Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
— Men-a? Astag‘firulloh! Nega bunday deyapsiz? 
— «Bular suyuqoyoq edi, haydab yubormoqchiydim» degan kim, siz emasmi? 
— Men shunday debmanmi? 
— Xotirangiz yaxshi emasmi? Siz chet elning kinolarini ko‘rmaganmisiz? — Omonullo 
savolni berishga berdi-yu, javob kutmadi: — Tugmachaga joylashtirilgan magnitofonlari 
bor... Bizda shunaqasi yo‘q deb o‘ylaysizmi? 
— Degan bo‘lsam degandirman. Achomlashib yotishganda o‘ldirib ketganidan keyin 
yana nima deyishim mumkin? 
— Kim sizga «achomlashib yotishgan» dedi? 
— Hammaning og‘zida shu gap. O‘zim ko‘rmadim. Eshitganimni aytyapman. 
— Siz shu odamlarning rahbari edingiz. Nega anig‘ini so‘rab-surishtirmadingiz? 
— Menga buning nima qizig‘i bor? 
— Siz ularning suyuqoyoq ekanliklarini isbotlay olasizmi? 
— O‘rtoq tergovchi, men sizning bunday savollaringizga javob bermayman. Meni go‘l 
deb o‘ylamang. Men ham yurfakni bitirganman. Uncha-buncha narsaga aqlim yetadi. 
— Shundaymi? — Omonullo kinoya aralash jilmaydi. — Unda o‘rtoq hamkasb, siz ba’zi 
darslarga kirmay qochib yurgan ekansiz. Siz kirmagan darslarning birida «tergovchi 
ishga aloqador har qanday savolni so‘rashga haqli», — deb ta’lim berilgan. 
— Hozirgi savolingiz ishga aloqadormi? 
— Bo‘lmasam-chi? Men ularning munosabatlarini bilishim kerakmi? Uyga nima uchun 
borishgan? Balki kooperativdagi qing‘ir ishlarni yozish uchun borishgandir? Jahlingiz 
chiqmasin, bu shunchaki gumon xolos. Biz siz bilan yana uchrashamiz. Istasangiz 
advokat yollang. Advokat ishtirokida gaplashing, bu sizning huquqingiz. 
Omonullo shunday deb iziga qaytdi. Aslida «Kooperativdagi qing‘ir ishlarni fosh 
qilmoqchi bo‘lishganda o‘ldirilgan», degan gumoni zaif edi. Lekin kooperativ boshlig‘ining 
sarosimasi bu zaif gumonga quvvat berib qo‘ydi. Yon daftarchasidagi «qotil kim?» savoli 
ostiga yozilgan «Eri», «Otasi» degan javob yoniga «Boshlig‘i?» yozuvi ham paydo bo‘ldi. 
Ayniqsa, ertasi kuni boshliq nomidan advokatning kelishi uni ajablantirdi. «Oliy 
ma’lumotli yurist»dan bunaqangi harakatni kutmagan edi. «Bir balosi bor. Bo‘lmasa he 
yo‘q, be yo‘q himoyachi yollaydimi?» deb o‘ylab, «boshliq?» degan yozuv tagiga ikki 
marta chizib qo‘ydi-da, Boshqarma boshlig‘iga uchrab, kooperativning moliyaviy ahvoli 
zudlik bilan tekshiriluvi lozimligi haqidagi fikrini bayon etdi. Fikr ma’qullangach, 
ertasigayoq kooperativ muhrlanib, tekshiruv ishlari boshlandi. 
Qotillikka oid tekshiruv qamrovi kengaygani sa-yin Omonullo savollar, jumboqlar 
girdobiga bandi bo‘lib boraverdi. Girdobdan chiqa olish yoki tamoman muvaffaqiyatsizlik 
bahriga g‘arq bo‘lishi o‘zining farosatiga bog‘liq ekanini u yaxshi fahmlardi. Bu kabi 
girdob uning uchun yangilik emas. Har bir jinoyatga doir ishning o‘ziga yarasha o‘ramasi 
mavjud. Shuning barobarida cho‘kishdan asrab qoluvchi himoya chambaragi topilmasa 
ham ushlab olishga yaraydigan daraxt ildizimi yo xasmi, albatta bo‘ladi. Eng muhimi 
ularni vaqtida ko‘ra bilish, mahkam ushlab olishda. Cho‘kayotgan odam xasga 
tirmashganidek, u ham biron bir dalilga mahkam yopishadi. Hozirgi girdobda u xas 
emas, himoya chambaragini topganday edi. Nazarida uydagi qonli izlar aynan shu 
chambarakning o‘zi edi. Qolgan dalillar suv o‘rami kabi uni o‘ziga tortar, ammo u 
xaloskorlikni aynan o‘sha qonli izlarda deb o‘zini ishontirmoqchi bo‘lardi. 
Omonullo boshlig‘iga kooperativda tekshiruv o‘tkazish haqidagi fikrini bayon qilib, 
uning rizoligini olgach, yengil tortdi. U Boshliq huzuriga kirishda «siz jinoyatchini topish 
bilan shug‘ullaning, kooperativning moliyaviy ishi sizga aloqador emas», deb 
qolarmikin», degan hadikda edi. Yaxshiki jinoyatning bir uchi shu ishga borib taqalishi 
mumkinligini Boshliq ham tushundi. Omonullo shundan xursand edi. Barcha sohalardagi 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish