Z.M.Bobur
194.Zahiriddin Muhammad Bobur qaysi shaharda tug’ilgan?
A)Samarqand B)Kobul
C)Andijon D)Dehli
195. Boburning otasi berilgan javobni belgilang.
A)Umarshayx mirzo B)Mironshoh mirzo
C)Abu Said mirzo D)Jahongir mirzo
196.Bobur Xoja Ubaydullohning qaysi asarini tarjima qilgan?
A)Ravzat us safo B)Badoye ul bidoya
C)Tarixi alba ulus D)Risolayi volidiya
197.Boburning musulmon axloqiga oid asari qaysi?
A) Mubayyin B) Risolayi volidiya
C) Xatti Boburiy D)Boburnoma
198.Xato hukmni aniqlang.
A) Andijon shahrida Bobur nomida universitet, teatr, kutubxona, milliy bog‘ («Bog‘i Bobur») bor
B) Bobur milliy bog‘i majmuasida «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi, shoirning ramziy qabr-maqbarasi bunyod etilgan.
C) Andijondagi markaziy ko‘chalardan biriga, shuningdek, Toshkentdagi istirohat bog‘i va ko‘chaga, Andijon viloyati, Xonobod shahridagi istirohat bog‘iga Bobur nomi berildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Bobur nomidagi medali ta’sis etildi
D) Uning mustaqil siyosiy faoliyati juda erta – otasi Umarshayx mirzoning kutilmaganda vafot etishi munosabati bilan boshlandi. O‘shanda u bor-yo‘g‘i 14 yoshda edi
199. «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi qaysi shaharda joylashgan?
A)Andijon B)Toshkent
C)Buxoro D)Samarqand
200. Xalqaro Bobur jamg‘armasi ilmiy ekspeditsiyasi nechta davlatga safarlar uyushtirdi?
A) 20 B)10 C)30 D)40
201. Xalqaro Bobur jamg‘armasining qayerlarda bo’limlari mavjud?
1. Lohur (Pokiston), 2.Haydarobod (Hindiston), 3.Abu Dabi (BAA), 4.Moskva (RF), 5.O‘sh (Qirg‘iziston), 6.Toshkent, 7.Namangan,8.Samarqand 9.Buxoro
A)1.2.3.8.9 B)2.4.6.7
C)1.2.4.5.6.9 D 1.2.3.4.5.6.7
202. «U turli go‘zal fazilatlar, maqtovga loyiq sifatlarga ega podshoh edi. Barcha sifatlari ichida shijoat va muruvvatpeshaligi ustun kelar edi». Bobur haqidagi ushbu fikrlar manbasini aniqlang.
A) «Tarixi Rashidiy» B) Hasanxo‘ja Nisoriy
C) Javoharla’l Neru D) Monstyuart Elfinston
203. «Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan bo‘lsa-da, u o‘z saltanatining sultoni, buyuk imperatori darajasiga ko‘tarildi. O‘z mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib, uni mohirlik bilan idora qildi. Bu o‘lkani 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi». Bobur haqidagi ushbu fikrlar manbasini aniqlang.
A) Javoharla’l Neru B) Rumer Goden
C) Monstyuart Elfinston D) Pirimqul Qodirov
204. «Bobur mirzo so‘z bilan jonli tasvir yaratish mahoratini mukammal egallagan adib edi. Buni o‘zi ham sezardi. Bobur haqidagi ushbu fikrlar manbasini aniqlang.
A) Javoharla’l Neru B) Rumer Goden
C) Monstyuart Elfinston D) Pirimqul Qodirov
205. «Vaqoyi’» asari qaysi asarning dastlabki nomi?
A) «Tarixi Rashidiy» B) «Boburnoma»
C)Mubayyin D)Ravzat us safo
206. Muharram oyi o‘zbakni daf qilish maqsadida Xurosonga qaysi yo’l orqali borishadi?
A) G‘urband va Shibartu B) Ushtur va Dandonshikan
C) Bomiyon va Balx D)Kobul va Shibartu
207. Balxda qo’r’g’onbegi kim edi?
A) Sulton Qulichoq B) Jahongir mirzo
C)Sulton Muhammad D) Sayyid Afzal
208. Ko‘hi Sof yaylovi nima ko’p bo’ladi?
A)bo’ri B)kiyik
C)laylak D)qovun
209. Bobur bir yoqdan u yerlardagi aymoq va turklarga soliq solib,qancha kepaki oladi?
A)yuz tuman B)ikki yuz tuman
C)uch yuz tuman D)to’rt yuz tuman
210. Zunnunbekning kishilari Qayerlarni yengib, ko’p o’zbeklarni o’ldiradi?
A)Balx,Piskent B) Pandi, Dah va Marvchoqda
C)O’sh,Choch D)Qarshi,Shahrisabz
211. T u m a n qancha miqdorga teng?
A)10 ming B)20 ming
C)100 ming D)30 ming
212. Badiuzzamon mirzo, Muzaffar mirzo, Muhammad Burunduq barlos, Zunnun arg‘un o‘g‘li Shohbek Balxda Sul-ton Qulichoqni qamal qilgan Shayboniyxonning ustiga yurish maqsadida Sulton Husayn mirzoning barcha o‘g‘illariga kishilar yuborib chaqirtirdilar. Ushbu harakat bilan Hirotdan ham chiqdilar. Ular Bodg‘isga yetganlarida, Childuxtaronda Abulmuhsin mirzo Marvdan kelib qo‘shildi. Undan so‘ng Ibn Husayn mirzo ham To‘n va Qoyindan kelib qo’shildi. Kepak mirzo o’sha mahal qayerda edi?
A)Balxda B)Andijonda
C) Mashhadda D)Axsida
213.Kimga Bir necha marta kishilar yuborsalarda, noma’qul so‘zlar aytib, nomardlik qilib jangga kelmaydi?
A) Abulmuhsin mirzo B) Muhammad Burunduq barlos
C) Zunnun arg‘un D) Kepak mirzo
214. Hakimlar ikkinchi umr deb nimani aytishgan?
A) Ismning yodga olinishini
B)Uylanishni
C)Farzandli bo’lishni
D)Taxtni egallashni
215. 1 kuro‘x qancha masofaga teng?
A)1 km ga yaqin B)2 km ga yaqin
C)3 km ga yaqin D)4 km ga yaqin
216. Muzaffar mirzo bilan Bobur qanday holatda so’rashdi?
A)ot ustida B)otdan tushib
C)ko’ngli to’lmay D) barchasi xato
217.Quyigadilardan nechtasi bilan Bobur ottan tushmasdan ko’rishadi?
Abulmuhsin mirzo, Muzaffar mirzo, Husayn mirzo, Badiuzzamon mirzo
A)2 B)3 C)4 D)1
218. Quyigadilardan nechtasi bilan Bobur ottan TUSHIB ko’rishadi?
Abulmuhsin mirzo, Muzaffar mirzo, Husayn mirzo, Badiuzzamon mirzo
A)2 B)3 C)4 D)1
219. Odam behad ko‘p to‘plangan, shunchalik to‘polon ediki, tiqilinchda ba’zi kishining uch-to‘rt qadam yo‘lda oyog‘i yerga tegmas edi. Ba’zi birov ish-kuch uchun qaytmoqni xayol qilsa, beixtiyor to‘rtbesh qadam ortga surib borishar edi. Ushbu tasvir kimning uyi ?
A) Abulmuhsin mirzo B) Badiuzzamon mirzo
C) Husayn mirzo D) Muzaffar mirzo
220.Boburning xayrixohi, nomusi kim edi?
A)Onasi B)Qosimbek
C) Muhammad Burunduq D)Gulbadanbegim
221. «Garchi yoshim kichik bo‘lsa-da, martabam ulug‘dir. Ota taxti, Samarqandni, ikki bora jang bilan olib o‘tiribman. Bu xonadon uchun yot-dushman bo‘lganlar bilan qancha jang-u jadal qilganman, shu bois mening ta’zimimda bo‘lmaslik asossizdir» Jumlalar kimning tilidan aytilgan?
A) Badiuzzamon mirzo B)Husayn
C)Bobur D)Shayboniyxon
222. Muzaffar mirzoning bazmida kim ICHIB olib raqsga tushadi?
A)Bobur B) Mir Badr
C)Badiuzzamon D) Muzaffar mirzo
223. Chechaktu yerlarini talon-toroj qilgan shaxsni aniqlang.
A) Haqnazar chapani B)Badiuzammon
C)Bobur Mirzo D)Ahmad tanbal
224. To‘polonchi va janjalkashlar makoni qayer edi?
A)Andijon va Axsi B) Kobul va G‘azni
C)Samarqand va Buxoro D)Qarshi va Shahrisabz
225. Badiuzzamon mirzo va Muzaffar mirzo Hirotga jo‘nab ketdilar. Ikki-uch kun keyinroq Childuxtaron va Toshrabot yo‘li bilan Bobur ham Hirotga yo‘l oldi. Abulmuhsin mirzo qayerga yo’l olganligi aniqlang.
A)Marvga B)Hirotga
C)Andijonga D)Kobulga
226.Bobur quyigadilardan nechtasi bilan ta’zim qilib ko’rishgan?
Poyanda Sultonbegim, Xadichabegim, Ofoqbegim, Sulton Abusaid
A)1 B)2 C)3 D)4
227. Sulton Husayn mirzoning madrasasida KIMNING nomidan osh tortildi?
A) Poyanda Sultonbegim
B) Xadichabegim
C) Ofoqbegim
D) Sulton Abusaid
228. Ikki qavatlik. Lekin yoqimli imoratdir. Yuqorigi qavatiga ko‘p bezak beribdilar. To‘rt burchagida to‘rt hujrasi bor. Bu to‘rt hujraga olib kiradigan uy istirohat xonasidir. Bir uydirki, hujralarning oralig‘i to‘rt shahnishin 2 yo‘sinlik edi.Ushbu ta’rif qayerning ta’rifi?
A)Badiuzammonning uyi B) Tarabxona
C)Bog’I Dilkusho D) Poyanda Sultonbegimning uyi
229.Boburni o’zidan yuqoriga o’tqazgan obrazni aniqlang.
A)Badiuzzamon B)Sulton Ali
C)Muzaffar mirzo D)Poyanda Sultonbegim
230.Bobur kimning sharofati bilan taqvodor bo’lgan?
A)otasining B)onasining
C) Xoja Qozining D)ukasi Jahongirning
231. Jahongir mirzoning bir xonandasi bor edi.Samarqandlik edi. Qo‘shiqni baland, qo‘pol va notekis aytardi. U kim edi?
A) Hofiz hoji B) Jaloliddin Mahmud
C) G‘ulom Shodiy D) Mirjon
232. Muzaffar mirzo Boburga nimalar hadya qildi?
A) bir kamar shamshir, bir qo‘zi po‘stin, bir bo‘z toychoq
B) bir kamar shamshir, ikki qo‘zi po‘stin, bir bo‘z toychoq
C) bir kamar shamshir, ikki qo‘zi po‘stin, ikki bo‘z toychoq
D) ikki kamar shamshir, bir qo‘zi po‘stin, bir bo‘z toychoq
233.Bobur Hirotda necha kun bo’ldi?
A)10 kun B)14 kun
C)18 kun D)20 kun
234. Hirotda Boburga kim yo’l boshlovchilik qildi?
A) Jaloliddin Mahmud B) Yusuf Ali
C) Muzaffar mirzo D)Qosimbek
235.Boburning Hirotda ko’rmagan joyi qolmagan emish. Toping-chi! Bobur qayerda bo’lmadi?
A) Gozurgoh B) Juvozi Kog‘az
C) Taxti Ostona D)barchasida bo’lgan
236. Boburning Hirotda ko’rmagan joyi qolmagan emish. Toping-chi! Bobur qayerda bo’lmadi?
A) Kahdiston B) Bog‘i Nazargoh
C) Taxti Bargar D)barchasida bo’lgan
237. Boburning Hirotda ko’rmagan joyi qolmagan emish. Toping-chi! Bobur qayerda bo’lmadi?
A) Taxti Hojibek B) Shayx Bahovuddin Umar
C) Jomiyning mozoroti D)barchasida bo’lgan
238. Boburning Hirotda ko’rmagan joyi qolmagan emish. Toping-chi! Bobur qayerda bo’lmadi?
A) Bog‘i Zubayda B) Tarabxona
C) Bog‘i Jahonoro D)barchasida bo’lgan
239. Boburning Hirotda ko’rmagan joyi qolmagan emish. Toping-chi! Bobur qayerda bo’lmadi?
A) Savsaniyxona B) Muqavviyxona
C)barchasida bo’lgan D) Duvozdah bur
240.Qaysi birini Abusaid mirzo qurdirgan?
A) Oqsaroy B) Masjidi Jomeni
C) Bog‘i Zog‘on D) Bog‘i Nav
241. Qaysi birini Abusaid mirzo qurdirgan?
A) Taxti Bargar B) Sufayi Tirandozon
C) Shayx Zayniddin D) Taxti Navoiy
242. Sufayi Tirandozon Ma’nosi berilgan javob qaysi?
A)kamon otuvchilar
B) o‘q otuvchilar supasi
C)tax vorislari supasi
D)g’alaba qilichi
243.Qaysi biri hammom?
A) Xalosiya B) Unsiya
C) Tarabxona D) Qudsiya
244. Qaysi biri maqbara
A) Xalosiya B) Unsiya
C) Tarabxona D) Qudsiya
245. Alisherbekning yashaydigan uylarini aniqlang.
A) Xalosiya B) Unsiya
C) Tarabxona D) Qudsiya
246. Alisherbekning shifoxonasi berilgan javobni toping.
A) Safoiya B) Unsiya
C) Xalosiya D) Qudsiya
247. Alisherbekning shifoxonasi berilgan javobni toping.
A)Shifoiya B) Unsiya
C) Xalosiya D) Qudsiya
248.Bobur uni ko’rishi bilan ishqi tushib qoldi. Maxfiy kishilar borib akam va yangam bilan so‘zlashib, shunga kelishildiki, yanga mening ortimdan qizini olib Kobulga boradigan bo‘ldi. O’sha qiz kim edi?
A) Ma’suma Sultonbegim
B) Poyanda Sultonbegimni
C) Ofoqbegim
D) Hadichabegim
249.Bobur kimni ‘aka ‘ deb chaqirar edi?
A) Ofoqbegim B) Poyanda Sultonbegimni
C)Qosimbekni D)Alisherbekni
250.Ushbu ta’rif kim haqida:
Uyida yig‘insiz va suhbatsiz o‘tirmasdi, ancha saxovatli edi. Ajab kifoyatli va himmatli, zarofat va latofati go‘zal, munosabat va suhbati shirin, xushxulq, so‘zamol va hazilkash kishi edi. Aybi shu ediki, o‘ta fosiq va mazhabida biroz chetga og‘ish bor ekan. Biroz ikkiyuzlamachi edi.
A)Muhib Ali B) Angu Shayx
C) Saydim Ali D) Jahongir mirzo
251.Quyidagilardan qaysi biri Shohbek va Badiuzzamon o’rtasiga nifoq solgan?
A)Muhib Ali B) Angu Shayx
C) Saydim Ali D) Jahongir mirzo
252. Chaxcharon yerlari KIMga tegishli bo’lgan?
A) Saydim Ali B) Zunnunbek
C) Jahongir mirzo D) Angu Shayx
253. Mirakjon Irdi kimning nomidan Chaxcharon yerlarini boshqarar edi?
A) Saydim Ali B) Zunnunbek
C) Jahongir mirzo D) Angu Shayx
254.Boburga Kobulga borishda kim yo’l boshlovchilik qildi dastlab?
