Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
Toshbolta ertalab uyg‘onib, bu tushidan ajablandi. U tush yo‘yishni bilmas edi. 
Harholda bu tush yaxshilikka ishora emasligiga aqli yetdi. Keyingi uyqusida xotinini yana 
ko‘rdi. Xotini juldur kiyimda emish. Keyin qaynonasi paydo bo‘ldi. U qarg‘adi, 
qarg‘ayverdi, xotini esa kuldi, kulaverdi... 
Jomadon ustida boshini changallaganicha tebranib o‘tirgan Toshbolta shularni esladi. 
Keyin... odamlar kelishdi. 
Keyin... tergovchi so‘roq qildi... 
Bularning hammasi tush kabi edi. Go‘yo hozir uyg‘onadiganday, dahshatli tush 
barham topadiganday edi. 
Tekshiruvchilar tekshiradiganlarini tekshirib bo‘lishgach (Sibiriyadan keltirgan mollari 
ham e’tibordan chetda qolmadi — xatga tushirildi), «uyni berkitib, muhrlaymiz», 
deyishdi. Qalbi muhrlangan banda uyni muhrlamoqchi bo‘lganlarga nima ham deya 
olardi? Boshini xam qilib uydan chiqdi. Qizining nomusi sotilganda egilishi lozim bo‘lgan 
bosh ajal tig‘i qo‘zg‘olgach, birato‘la egildi. 
Toshbolta uyiga anchagina mol-dunyo ko‘tarib kelishni reja qilgan edi. Bu safar 
adoqsiz alam-g‘am dunyosini yelkasiga ortmoqlab kirib keldi. Erini g‘amnok ahvolda 
ko‘rgan Adolat avvaliga ajablanib qarab turdi. Keyin uch-to‘rt qadam qo‘yib peshvoz 
chiqdi-da. «Salomaykum», deb savol muhrlangan nazarini eridan uzmay qarab turdi. 
Savol so‘ralmagan bo‘lsa ham Toshbolta bu qarashda «Ha, nima bo‘ldi, yuklaringiz 
qani?» degan ma’noni uqib g‘ijindi-da, ichida «He, saloming boshingni yesin!» — deb 
qo‘ydi. 
...Toshbolta qamoqdan chiqib qishlog‘ida uzoq yashay olmagan edi. Xuddi birov 
atayin uyushtirayotganday qaynotasiga, qaynog‘asi, qaynilariga duch kelaverdi. Ular, 
ayniqsa qaynonasi, tilda gapirmasalar ham ko‘z qarashlari bilan qarg‘ardilar. 
Traktorchilikka birga o‘qigan oshnasi cho‘ldagi yangi sovxozda brigada boshlig‘i ekan, 
onasining ziyoratiga kelganda Toshboltani uchratib, ishga taklif qildi. Tasodifni qarangki
o‘sha yili Adolat ham «qalb da’vati» va komsomol yo‘llanmasi bilan «cho‘l quvgani» 
kelgan ekan. Uning shahardagi qiliqlaridan bexabar Toshbolta jilmayib qo‘yishlariga 
xushtor bo‘lib, «o‘qituvchi xalqi yaxshi bo‘ladi», degan fikrda odam qo‘ydi. Adolat 
«qamalib chiqqan traktorchiga tegamanmi», deb nozlanib o‘tirmadi. Zero, bu yerga 
kelishdan maqsadi cho‘l quvish emas, biron laqmani topib er qilib olish edi. Unga nomi 
uchun er bo‘lsa bas edi. Shunga binoan uning maqsadi shoirlarning tili bilan aytiluvchi 
«cho‘lquvarlik» emas, balki «erquvarlik» edi. Toshbolta uylangach, «xotinimning ismi 
o‘ziga mos ekan», deb qizini olib keldi. Dastlab turmushidan rozi edi. Adolat ko‘p jihatlari 
bilan birinchi xotinidan a’loroq tuyuldi. Keyin-keyin asal oylari tugab, zahar kunlari 
boshlangach, «Agar Adolat degani shu bo‘lsa, adolatiga ming la’nat!» deb peshonasiga 
shapati urdi. «Qo‘shning yomon bo‘lsa, ko‘chib qutulasan, xotining yomon bo‘lsa qo‘yib 
qutulasan», deyishadi. Toshbolta bu maqolni birinchi kim to‘qiganini bilmaydi. Bilganida 
edi, o‘sha aytgan odam hayot bo‘lganida edi, unga tik boqib: «Bekor aytibsan! — derdi. 
Gapimga ishonmasang, ana, Adolat degan shaytonning urg‘ochisiga uylanib ko‘r-chi, 
qo‘yib qutula olarmikansan!» 
Yomon xotun shayotun qamchisidur, 
Qo‘lung bog‘laguvchi arg‘amchisidur. 
O‘shal xotunki nomahram nazardur, 
Agar u shamsu qamardur mochaxardur. 
Agar chandiki buzrukzodadur ul, 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish