GULISTON TUMANI 13-UMUMTA’LIM MAKTABIDA
2020-YIL 25-YANVAR KUNI 7-8-9-SINFLAR O’RTASIDA BO’LIB O’TADIGAN “ZAKOVAT” BELLASHUVIGA TUZILGAN SAVOLLAR:
1-savol: Xorazmshoh Sulton Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad nima sababdan Manguberdi deb atalgan?
Javob: Jaloliddin burnida xoli (mank) bo‘lgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda o‘zgarib “Manguberdi” nomi bilan mashhur bo‘lib ketgan.
2-savol: Zamonaviy inglizlar uni 4-3-2-1 futbol sxemasiga o’xshatishadi. Haqiqatan ham shakli juda o’xshash. U Angliyaga birinchi marta 1884-yilda kirib kelgan. Bu narsaning nomi nima? Undan bizning yurtda ham juda foydalanadi Javob: Archa.
3-savol: (Zakovat sandiqchasida o’ynaladi). U narsa ko’p xato qiladi. Chunki, uning ishongan tomoni bor. Yaponlarning maqolida “U qilgan xatosini tuzatish uchun o’zi bilan ustasini ham olib yuradi”, deb aniq aytilgan. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Qalam va o’chirg’ich.
4-savol: Agar biz choydan uni olib qo’ysak, hosil bo’lganini odatda kechqurun ko’ra olamiz. Agar uni elakka qo’shib qo’ysak, unda yana bir ro’zg’or buyumini hosil qilgan bo’lamiz? Savol, bu erda nima nazarda tutildi? Javob: “Ch” harfi. Choy-oy, elak-chelak.
5-savol: Amir Temur kimga qarshi kurashib Yevropa xaloskori degan unvonga ega bo’ldi? Javob: Turkiya sultoni Boyazid Yildirimga.
6-savol: Shifokorlarning bir “xato”si tufayli har yili 7000 ga yaqin inson hayotdan ko’z yumadi. Shifokorlar bu ishni o’zlari mutlaqo bilmagan holda qilishadi. Ya’ni buni ular xato deb ham hisoblashmaydi. Bu “xato” deyarli 100% shifokorlarda kuzatiladi. Lekin umuman ahamiyat berilmaydi.
Diqqat savol: Bu holat barcha turdagi shifokorlarda birdek kuzatilishini inobatga olgan holda ayting-chi, bu aynan qanday xato?
Javob: Shifokorlarning tushunarsiz yozuvi tufayli
7-savol: Bizga ma’lumki,Zahiriddin Muhammad Bobur temuriylar sulolasidan edi. Jaloliddinchi? U qaysi suloladan?
Javob: Anushteginiylar sulolasidan.
8-savol: Benjamin Franklinning fikricha, unga sarflangan mablag’ eng foydali xarajatdir? U nimani nazarda tutgan? Javob: Ilmga sarflangan
mablag’.
9-savol: 2 ta topishmoqqa bir so’z bilan javob bering? 1. Shunday mashina borki, to’xtamay ishlar. 2. U bir umr qafasda yashar. U nima? Javob: Yurak.
10-savol: Bular qadimgi Bobilda 6 ta, Misrda 10 ta, mayya qabilalarida 5 ta, bizda esa 7 ta bo’lsa, ko’pchilik uning ettinchisini ko’proq yaxshi ko’rishadi. Bular nima?
Javob: Xafta kunlari. Yettinchisi Yakshanba.
11-savol: (Zakovat sandiqchasida o’ynaladi). Angliya qirollari dafn ettirilganda uning yonida 4 ta narsa bo’ladi: qilich, uzuk, qirollik muhrasi va … To’rtinchi narsani sizlar topasiz? Javob: Kitob.
12-savol: Bu tarixiy shaxsni ko’pchiligimiz yaxshi taniymiz. U hayotida bir marta jangda mag’lub bo’ladi. Mag’lubiyat sababi uning sotqin sherigi bilan bog’liq. Mag’lubiyatiga yana bir kichik sabab, tabiat hodisasi ham halaqit qilgan. Shuning uchun ham jang nomi shu hodisa tufayli yuzaga kelgan. Savol: Bu shaxs kim va qaysi jang nazarda tutildi?
Javob: Amir Temur, “Loy jangi”
13-savol. Yapon she’riyatidan: Ilgari men qorni qish kunlari ertalabdan ko’rardim. Endi esa har kuni uni bir narsada ko’raman. Savol: shoir qorni qaerda ko’radi? Javob: Ko’zguda. Sochining oqarganini ko’radi.
14-savol: Uilyam Shekspir “Ayol latofatini 3 narsa yo’qqa chiqaradi”, deb aytib o’tgan. “1. Qaysarlik. 2. Asabiylik. 3. ...” Savol, uchinchisida nimani nazarda tutgan?
Javob: Baland ovoz, baqiroqlik.
15-savol: Bu narsani har kuni biz muntazam iste’mol qilamiz. Bu sog’lom turmush tarzining bir qismi. Xitoyda uning har xil sabzavot, meva, ziravorlar, hatto baliq va bekon kolbasa tamlilarini uchratishimiz mumkin. Savol u nima?
Javob: Tish pastasi.
16-savol. Temuriylar davrida Samarqand bozorlarida osiyoiy, zargaron, sedana payvand kabi turlari bilan mashhur qanday mahsulot sotilgan?
Javob: Non.
Sirdaryo viloyati
Sayxunobod tumanidagi
32-umumiy o’rta ta’lim maktabi
Tarix fani o’qituvchisi
Islomova Hidoyatning
7-8-9-sinflar uchun tayyorlagan
“ZAKOVAT”SAVOLLARI.
2019-2020-o’quv yil
Do'stlaringiz bilan baham: |