A)Qosimbek B)Zunnunbek
C)Saydim Ali D) Pir Sulton peshoyi
255. Charxning men ko‘rmagan javr-u jafosi qoldimu? Xasta ko‘nglim chekmagan dard-u balosi qoldimu? Bobur ushbu misrani qanday holatda yozgan?
A)sevgidan qiynalganda B)yo’l topa olmay qiynalganda
C)vatandan ketganda D)vatanni sog’inganda
256. Tangriberdi va Qanbar Alining otasini aniqlang.
A)Qosimbek B)Zunnunbek
C)Saydim Ali D) Pir Sulton peshoyi
257. «Do‘stlar bilan birga bo‘lgan o‘lim to‘ydir» Ushbu maqol qaysi xalqqa tegishli?
A)fors B)arab
C)arman D)turk
258.Quyidagilarning nechtasini oyog’ini sovuq uradi?
Bobur,Kepak, Suyunduk Axiy
A)1 tasini B)2 tasini
C)3 tasini D)4 tasini
259.Bobur va uning hamrohlari qayerga yetishganda Issiq uylar, semiz qo‘ylar, otga o‘t va pichan benihoya, o‘t yoqmoqqa o‘tin va tezak behad hisobsiz edi ?
A) Yakka O‘lang B) Ko‘tali Zarrin
C) Havoli Qutiy D) Langari Mirg‘iyos
260. Bobur va uning hamrohlari qayerda umr bo‘yi muncha sovuqni ko‘rmagan joyda bo’lishdi?
A) Ko‘tali Zarrin B) Zimma Yaxshi bilan Manor orasida
C) Havoli Qutiy va Langari Mirg‘iyos orasida
D) Yakka O‘lang va Manor orasida
261.Bobur Ningnahor tumanini kimga inom qilgan edi?
A)Qosimbekka B)Zunnunga
C) Sulton Sanjar D) Muhammad Husayn
262. ‘ko‘hbur’ so’zining ma’nosini toping.
A)qilichboz B)kamonboz
C)nayzaboz D) tog‘kesar
263.Bobur kimga Kobulning a’lo yerlaridan Pamg‘onni hadya etadi?
A) Sulton Sanjarga B)Shohbegimga
C) Mirzoxonga D)Muhammad Aliga
264. Bobur kimga Lamg‘on tumanlaridan Mandirovar tumanini berdi ?
A) Sulton Sanjarga B)Shohbegimga
C) Mirzoxonga D) Sulton Saidxon
265.Bobur kechirgan,ammo Shayboniyxon o’ldirib yuborgan obrazni aniqlang.
A) Muhammad Husayn B) Shohbegim
C) Mirzoxon D) Sulton Saidxon
266. Boron, Choshtuba va Gulbahor tog‘ etaklarida lolaning necha xili uchraydi?
A)30 B)32 C)33 D)34
267.Qaysi biri Boburning qayig’i emas?
A) «Osoyish» B) «Oroyish»
C) «Gunjoyish» D)barchasi Bobur qayiqlari
268. Boburning Hindistondagi eng kuchli raqibi kim?
A) Raana Sangaa B) Raval Uday Sing
C) Hasanxon Mevatiy D) Jarmal Param Dev
269.Boburning qaysi dushmanida o‘ttiz ming otliqqa yetadigan yer va suv bor edi?
A) Salohiddin B) Raval Uday Sing
C) Hasanxon Mevatiy D) Jarmal Param Dev
270. Boburning qaysi dushmanida olti ming otliqqa yetadigan yer-suvi bor edi.
A) Salohiddin B) Raval Uday Sing
C) Hasanxon Mevatiy D) Satraviy Keychiyning
271. Dushmanning kelishini sezib, o‘z qarorimizni qabul qilib, askarlarni shunday safladik. Markazning o‘ng qanotiga KIMlar qo’yildi?
A) sulton Bahovuddin Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Alovuddin, Shayx Zayn Xavofiy, Nizomiddin Ali xalifaning o‘g‘li Amir Muhib Ali, Qo‘chbekning ukasi Turdibek, Qo‘chbekning o‘g‘li Sherafgan hamda Oroyishxon, Xoja Husayn va boshqa
B) Chin Temur Sulton, Mirzo Sulaymon, Xoja Do‘st Hovand, Yunus Ali, Shoh Mansur barlos, Darvesh Muhammad sorbon, Abdullo kitobdor va Do‘st eshikog‘a
C) podshoh huzuridagi xos otliq askarlar qo‘yildi
D) sulton Bahovuddin Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Alovuddin, Mirzo Sulaymon, Xoja Do‘st Hovand, Yunus Ali, Shoh Mansur barlos
272.Boburning o’zi qaysi tomonda bo’ldi?
A)markaz B)o’ng C)chap D)markazorti
273.Bobur kimlarni Chap qanotning o‘ng qo‘li belgisi qilib tayinladi?
A) sulton Bahovuddin Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Alovuddin, Shayx Zayn Xavofiy, Nizomiddin Ali xalifaning o‘g‘li Amir Muhib Ali, Qo‘chbekning ukasi Turdibek, Qo‘chbekning o‘g‘li Sherafgan hamda Oroyishxon, Xoja Husayn va boshqa
B) Chin Temur Sulton, Mirzo Sulaymon, Xoja Do‘st Hovand, Yunus Ali, Shoh Mansur barlos, Darvesh Muhammad sorbon, Abdullo kitobdor va Do‘st eshikog‘a
C) Mahdiy Xoja, Muhammad Sulton mirzo, Mahdiy Sultonning o‘g‘li Odil Sulton, Abdulaziz miroxo‘r va Muhammad jangjang, Qutluqqadam qarovul, Shoh Husayn Yorakiy, Jonibek atka va Hinduston amirlaridan Sulton Alovuddinning o‘g‘illari Jalolxon va Kamolxon hamda Alixon, Shayxzoda Farmuliy, Nizomxon Bayana, Mo‘min atka, Rustam turkman saroydagi xos amaldorlari bilan, boshqa bahodirlar
D) sulton Bahovuddin Bahlul Lo‘diyning o‘g‘li Alovuddin, Mirzo Sulaymon, Xoja Do‘st Hovand, Yunus Ali, Shoh Mansur barlos
274. R a ’ d a n d o z kim?
A)oshpaz
B)kamonchi
C)olov otadigan qurolni boshqaruvchi
D)yoyandoz
275.Bobur qaysi lashkarboshi sharafiga g’alaba nomini beradI?
A) Chin Temur Sulton
B) Sulton Muhammad baxshi
C) Malik Qosim Bobo
D) Xisrav ko‘kaldosh
276. kun (sutka)ning sakkizdan biri NIMA deb ataladi?
A) R a ’ d a n d o z
B) P o s
C) K a r o‘ r
D) J i b a
277. metalldan to‘qib yasalgan qadimgi urush kiyimi, jeva, sovut nima deyilgan?
A) R a ’ d a n d o z
B) P o s
C) K a r o‘ r
D) J i b a
278. K e j i m so’zi izohi berilgan javobni toping.
A) metalldan to‘qib yasalgan qadimgi urush kiyimi, jeva, sovut
B) yuz ming.
C) bir million.
D) urush vaqtida otga kiydiriladigan o‘q o‘tmas maxsus sovut
279.Boburning Raana Sangaaning ustidan qozongan g’alabasiga qanday nom berilgan?
A) podshohi islom B) podshohi turkiy
C) podshohi Kobul D) podshohi ahli
280. Chorshanba kuni Bobur qayerni zabd etadi?
A) Chanderiy B) Ogra
C) Fathpur D) Bariy
281. Mediniy Rav QAYERning hokimi edi?
A) Chanderiy B) Ogra
C) Fathpur D) Bariy
282.Boburga yoqmagan ismni toping.
A)Qosim B) Al’amon
C)A’log’il D)Tanbal
283. Nusratshoh Qayerning vorisi bo’lgan?
A) Bangola B)Kobul
C) Bajpo‘r D) Bahat
284. «Humoyun bud vorisi mulki vay ushbu jumla muallifi kim?
A)Bobur B) Mavlono Shihob Muammoyi
C) Xoja Ahror D)Sulton Ali
285. «Boburiya»ni forschaga o’girish kimga topshiriladi?
A) Mirzoxon B) Xoja Ahror
C) Sulton Ali D) Qanbar Alibek
286. «Mufassal» asari nima haqida?
A) aruz va qofiya
B) musiqa
C) jang
D) shohlar
287.Boburning nechta farzandi bor edi?
A)5 B)6 C)7 D)8
288. Boburning nechta qizi bore di?
A)1 B)2 C)3 D)4
289. Boburning nechta o’g’li bore di?
A)1 B)2 C)3 D)4
290.Qaysi biri Boburning qizi emas?
A) Gulchehrabegim
B) Gulrangbegim
C) Gulbadanbegim
D) Gulchiroybegim
290. Qaysi biri Boburning o’g’li emas?
A) Muhammad Humoyun
B) Mirzo Komron
C) Mirzo Askariy
D) Mirzo Qosim
291.Bobur kimni xushtab’ kishi edi, she’rni ham yaxshi aytardi.Deb ta’rif etadi?
A) Abulvohid Forig‘iy
B) Shayx Zayn Xavofiy
C) Abulbaqo
D) Zayniddin Xavofiy
292. Bobur kimni ilmi hikmat bobida tengi yo‘q deb ta’riflaydi?
A) Abulvohid Forig‘iy
B) Shayx Zayn Xavofiy
C) Abulbaqo
D) Zayniddin Xavofiy
293. Bobur kimni sadr bo‘lib, juda o‘tkir tab’i bor edi, nazm va inshoda zavqi baland edi, Humoyun podshoh zamonida amirlik ham qildi. Deb ta’riflaydi?
A) Shayx Zayn
B) Abulvohid Forig‘iy
C) Abulbaqo
D) Zayniddin Xavofiy
294.«Faqiriy» taxallusini olgan SHAXSni toping.
A) Shihob Muammoyi
B) Abulbaqo
C) Sulton Muhammad ko‘sa
D) Zayniddin Xavofiy
295.Boburning aytishicha, tomirdan ko‘rish va tashxis qo‘yish kimning ishi edi?
A) Zayniddin Xavofiy
B) Mavlono Yusufiy
C) Abulvohid Forig‘iy
D) Shayx Zayn
296.Boburnoma haqidagi qaysi fikr xato?
A) «Boburnoma» – o‘zbek nasrining go‘zal namunasi
B) Asarda tarixning Bobur yashab o‘tgan davri voqelari ifodalangan.
C) «Boburnoma»dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo‘nda, ta’sirchan, eng muhimi, hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e’tiborlidir
D) Bobur o‘z onasi haqida shunday yozadi: «hanafiy mazhabliq, pokiza e’tiqodliq kishi edi... Ravon savodi bor edi
297.Boburning otasi Umarshayx Mirzo asosan qaysi kitobni mutolaa qilar edi?
A)Qur’on B)Qissasi Rabg’uziy
C)Shohnoma D)Hidoya
298. Bobur kimni tab’i nazmi bor edi, devon tartib qilib edi, vale she’ri bisyor sust va bemaza edi. Deb ta’riflaydi?
A) Hasan Ya’qub
B) Shayx Zayn
C) Zayniddin Xavofiy
D) Mirzo Komron
299.Bobur o’z Boburnomasida kotiblardan kimni tilga oladi?
A) Kamoliddin Behzod
B) Shoh Muzaffar,
C) Shohquli G‘ijjakiy
D) Sulton Ali Mashhadiy
300.Berilganlardan qaysi biri musiqachi emas?
A) Shohquli G‘ijjakiy
B) Shoh Muzaffar
C) Muhammad Udiy
D) Shayxi Noyiy
301.Boburnomada necha yillik voqealar gavdalangan?
A) 30 B)40 C)50 D)60
302. Dashti Shayxda LOLAning necha turi uchraydi?
A)30 B)31 C)32 D)33
Do'stlaringiz bilan baham: |