www.ziyouz.com kutubxonasi
154
— Menga qara-chi, menga qara, deyapman, — Bobomurod o‘ng qo‘li bilan
Omonulloning iyagini ushlab, ko‘zlariga tikildi: — Ishlaring «besh»ga o‘xshamayapti,
bola-paqir?
— «Besh» bo‘lmasa, «to‘rt»dir-da, — deb hazillashmoqchi bo‘ldi Omonullo.
— «To‘rt»ga ham tortmaydi. Qanaqa ish ko‘ryap- san?
— Qotillik. Ikki kishi o‘ldirilgan.
Omonullo shunday deb ishning bayoni, gumonu taxminlarini ma’lum qildi.
— Hali ham xomsan, — dedi Bobomurod bir-ikki savol berib, javob olgach. — Sen,
bola-paqir, o‘qishda yo yomon o‘qigansan, yo darslardan qochib yurgansan, yo eski
pichoqqa sop ham bo‘la olmaydigan domlalardan ilm olgansan. Har holda bo‘sh kallang,
bo‘shligicha qolgan. Menga o‘sha uyni bir ko‘rsatmaysanmi?
— Mumkin emas.
— Men sendan «mumkinmi yo mumkin emasmi?» deb so‘raganim yo‘q. Odam
bo‘laman desang, harakatingni o‘sha «mumkin bo‘lmagan» ishlardan boshla. Sen menga
uyni ko‘rsat, men sening xomligingni isbotlab beraman. Tur, ketdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |