Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
oshni o‘zi oshalagani bilan unga yalatib turardi. Yangi direktor Yaratganga emas
rahbarlariga shukr qiladi: har tugul oshalaganlarni olishdi-yu, yalaganlarga mar-hamat 
darvozalarini ochishdi. Ular anglashmadiki, yaloqxo‘rlarning nafsi oshalaganlardan ham 
buzuqroq bo‘ladi. Oshalagan qorni to‘ygunicha yeydi. Yaloqxo‘r esa ko‘zi to‘ygunicha. 
Ko‘zning hech qachon to‘ymasligi esa barchaga ayon. Xususan, kattalarning xizmatini 
qilib yurib fe’l-atvorlarini bilib olgan Toshboltaga ham ma’lum bu. Shu sababli qizi tilga 
olinganda uning ko‘zlarini o‘yib olgisi kelgan bo‘lsa-da, o‘z aravasini o‘zi tortib ketishga 
qurbi yetmasligini bilgani uchun o‘zini tiydi. «Yaloqxo‘r» deb yangi direktordan 
nafratlangani bilan tirjayib, unga qulluq qilib turishga majbur edi. 
Yangi direktor ham Toshboltani suymas edi. «Belida belbog‘i bo‘lsa gulday qizini 
xo‘jayinga o‘ynash qilib qo‘yarmidi», deb g‘ijinib yurardi. Bu g‘ijinish pokizalik alomati 
emas, balki rashk olovining mevasi edi. Tursunalining qilmishi haromning o‘zi bo‘lgani 
kabi buning g‘ashligi halollik emas edi. Ba’zan bu go‘zalning bir kechalik og‘ushi uchun 
dunyosini berishga rozi bo‘lib ketardi. Omadini qarangki, dunyosini bermasa ham jonon 
naqd bo‘lib qoldi. «Bu Oshbolta deganlari hozircha xizmatimni qilib yuraversin. Vaqti 
kelganda bir tepsam enasinikiga kirib ketadi» — yangi direktorning mo‘ljali shu edi. 
Bir-birlarini yomon ko‘rganlari bilan ularni nafs deb nomlangan ko‘rinmas zanjir 
mahkam bog‘lagan edi. Nafsning miqdorini o‘lchaydigan tarozi bo‘lganda ham qaysi 
biriniki buzuqroq ekanini aniqlab bera olmas edi. Nafsga bandi bandalar shu holatlarida 
bir-birlari bilan murosa qila oladilar. Pokiza hayotni afzal biluvchilar esa arzimagan 
masalalar bo‘yicha gap talashib, oqibatda ittifoq qila olmaydilar va oqibatda nafsga 
bandi bandalar yetkazgan zulmdan azob chekib noliy boshlaydilar. 
Toshbolta ham, yangi direktor ham qimorbozning «gardkam!» deyishi kabi tavakkal 
qilgan edilar. Dast-labki ittifoq ikkovlari uchun ham manfaatli edi. Ayni choqda ikkovi 
ham ajralish onlariga tayyorgarlik ko‘rardilar. Yangi direktor Toshboltaning avvalgi kabi 
sadoqat bilan ishlashiga ishonmagani sababli uning o‘rniga «o‘z odami»ni tayyorlardi. 
Toshbolta ham yangi xo‘jayin eskisi kabi marhamatli bo‘la olmasligini anglab mustaqil 
ish yuritishni, hatto boshqa yerga ko‘chib ketishni ko‘zlardi. Shu borishida Sibiriyada 
orttirgan oshnalari bilan maslahat qilib ayrim ishlarni pishitdi. Yangi direktorga 
topshiradigan puldan ko‘proq urib qolib, noyob mollar xarid qildi. Safardan ko‘ngli to‘lib, 
yaxshi niyatlar bilan kelib qizi yashaydigan uy eshigini ochdi-yu... 
Yaratgan tayyorlab qo‘ygan mukofotlardan biri — shu edi... 
Ko‘zlariga ishonmadi. Xuddi tush ko‘rayotganday bo‘ldi. Eshikni ochishi bilan 
dimog‘iga sassiq hid urilganida «Eri bilan ketgan bo‘lsa, ovqat-povqati hidlanibdi», deb 
o‘yladi. 
Keyin... avval notanish erkakning jasadini ko‘rib bir seskandi. So‘ng qizining ahvolini 
ko‘rib tanasidan jon chiqib ketganday bo‘ldi. «Qizim! Nafis!» — deb baqirmoqchi edi, 
ovozi pichirlab chiqdi. Ko‘z oldi qorong‘ilashib, hamma narsa ayqash-uyqash bo‘lib ketdi. 
Ana shu qorong‘ulik qa’ridan qaynonasining hayqirig‘i otilib chiqdi: «Seni Xudo ursin!!». 
Militsiyaga xabar qilgach, yuklarni ichkari olib kirdi-da, jomadon ustiga holsizlanib 
o‘tirdi. Boshini changallab, tebrandi. Yig‘lashi kerak edi — yig‘lay olmadi. Yig‘i ham 
Ollohning ne’mati ekan, rahm qilganiga berar ekan bu ne’matni. Yaratgan Toshboltaga 
bu onda yig‘isiz ruh azobini ravo ko‘rdi. 
Poezdda kelayotganida yuragi g‘ash edi. G‘ashlikni yoyish uchun sheriklari uzatgan 
aroqni qaytarmay ichaverdi. Ikki tun ketma-ket birinchi xotinini tushida ko‘rdi. Xotini 
ozib ketgan, eti ustixoniga yopishgan holda emish. Holsiz emish, xasta emish. «Meni 
qaraydiganim yo‘q, mehribonim yo‘q», deb yig‘lar emish. Ko‘zlaridan oqqan yosh muz 
donalariga aylanib qolarmish. Toshbolta «Seni bu yerdan olib ketaman», deb opichib 
olganmish. Xotini esa yig‘lab, yalinib «yo‘q, olib ketmang, o‘zingiz keling», der emish. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish