Adandan galib, to‘r maniki. Anasini go‘rib qizini ol



Download 14,84 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi14,84 Kb.
#584640
Bog'liq
Folklor uchun.magistrlar (2)


MAQOLLAR
Adandan galib, to‘r maniki.
Anasini go‘rib qizini ol,
Qirog‘ini go‘rib bezini ol.
Anali yetim gul yetim,
Anasiz yetim shum yetim.
Aqlsizning joni azobda.
Arman, na dasam darman.
Bargan xudoga yoqibdi.
Birovniki birova qiz go‘rinar.
Bir yaxshini qadrini bilmas, bir yomonni go‘rmayincha.
Biz galdik galin go‘rmaka,
Galin getibdi tezak termaka.
Boy bo‘lib boltang yo‘q,
Gadoy bo‘lib xaltang yo‘q.
Bolali uyda sir yotmas.
Bola aplini bir alini,
Apsizni ikki alini bog‘lar.
Bolaga ish buyur, izinnan o‘zing yugur.
Bolama sunnat ataman, elima minnat ataman.
Bolani yoshdan tut, xotinni boshdan.
Bola bo‘lsang sho‘x bo‘l,
Sho‘x bo‘lmasang yo‘q bo‘l.
Boqmaganni moli o‘ladi,
Qaramaganni xotini.
Bog‘bon o‘lsa bog‘i quriydi,
Cho‘pon o‘lsa qo‘yi harom o‘ladi.
Bu yilgi jo‘jalar bulturgi jo‘jalarga juk-juk o‘rgatar.
Bo‘ji bo‘jiga bo‘ dabdi.
Egri bo‘lsa ham, yo‘l yaxshi,
Qari bo‘lsa ham, qiz yaxshi.
El o‘g‘risiz bo‘lmas, tov bo‘risiz bo‘lmas.
Eshonim dab eshagimdan ayrildim,
Xo‘jam dab xurjunimdan ayrildim.
Eshak eshakdan qolsa, xarom o‘lar.
Eshakni yuki yungil bo‘lsa, yotasi galar.
Gap galganda, otasini oyamas.
Galinni galganda go‘r,
Sepini yoyganda go‘r.
Go‘rmaganni, go‘rgani qursin.
Har mulla bilganini o‘qidi.
Ikki gamani boshshini tutgan g‘arq bo‘lar.
Itni odini marjon qo‘yganday.
Itga sariyog‘ yarashmas.
Iyd – otliniki, to‘y – do‘nliniki.
Ish yoqmasa ish buyursang, sanga aql o‘rgatar.
Jinniga jinni dasang, o‘n paxsa oshar.
Jig‘lamagan bolaga emchak yo‘q.
Kalla ishlamasa, gavdaga azob.
Ko‘rpaga astar garak,
Odama xo‘star garak.
Ko‘r-ko‘ra jik dabdi.
Ko‘r o‘r bo‘lar.
Lo‘lini eshakini suvor, pulini ol.
Mehmon galsa eshikdan,
Rizqi galar teshikdan.
Mol egasina o‘xshamasa xarom o‘ladi.
Mezondan so‘ng yoz bo‘lmas,
Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas.
Odam olasi ichida, mol olasi sirtida.
Ona qiza bir ishton, nichik chiqamiz qishdan.
Otlini oldida, piyodani keninda getasan.
Otni yonina eshakni bog‘lasang, hidi uradi.
Ozon yorma, gech yorma
Qaytib xo‘jalarga borma.
Otasi jillini yorisi jilli,
Anasi jillini borisi jilli.
Qiz qartaysa, qozi bo‘ladi.
Qizini urmagan dizini uribdi.
Qizil yuzli yigitni, qiz singlisi bo‘lmasin.
Qizim sango aytaman, galinim san eshit.
Qovun- qovundan rang oladi.
Qozonchining haqqi bor, qaydan quloq chiqarsa.
Qozona yontoshsang,qorasi yuqar,
Yomona yontoshsang, yorasi yuqar.
Qistangan qiz ara yolchimas.
Saloma yarasha alik.
Solim-solima, tuz chidamas.
Tuyaga yantoq garak bo‘lsa, bo‘ynini cho‘zar.
To‘ya borsang do‘yib bor,
To‘y do‘ningni giyib bor.
Usti yaltiroq, deshi qaltiroq.
Uzoq bilan yovuqni yo‘rtgan bilar,
Oji bilan sujini ichgan bilar.
Usto
Download 14,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish