Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Kimdir chindan ham gazni ochib qo‘ygan bo‘lsa, demak, o‘sha «kimdir»ni qidirish kerak. 
Samandar Ochilovga da’vo yo‘q — o‘likni ko‘rib qochgan odam jinoyatchi hisoblanmaydi. 
Xotinining o‘ligini ko‘mmasa ham, dafn etilgan yerini ziyorat qilmasa ham jamiyat 
ayblamaydi. Bularning ajri ham qiyomatda beriladi. 
Omonullo xonasiga qaytib joyiga o‘tirdi-da, stol g‘aladonidan ismlar yozilgan qog‘oz 
parchalarini olib, yana folbin kabi yoydi. Keyin to‘rtinchi qog‘ozdagi so‘roq belgilari 
yoniga undov belgilari qo‘ygach, «Samandar Ochilov» deb yozilgan varaqni chizib-chizib 
tashladi-da, jahl bilan g‘ijimlab, yelimto‘rsavatga uloqtirdi. Ko‘zlarini yumib, behol odam 
kabi harakatsiz o‘tirdi. Keyin o‘rnidan turib g‘ijim qog‘ozni olgach kaftlari bilan silab, 
tekislab joyiga qo‘ydi. 
Derazaga o‘rnatilgan sovutgichdan iliq havo ufurilayotganday nafasi bo‘g‘ilib, 
tashqariga chiqdi. Hovlida harakatsiz turishidan bir ma’no ko‘rmagach, ko‘chaga 
yo‘naldi. Bozorga borib qog‘oz xaltani to‘ldirdi-da, shifoxonaga qarab yo‘l oldi. Opasining 
ahvoli yaxshilangani uchun umumxonaga o‘tkazilgan ekan, kirib uni ziyorat qildiyu so‘ng 
otasini, shu bahonada qaynona-qaynotasini ham yo‘qlashni maqsad qildi. 
Hovliga suv sepib salqinlatgan Bobomurod Omonullo kirib kelganida bo‘y cho‘zib 
qolgan rayhonlarning gullarini chimdib uzayotgan edi. Tutingan o‘g‘lini ko‘rib chehrasi 
ochildi. Bu dunyoda bir tutingan singlisiyu bir tutingan o‘g‘liga suyanib yashayotgan 
Bobomurodning quvonishi uchun ko‘p narsa zarur emas: singlisining ochiq yuz bilan 
gaplashib o‘tirishi yoki Omonulloning eshikdan kirib kelishi uning uchun baxtli daqiqalar 
hisoblanardi. 
Omonullo ichkari kirishga unamay ikki qulochli uzun taxtadan yasalgan o‘rindiqqa 
o‘tirdi. Bobomu- rod ichkari kirib likopchada gilos ko‘tarib qaytdi-da, Omonulloning 
yoniga o‘tirib, likopchani o‘rtaga qo‘y-di, Omonullo otasining ko‘ngli uchun gilosdan totib 
ko‘rdi. 
— Opangni Xudo bir qaytib berdi, hozir tuzuk. Dardini ichiga yutaverib, yutaverib 
yuragini abjaq qilib tashlagan. 
— Kirib ko‘rdim, ruhlari tetik. 
— Balki shu bahona bo‘lib anavi kasallaridan ham qutulib ketar, a? 
— Kim biladi?.. 
Omonullo shunday deyishga dedi-yu, tilini tishladi. Otasi umid bilan so‘ragan edi, 
«Ha, tuzalib ketadi», desa bu umid quvvat olardi. U esa mujmal javobi bilan o‘sha 
umidni ham bo‘g‘a qoldi. 
— Shunaqa hodisalar bo‘lgan, eshitganman, — dedi-yu, ammo fursat o‘tgan, umid 
chinnisi allaqachon yerga tushib, darz ketgan edi. Keyingi gap darzni chegalagani bilan 
izni yo‘qotmasdi. 
— O‘zing qalaysan? Ishingning mazasi yo‘q shekilli, a? 
— Ishlab yuribman... 
— Menga qara-chi? — Bobomurod shunday deb uning ko‘zlariga tikildi. 
Yo‘q, Omonullo bu o‘tkir nigohga dosh berolmaydi. Dastlab uchrashganida ham qaray 
olmagan. 
 
O‘shanda ovozi rasta bo‘layotgan yoshda edi. Qo‘shni sinfdagi qizga ko‘ngil qo‘ydi. 
Yursa ham, tursa ham faqat o‘sha qizni o‘ylardi. Hatto ota-ona sog‘inchini ham unutgan 
edi. Qizlar bayrami yaqinlashib, uni sov-g‘a masalasi qiynab qo‘ydi. Uning nazarida 
bayram sovg‘asi barcha muammolarni hal qilib berishi lozim edi. Yechilajak 
muammolardan biri — qizdan hech bo‘lmaganda bittagina o‘pich olishga erishmoqlik edi. 
Aynan shu birinchi o‘pich umid daryosini to‘sib turgan to‘g‘onni buzar, visolning nurli 
cho‘qqisini in’om etar edi. Ammo... ota-onasidan ajrab yetimxonaga tushgan o‘smirda 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish