Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
xilof ravishda «Siz nima desangiz shu — astoydil rozi bo‘lsangiz, boraman, ko‘nglingizga 
xiralik aralashsa — qolaman», deb qo‘ydi. Omonullo nima derdi: «Qirqiga chidagan qirq 
biriga ham chidayman», deydi-da! Buning ustiga Fotima Omonullo uchun kutilmaganda 
tantanali va’da berdi: doktorlik dissertatsiyasini yoqlagach, to ilmiy ish Moskvadan 
tasdiq etilib, diplom qo‘lga tekkunicha Hasan-Husan tug‘ib beradigan bo‘ldi. Bu gapni 
xuddi «Do‘konga chiqamanu ikki quti gugurt yo tuz olib kelaman», degan tarzda aytdi. 
Omonullo esa ishondi. Uyi hasan-husanlar bilan to‘lib ketganday ko‘ngli yorishdi. To‘g‘ri, 
«Hasan-Husan emas, balki Fotima-Zuhra bo‘lar», deb ham o‘yladi. Lekin uning uchun bu 
muhim emas, muhi-mi — xotini tug‘ishga rozi! Rozi bo‘lganida ham belgilangan 
muddatdan ikki yil avvalroq tug‘ib bermoqchi. Matbuotchilarning tili bilan aytganda 
«planni muddatidan avval bajarmoqchi!» Bu katta yutuq! 
Shu paytgacha o‘ttiz yoshdan keyin, deb belgilagan muddatini astoydil himoya qilardi. 
Buni faqat o‘zining ilmiy ishlari bilan izohlamay, tibbiy jihatdan «ilmiy isbot» ham topgan 
edi. Nima emish, o‘ttiz yoshdan keyin tug‘sa, bolalari zehnli, aqlli, ham jismonan 
baquvvat bo‘larmish. Bu da’voni eshitib, Omonullo kulgan edi. «Nimaga kulasiz?» — 
degan edi Fotima. «Mening bir tanishim bor, — deb javob qaytargan edi Omonullo, — u 
tug‘ilganida otasi yigirma bir yoshda, onasi o‘n to‘qqizda bo‘lgan ekan. Men o‘sha 
tanishimni ko‘p kuzatganman: zehni past ahmoqqa o‘xshamaydi. Har-holda u salkam 
fan doktori-ya! Jismoniy jihatdan ham unchalik nozik emas...» Fotima o‘zi haqida 
aytilgan bu gapga javob berolmay, «Bu alohida masala», deb qo‘ygan edi. 
Hindistonga ketishdan o‘n kun avval Omonullo uyga yarim kechada qaytdi. Tunda 
qaytadimi yo sahardami — Fotimaning uxlamay kutishini yaxshi biladi. Fotima boshqa 
xotinlarga o‘xshab xavotir olmaydi, desak noinsoflik bo‘lar. Haqiqatga ko‘chsak, o‘lchami 
yo‘q, sig‘imi mavhum bu xavotir deganlari o‘lchansa, Fotimaniki hammanikidan ko‘proq 
chiqar. Faqat u boshqalar kabi «Erim qachon kelarkin?» (yoki «Erim kim bilan ayshini 
surib yurganiykin?») deb jag‘ini deraza tokchasiga tirab, ko‘chaga tikilib o‘tirmaydi. 
Omonullo qay paytda kelsa ham uni yozuv stoliga muk tushgancha o‘qib-yozib 
o‘tirganini ko‘radi. 
Bu safar ham shunday bo‘ldi. 
Fotima bu safar ham odatini kanda qilmadi — «qayoqlarda yuribsiz?» demadi. 
O‘rnidan turib salom bergach, oshxona tomon yurmoqchi bo‘lganida eri to‘xtatib, 
«qornim to‘q», dedi. 
— Hm, o‘g‘rilaringiz to‘ydirib yuborishdimi? — dedi Fotima o‘ziga yarashiqli kinoya 
bilan. 
Boshqa xotinlar «o‘ynashlaringiz», juda madaniy tarzda aytsa «xushtorlaringiz 
to‘ydirib yuborishdimi?» deyisharkan. Fotima esa hamisha «o‘g‘rilaringiz» deydi, bu 
so‘zni aynan aytadi, uning panasiga «o‘ynash», degan ma’noni yashirmaydi. 
— Qamashdan oldin ziyofatini yeyish kerak-da, — dedi Omonullo xotiniga javoban, 
so‘ng stol ustidagi kitobga ko‘z tashladi. — Nima o‘qiyapsan? Yana «Boburnoma»mi? 
Yuzinchi martami? 
— Ming marta o‘qishim kerak. Har o‘qiganimda bittadan ma’no topsam mingta ma’no 
topgan bo‘laman. 
— Joningga tegmaydimi? 
— O‘g‘rilaringiz sizning joningizda tegishmaydimi? 
— O‘... ularsiz yashay olmayman, — deb kuldi Omonullo. 
— Men ham bu kitobsiz yashay olmayman. 
— Mensiz-chi? 
— Gapni burmang. Siz ko‘chada hushtak chalib yuradigan oddiy milisa emassiz. Oliy 
ma’lumotli ziyoli odamsiz. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish