg`amaydigan va muloyim bo`lmog`i lozim. Farzandlarimizni sog`lom e`tiqodli, jismonan baquvvat qilib tarbiyalash ham ota-ona zimmasiga yuklangan. O‘zbekistonliklar uchun oila - yuksak qadriyat bo‘lib, mana necha yuzlab asrlar davomida e’zozlanib kelinmoqda. Bu dargoh millatning urf - odatlarini saqlashga ko‘maklashadi. Shu bilan birga oila, kelajakda farzandlar qanday inson bo‘lib yetishishiga ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘idir. Har bir millat o‘z istiqbolini kamolga yetayotgan yoshlari timsolida ko‘radi. Shu bois mamlakatimizda istiqlol yillarida navqiron avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng qaror toptirish, ularni turli zararli ta’sirlardan asrash, pirovardida barkamol inson sifatida tarbiyalashga qaratilgan chora - tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Inson avvalo oila bag‘rida unib-o‘sadi, shaxs sifatida shakllanadi. Oiladagi ta’lim-tarbiya, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar keyinchalik odamlar orasida — mahalla-ko‘yda, ta’lim muassasalarida sayqal topadi. Shunday ekan, vatanimiz va xalqimizning ertangi kunini, jahon hamjamiyatidagi obro‘ - e’tiborini belgilovchi barkamol avlodni voyaga yetkazishdek ulug‘ vazifani oila – mahalla hamkorligisiz hal etib bo‘lmaydi desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Yoshlarimiz ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgidek murakkab sharoitda milliy o‘zligimiz, azaliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan xurujlar, ularning ongi hamda qalbini egallashga qaratilgan g‘arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani har birimizdan yanada hushyor va ogoh bo‘lishni talab etmoqda. Inson ongi uchun ketayotgan bu kurashda hamisha ogoh, hushyor bo‘lish, hali oq - qorani ajrata olmagan g‘o‘r yoshlarni bunday oqimlar domiga tushib qolishdan asrash ta’lim - tarbiya ishiga mas’ul bo‘lgan ota – onaga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bugun go‘zal yurtimizda farzandlar baxtiyor hayot kechirishmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, farzandlarni har tomonlama yetuk, bilimli, dono va jamiyatga manfaati tegadigan qilib tarbiyalash lozim. Bugun har bir yosh bolaga vaqtida tarbiya, odob - axloq o‘rgatish yurtga, xalqqa bo‘lgan muhabbatini uyg‘otish, eng muhimi ilmli qilib tarbiyalash, toki o‘zi mustaqil fikrga ega bo‘lib, mafkuraviy immuniteti shakllangunga qadar ota – onasi va ustozlari tomonidan doimo nazorat qilib turilishi kerak. Zero, bu haqda payg‘ambarimiz: “Sizlarning barchangiz bir kemaga chiqqan yo‘lovchilarga o‘xshaysizlar. Agar oralaringizdan bir telba qo‘liga bolta olib, kemani chopa boshlasa va sizlar loqaydlik qilib uni to‘xtatmasangizlar barchangiz suvga g‘arq bo‘lasizlar. Agarda uni bu ishdan qaytarsangizlar barchangiz omon qolasizlar” deganlar.
Ulug‘ ma’rifatparvar Abdullo Avloniy aytganlaridek, “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Agar farzandga yaxshilik o‘rgatilsa yaxshi voyaga yetadi dunyo va oxiratda baxtiyor bo‘ladi. O‘z holiga tashlab qo‘yilsa, baxtsiz bo‘ladi. Donishmandlar, farzand tarbiyasi haqida ruhiy, ahloqiy, jismoniy, aqliy, nafsiy, ijtimoiy va jinsiy tarbiya berish lozimligini ta’kidlaydilar.
Oiladagi noto‘g‘ri tarbiyaning zarari haqida Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Payg‘ambarimiz kim farzandiga kel, mana buni ol”! desa-yu unga hech narsa bermasa, u yolg‘onchidir, dedilar.
Buyuk allomalarimiz farzand tarbiyasida oilaning o‘rni va ahamiyati haqida ko‘plab asarlar yaratganlar. Xususan, Abdurauf Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” deb nomlangan asarining ikkinchi qismini aynan farzand tarbiyasiga bag‘ishlagan. Unda oiladagi eng og‘ir vazifa farzand tarbiyasi ekani, xalqning harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe, qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liqligi alohida ta’kidlanadi.
Darhaqiqat, oilaviy muhit, ota-ona timsoli munosib farzand tarbiyalashning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Chunki farzandlar ilk tarbiyani oilada oladilar. Oiladagi tarbiya oilaviy hayotni kuzatish, o‘rnak olish va yaxshi o‘gitlar eshitish orqali shakllanadi. Bir so‘z bilan aytganda, farzand oilada jismonan, fikran va axloqan tarbiyalanishi, kuchli badan, sog‘lom fikr va yaxshi axloq bilan qurollantirilishi lozim. Biz ham ajdodlarimiz qadriyatlariga tayangan holda oila muqaddasligini, butunligini saqlashimiz, farzandlarimizni vatanparvar, insonparvar, yuksak e’tiqodli, odob - axloqli va albatta barkamol etib tarbiyalashga intilishimiz zarur. Yosh avlod tarbiyasida oila ma`naviyatining o`rni muhimdir.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov yoshlarni ma`naviy-ahloqiy tarbiyalashda oila, ota-ona hal qiluvchi o`rin turishga e`tibor berib shunday degan edi: “Bola tug`ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an`analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari, o`zlarining oxiratini obod etuvchi qarzlari bor. Ular: yaxshi nom qo`yish, yaxshi muallim qo`lida topshirib, savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, boshini ikki va uyli-joyli qilish”.
Oilaviy ma`naviyatni yuksaltirishga shaxs sifatida xar bir oila a`zolarining muayyan ma`naviy dunyoga ega bo`lishi ular o`rtasidagi munosabatlar asosida vujudga keladi. Oilada ota va onaning ma`naviy fazilatlari er-xotinlik munosabatlarining sharqona an`analari insoniylik va axloqiylik darajasini belgilab beradi. Oila ma`naviy olami o`zaro hurmat, qadrlash, hamkorlik, murosasozlik, mehribonlik, rahmdillik, mehr-oqibat, sabr-bardoshlilik, insonsevarlik, olijanoblik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat kabi ma`naviy qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirishi muhimdir. Bunday qadriyatlarning oilada e`zozlanishi, bunga amal qilinishi oilada shunday ma`naviy muhitni yaratadi. Bu esa o`sib kelayotgan avlod qalbi va ongi shakllanishida o`ta muhimdir. SHu asosda har bir oila a`zosining iste`dodi va salohiyati to`la ro`yobga chiqishi uchun sharoit yaratiladi. Natijada oila ma`naviyat maskani sifatida shakllanib boradi.
Mustahkam oila - ma'naviy tarbiya maskani. Maʼlumki, oila jamiyatning asosiy boʻgʻini hisoblanadi. Mustaqil mamlakatimizda oila jamiyat va davlat muhofazasida boʻlib, uning huquqiy asoslari qomusimiz Konstitutsiyamizda mustahkamlab qoʻyilgan. Yurtimizda oilaga boʻlgan eʼtiborning ustuvorligini boshqa davlatlar bilan qiyoslaganda yaqqol farqni koʻrish mumkin. Bu shubhasiz, ota-onalar va mustaqil, buyuk kelajakka intilayotgan davlatimiz zimmasiga juda katta vazifalar va masʼuliyat yuklaydi. Bu haqida fikr yuritganda Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev qayd etganidek: “Oʻzbekistonda mustaqil va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon hamjamiyatidagi munosib oʻrnimizni yanada mustahkamlashdir. Bu, avvalambor, taʼlim va maʼrifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yoʻnaltirish, barkamol shaxsni tarbiyalash bilan bogʻliq ekanini biz yaxshi anglaymiz” , deya taʼkidlagani ayni haqiqatdir. Mustaqillik yillarida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, uning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy va huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila aʼzolarining salomatligini saqlash va bilim darajasini oshirish kabi masalalarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Bugun ana shunday oliyjanob anʼanalar qaytadan mustahkam qaror topishi va rivojlanishi uchun istiqlol sharofati tufayli eng qulay sharoitlar yaratildi. Bola tarbiyalash uni voyaga yetkazish, qolaversa, uni elga, yurtga, ota-onaga foydasi tegadigan inson qilib tarbiyalash mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan farzand tarbiyasida quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishini ota-ona yaxshi bilishi foydadan holi boʻlmaydi:Birinchi bosqich-nasl tarbiyasi, yaʼni bola tarbiyasi bola tugʻilmasdan uch-toʻrt yil oldin boshlanishi kerak. Yaʼni boʻlgʻusi ota va onaning sogʻligi, farzand tarbiyasiga masʼulligini inobatga olish lozim boʻladi. Oila ilk maʼnaviy-axloqiy va gʻoyaviy tarbiya manbayi boʻlgan ekan demak bolalarni milliy gʻoya va mafkura asosida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega boʻlgan maskanga aylantirish lozim. Oʻzbek oilalarida umuminsoniy, milliy qadriyatlar va maʼnaviy-axloqiy munosabatlar qaror topgan. Oila mustahkam poydevorga qurilib, unda sharqona va jahon andozasiga mos maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar qaror topsa, sogʻlom avlodni voyaga yetkazishda yetakchi oʻrinni egallasa bunday oila ostonasidan Vatan, millat, inson kamoloti, yangi sogʻlom avlod kelajagi boshlanadi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki, oilada bolaning maʼnaviy barkamol inson boʻlib shakllanishda avvalo ota onaning maʼnaviy-maʼdaniy jihatdan yetuk kuchli tarbiyaviy bilimlarni egallagan boʻlishlari talab etiladi. Zero hayotning oʻzi buni tasdiqlab turibdi. Oila insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon, bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog`liq. Chunki, jamiyatda bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof-muhit, mol-mulkka bo`lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatini shakllanishi uchun o`rnak bo`ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o`rgatish, o`qitish, ta`kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o`rnak ko`rsatishi orqali olib boriladi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi. - Toshkent: O`zbekiston, 2014.
2. Karimov I. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish - eng oily saodatdir. - Toshkent: O`zbekiston, 2015.
3. Inomova. M. «Oilada bolalarning ma'naviy tarbiyasi». «Ўзбекистон».
4. Elektron manba: www.ziyouz.com.
Do'stlaringiz bilan baham: |