Adabiyot10. Rustamxon



Download 213 Kb.
bet1/13
Sana21.01.2022
Hajmi213 Kb.
#397937
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
9-sinf test




Adabiyot10.

RUSTAMXON

1. Rustamxon dostoni kim tomonidan qachon kimdan yozib olingan?

A) 1937- yil Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Hodi Zaripov tomonidan

B) 1936- yil Fozil Yo’ldosh o’g’lidan Hodi Zaripov tomonidan

C) 1937- yil Fozil Yo’ldoshdan Hodi Zaripov tomonidan

D) 1937- yil Ergash Jumanbulbul o’g’lidan Hodi Zaripov tomonidan

2. Qadim zamonda Oqtosh viloyatining xoni kim?

A)Qoraxon B)Buvraxon

C)Sultonxon D)Go’ro’g’li

3. Oqtosh viloyati xonining nechta zaifasi bor?

A)2 B)3 C)4 D)5

4. Xuroyim Sultonxonning nechanchi xotini?

A)birinchisi B)ikkinchisi

C)uchinchisi D)to’rtinchisi

5. «Dunyoda bir qo‘rqqan yomon, bir quvongan yomon» degan gap bor. Mening qariganda ko‘rgan farzandim. Men shu yerda yursam, sen bir kun tug‘ib qo‘yarsan. Men quvonganimdan yuragim yorilib o‘lib qolarman.deb qaysi qahramon kimga qarata aytgan?

A) Sultonxon Xuroyimga

B) Sultonxon Ximcha oyimga

C)Qoraxon Xuroyimga

D)Xuroyim Sultonxonga

6. Sultonxon qaysi mamlakatga safar qiladi?

A)Jurjon B)Zangar C)Susanbil D) Qurudim

7. Sultonxon qancha muddatga safar qiladi?

A)14 yil B)12 yil C)8 yil D)10 yil

8. Murt so’zi – bu ?

A)tanga B)mo’ylov C)soch D)qo’l

9. Tog‘lar-tog‘ning boshini chalgan tuman-a, Har kim yig‘lab tursa oxir zamon-a, Bo‘yimda qolgandir biror gumon-a. Bizlarga topshirsang Oqtosh yurtingni, ushbu fikrni kim aytgan?

A)Sultonxon B)Xuroyim C)Rustamxon D)Ximcha oyim

10. Sultonxon qancha mahrami bilan Qurudim mamlakatiga bordi?

A)400 ta B)500 ta C)600 ta D)700 ta

11. Huroyim homilador bo’lganda Sultonxon nega safarga otlanadi?

A)dushman bostirib kelayotgan edi

B)o’zga yurtlarni egallash niyatida

C) Chunki ko’p yillardan buyon farzand ko’rolmay yurgan edi va Huroyim farzandni dunyoga keltirsa quvonchdai1 yuragim yorilmasin deb farzandsiz edi.

D)sehrli mevani olib kelish maqsadida

12. “Bir qo’rqqan yomon, bir quvongan” deb Sultonxon qayerga safarga otlanadi?

A)Jurjon B)Zangar C)Susanbil D) Qurudim

13. Sultonxon safarga chiqqach mamlakatni kim boshqaradi?

A)To’ng’ich xotini B)Xuroyim C)Rustamxon D)Ximcha oyim

14. Mamlakatni Huroyim boshqarishi haqida fatvoni kim tasdiqlaydi?

A)qozilar B)muhrdorlar C)vazirlar D)sadrlar

15. Dostonda “tillari bulbulcha, kimki yaxshi desa shuncha, ikki yuzi ochilgan g’uncha, bellari xipcha, о’zi suluv oyimcha” deb qaysi qahramon ta’riflanadi?

A)Xuroyim B)Oftoboyim C)Gulanor D)Ximcha

16. Huroyimning kanizi kim?

A)Ximcha B)Gulanor C)Oqqiz D)Bahragul

17. Vaqti yetib dunyoga kelgan farzandga Huroyim nima deb nom qo’yadi?

A)Ravshan B)Rustam C)Hakimbek D)Kuntug’mish

18. Oqtosh viloyatida daftari mastondan necha maston bor edi?

A)100 ta B)200 ta C)300 ta D)400 ta

19. Bu mastonlarning boshlig’i kim edi?

A) Momogul maston B)Surhayl maston

C)Enaxon maston D)Xadicha maston

20. Huroyimni ko’rolmagan ikki kundosh kimga murojaat qilib, yordam So’raydi?

A) Momogul maston B)Surhayl maston

C)Enaxon maston D)Xadicha maston

21. “G’orda yotar edi, xurrakni baland tortar edi, botmon nosvoyni to’rt bo’lib otar edi, yurishturishi odamlarga xatar edi, ne er yigitlarni ikki pulga sotar edi, qayerda yomonlik bo’lsa izlar yomonlik izlab borgan odamning ishi mastondan bitar edi”. Mazkur portret qaysi qahramonga tegishli?

A) Momogul maston B)Surhayl maston

C)Enaxon maston D)Xadicha maston

22. Huroyimni yo’qotish uchun kundoshlar Momogul mastonga qancha tilla beradilar?

A)1 qop B) 2 qop C)3 qop D)4 qop

23. Momogul maston Huroyimni mamlakatdan yo’qotish uchun qanday fitna ishlatadi?

A)Huroyimni qotillikda aybladi

B)Huroyimni og’rilikda aybladi

C)Huroyimni davlat mulkini sovirishda aybladi

D) G’iybat to’la arznoma yozib, Oqtosh mamlakati fuqarolariga tasdiqlatib, safardagi Sultonxonga yetkazadi.

24. Jallodlar Huroyimni shahardan chiqarib dorga osmoqchi bо’lganlarida kim qutqaradi?

A)Rustam B)Sultonxon C)Ximcha D)Momogul

25. Qaysi doston qahramoni “Adashganing oldi yo’l” deb ketadi?

A)Ravshan B)Rustamxon C)Kuntug’mish

D)Go’ro’g’li

26. Qaysi doston qahramoni “Adashganing oldi yo’l” deb ketadi? Rustamxon 38. -Men ketgan so’ng uydan chiqib otirma, Do’st yig’latib dushmanimni kuldirma Bir yetaryetmasga sirim bildirma, Men qanday so’rasam shundayin bo’l” . Sultonxon tomonidan mazkur so’zlar kimga qarata aytilgan?

A)Rustamga B)Ximchaga C)Huroyimga D)qiziga

27. Onasini qutqargan Rustamxon yo’l yurib, qaysi tog’da qo’nim topadilar?

A)Mug’ol B) Hukumu C)Zarchaman D)Bobotog’

28. Dostonda “ajab suratli qiz, jamoli kunni xira qilguday, har kim husni ko’rsa aqli ketib otdan yiqilib qolguday”, deb ta’riflangan ma’shuqa kim?

A)Xolbeka B)Barchin C)Gulanor D)Oftoboy

29. Alifday qomating, xipcha belingdan, Menga bayon ayla o‘sgan elingdan xabar olmay hech kim sening holingdan, Bu yerlarga qanday nomard boyladi? Boylaganni menga bayon aylagin bu jumla kim tomonidan aytilgan?

A)Alpomish tomonidan Barchinga

B)Kuntug’mish tomonidan Xolbekaga

C)Ravshan tomonidan Zulhumorga

D) Rustam tomonidan Oftoboyimga

30. Oftoboyimga qarata “Ushbu damdir, o’zga damni dam dema” deb kim aytadi?

A)Rustamxon B)Sultonxon C)Momogul D)Ximcha

31. “Mard so’zidan, yo’lbars izidan qaytmadi”. Mazkur maqolni kim aytgan?

A)Rustamxon B)Sultonxon C)Momogul D)Ximcha

32. Rustamxon ajdahoni qayerda uchratadi?

A)Mug’ol B)Bobatog’ C) Charxinko’l D)Oqtosh

33. Kam xarj qolgan yerda gadoylik qildi. deya qaysi obraz aytilgan?

A)Rustam B)Sultonxon C)Oftoboy D)Huroyim

34. Rustamxon ajdahoni necha bo’lakka bo'laklab tashlaydi?

A)31 B)41 C)51 D)61

35. Ajdaho qaysi shaharni egallab olgan edi?

A)Oqtosh B)Qurudim C) Bujul D)Zangar

36. Ajdahoning zulmidan qutulgan Bujul shahri va uning shohi Rustamni podsholikka ko’taradilar. Rustam Bujul shahrida necha kun shoh bo’ladi?

A)3 B)5 C)6 D)7

37. Asar so’ngida Oqtosh viloyatiga kim shoh bo’ladi?

A)Rustam B)Sultonxon C)Huroyim D)Ximcha

38. Ovda-dovda, ko‘p yuraman dalada, Podsholik saltanat menga nima-da: 0‘z yurganim menga endi bo’ladi. Podsholiging menga ma’qul bo'lmadi. Otam tirik, so'raybersin yurtini. Cho‘l-u ko'lni kezib o‘zim yuraman, Yurishimni shohdin ziyod bilaman. Otam zo'rlamasin, ko'nglim bilar-da, Otam o'lsa, bir yo‘rig‘i bo‘lar-da, Podsholik ishlari bir og'ir yuk-da, Meni qo‘ysin, o'zi so‘rab turar-da. Besh kun unda, o'n kun bunda yuraman, Mening ko'nglim bahodirlik qilaman, Yomon topsam, jazosini beraman... Ushbu jumla qaysi obraz nutqidan olingan?

A)Rustam B)Sultonxon C)Huroyim D)Ximcha

39. Doston so’ngida ikki kundoshning taqdiri qanday yakunlandi?

A)kaltaklandi B) shahardan badarg’a qilinadi

C)qamoqqa olindi D)jarima solindi

40. Dostonda “Zolimlar dastidan yig’lagan doim” deya qaysi obraz aytiladi?

A)Ximcha B)Rustamxon C)Oftoboy D)Huroyim

41. — Dardim ko'pdir, kim biladi ishimni Qo'limdan qochirdim olg'ir qushimni. Ko‘p yurdim, yetmadi bemahal o‘lim, Qaysi bir gulshanga ketdi bulbulim. Shu ko'ylarga soldi qodir xudoyim, Xarob bo'lib qoldi u manzil-joyim, Havoga davr olib bo'z qarchig'ayim, Shu gulshanga qo‘ndimi deb so'rayin. Ushbu so’rov qaysi obraz tilidan aytilgan?

A)Rustamxon B)Sultonxon C)Alpomish D)Ravshan

42. Egilgan bo’yinni kesmaydi qilich maqoli “Rustamxon” dostonida kim tomonidan aytilgan?

A)Huroyim B)Sultonxon C)Rustamxon D)Ximcha

43. Lanqa so’zining ma’nosi nima?

A)maqtov B)ta’na C)tana D)bo’lak

44. . Oftoboyim qanday yumush bilan ko’chaga chiqqan edi va Sultonxonni uchratib qoladi?

A)meva tergani B)o’tin olib kelgani C) suv olib kelgani D)ov qilgani

45. Sultonxonni dastlab kim ko’radi va tanib qoladi?

A)Huroyim B) Rustamxon

C)Ximcha D)Oftoboy

46. Sultonxon Bahra tog’iga yetib kelganda Rustamxon qayerda edi?

A)jangda B)sayohatda C)bozorda D)ovda

47. Kim Rustamni nor kalla qo’chqor, qarchig’ay deb ta’riflaydi?

A)Sultonxon B)Huroyim C)Oftoboy D)-

48. Qirq qalandarga qo’shilgan Sultonxon nimani bahona qilib yo’lga chiqadi?

A)xazina topish B)o’zga mamlakatni bosish

C)tilanchilikni D) Ka’baga borishni, haj safarini

49. Rustamxon va Huroyim qayerda baxtli yashay boshlaydilar?

A) Bahra tog’ida B)Mug’ol tog’ida

C)Zangar tog’ida D)Jurjon tog’ida

50. Qahramonlaming sarguzashtlarini, o’zaro munosabatlari va kechinmalarini keng ko’lamda tasvirlovchi yirik hajmli she’riy asar?

A)qissa B)roman C)doston D)Drama

51. sen bu kun sinfda shod yurak bilan Sinov navbatini kutib turasan. A’lo mamlakatning a’lo farzandi, Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.

Misralar muallifini aniqlang.

A)Fitrat B)G’ulom C)Cho’lpon D)Qodiriy

52. «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din xo‘broqdur».

Misralar muallifini aniqlang.

A)Navoiy B)Bobur C)Lutfiy D)Zavqiy

53. Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q .Ushbu hikmat Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A)Mahbub ul qulub B)Hayrat ul abror

C)Lisson ut tayr D) Nazm ul-javohir

54. «Haq berilmas, olinur» Hikmat muallifi berilgan javobni aniqlang.

A)A.Qodiriy B)Munavvarqori Abdurashidxonov

C)Cho’lpon D) Mahmudxo‘ja Behbudiy

55. Abdulla Qodiriyning gapi berilgan qatorni toping.

A) «Haq berilmas, olinur»

B) Har kimsadaki bo‘lsa qanoat, g‘am yo‘q

C) «Qone’ (qanoatli) darveshning quruq noni tome’ (ta’magir, birovning narsasiga ko‘z tikuvchi) shohning xitoyi xoni (dasturxoni)din xo‘broqdur».

D) «So‘z so‘zlashda va ulardan jumla tuzishda uzoq andisha kerak»

56. «Chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashashi, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurasha olishi mumkin» deb ta’kidlagan shaxsni toping.

A)Sh.Mirziyoyev B)I.Karimov

C)Qodiriy D)Cho’lpon

57. Qaysi biri ishqiy-sarguzasht doston emas?

A)Alpomish B)Rustamxon

C)Ravshan D)Go’ro’g’li



Download 213 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish