Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
jarlik tubida oquvchi anhorga qulagan, ularning murdalari ertasiga chiqarib olingan, er-
xotinning jasadi uyda bir kecha «mehmon» bo‘lib, tongda yerga qo‘yilgan edi. Beli 
bog‘langan yetti yoshli Omonullo ikki tobut oldida bo‘zlab borgandi. 
Hozir notanish odamga shularni aytib berishi kerakmi? Og‘ir bo‘lsa ham aytgisi keldi. 
«Rahmi kelib qo‘yib yuborar» degan niyatda uzuq-yuluq so‘zlar bilan holini bayon qildi. 
Amakisinikida yarim yil yashab, so‘ng bolalar uyiga berilganini ham yashirmadi. Bu safar 
Omonullo adashmadi: chindan ham Bobomurodning unga rahmi keldi. Chap qo‘li bilan 
boshini siladi-da, yoniga o‘tirg‘izdi. 
— Sen faqat qochib ketma, bola-paqir, — dedi horg‘in ovozda, — men milisa 
emasman. Teringni ham shilmayman. Shunchaki seni qo‘rqitish uchun aytgandim. Agar 
rost gapirayotgan bo‘lsang, hayoting menikiga o‘xshab ketarkan. Men ham senga 
o‘xshab g‘irt yetimman. Sen bir pas qimirlamay o‘tir. — Bobomurod shunday deb sigaret 
tutatdi.  
Dastlab «bola o‘zi istab shu ko‘chaga kiryapti, shogirdlikka bop ekan», deb o‘yladi. 
Sigareta chekib bo‘lgach, do‘konga borib, sovg‘ani olib berdi, so‘ng Omonulloni bolalar 
uyiga kuzatib qo‘ydi. Eshik og‘-zida: 
— Biron nimaga muhtoj bo‘lsang, menga ayt, — deb tayinladi. Keyin: — agar 
xohlasang, meni «amaki», de. Xohlasang, tarbiyachilaringdan so‘rab uyimga olib ketay
bugun mehmonim bo‘l, — dedi.  
Omonulloga bu taklif ma’qul keldi. Omonullo «bu odamning ota-onasi ham bir kunda 
halok bo‘lishgan ekan», deb o‘yladi. Bobomurodning o‘smir chog‘ida ilk marta 
qamalganida isnod o‘tida kuygan ota-onaning bir yil ichida oldinma-keyin qaytish 
qilganini ancha keyin, aniqrog‘i, Fotimaga uylangach, qaynotasidan eshitib bildi. 
Bobomurodning o‘g‘ri ekanini esa bu xonadonga ikkinchi marta kelgan tuni tasodifan 
bilib qoldi. Yarim tunda behos uyg‘onib, sherigi bilan maslahatlashayotgan 
Bobomurodning gaplariga quloq tutdi. Avvaliga qo‘rqdi. Ertalab nonushta ham qilmay 
qochvormoqchi edi, Bobomurod qo‘lini ushlab, to‘xtatdi: 
— Hech qachon birovlarning gaplariga o‘g‘rincha quloq solma, xo‘pmi? — dedi po‘pisa 
ohangida. — Gap poylamasang ham kimligimni o‘zim aytardim. Men g‘irrom o‘ynaydigan 
dayuslardan emasman. 
— Endi men ham o‘g‘ri bo‘lamanmi? 
Kechasi bilan o‘ylab chiqqan shu gapini aytishi bilan yuziga zarbli tarsaki tushdi. So‘ng 
Bobomurod sochini changallab tortdi. Omonulloning ko‘zlarida tirqirab yosh chiqdi.  
— Kim aytdi buni senga, ahmoq! Bilib qo‘y: sen o‘g‘ri bo‘lmaysan, o‘qiysan, sen odam 
bo‘lasan! 
Bobomurod shunday degach, Omonulloning sochini qo‘yib yubordi. U «Sening odam 
bo‘lishing uchun hamma narsadan voz kechaman, hatto hunarimni ham yig‘ishtiraman», 
demoqchi bo‘ldi-yu, «bola buni tushunmaydi», degan fikrda tilini tiydi-da, «O‘tir, 
choyingni ich!» deb buyurdi. 
Chindan ham Omonulloni deb o‘g‘irlikni tashlamoqchi edi. To qamalguniga qadar 
ahdida turolmadi. Qamalgach, ozodlikda qolgan sheriklariga xat chiqarib, Omonullodan 
xabar olib turishni tayinladi. Qamoqdan boshqa hunar qilish ahdi bilan chiqdi. Yo‘lda 
Ayolni uchratgach, bu ahdi qat’iylashdi.  
Omonullo mustaqil ish boshlaganida Bobomurod unga maslahatlar berib turdi. «Tabib 
— tabib emas, boshidan o‘tgan — tabib», deganlaridek, jinoyat olamining nozik yerlarini 
Bobomurod yaxshi bilardi. 
 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish