Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
— Sen xafa bo‘lishga arziydigan odammassan, — dedi Omonullo zardali piching bilan. 
— Xo‘p, hisob, — biru-bir. Arazlagan — o‘g‘ri, — Safar shunday deb kaftini uzatdi. 
Omonullo ruhsiz holda shapati urib qo‘ydi-da: 
— Opam kasal ekanlar, — dedi. — Ertalab kirib o‘tamiz. 
— Bo‘pti, — dedi Safar jonlanib. — Zo‘r kabobning o‘g‘il bolasi mendan. 
— Kabob yemasalar kerak. Reanimatsiyada ekanlar. 
— O‘zlari yemasalar do‘xtirlar yeyishadi. Do‘xtirlarning tomog‘ini yog‘lab tursang, 
yaxshiroq qarashadi. O‘zingdan ibrat olmaysanmi? Do‘xtir nimayu milisa nima? Milisani 
moylamasang — qamoqqa jo‘natadi, do‘xtirni moylamasang, undan ham battar — narigi 
dunyoga jo‘natadi. — Aytgan gapi Safarning o‘ziga xush yoqib, huzurlanib kuldi. — 
Gapim yoqmasa ham ko‘ngil uchun salgina tirjayib qo‘y, hey «kayfitang». 
Yo‘lning qolgan qismi Safarning mazali-mazasiz, yoqimli-yoqimsiz hazillari bilan bosib 
o‘tildi. «Gap» deb atalmish ziyofatga barvaqtroq borib qolishgan ekan, Safar maqtagan 
pivoning «dodoxo‘jasi»ni ichib rohatlanib o‘tirishdi. Uy egasi paytdan foydalanib, o‘zini 
qiziqtirgan siyosiy masalalarni oydinlashtirish maqsadida Omonulloni gapga soldi: 
— «Vremya»ni ko‘rdingmi, Berlin devorlarini yiqitishibdi-ya! — dedi ajablangansimon. 
— Men bultur boruvdim o‘sha yerga. Zo‘r do‘konlari bor edi. Ular ham ketganmikin? 
Omonullo darrov javob bermadi. Pivoni simirib unga qarab oldi. Berlin devorlarining 
yiqilishidan, yarim asrdan ziyodroq ayri-ayri yashagan xalqning qo‘shilishidan dunyo 
nima tashvishda-yu, nima quvonchda? Buning g‘ami esa devorga yaqin yerdagi mayda 
do‘konlarda. 
— Devorni nimaga buzishyapti, bilasanmi o‘zing?— dedi Omonullo g‘ashlangan tarzda. 
— G‘ish-pishi kerak bo‘lib qolgandir yo paxsa devor ekanmi? — dedi Safar qitmirlik 
bilan. 
— Sen jim tur, — dedi uy egasi uni jerkib, keyin Omonulloga qarab yelka qisdi: — 
shunga hayronman. Tuppa-tuzuk baland devorlar edi. 
— Kallani ishlat: o‘sha yerda ko‘rgan do‘konlaring kichiklik qilib qolibdi. Devorni buzib 
o‘rniga katta do‘konlar qurishadi. Ikkita eshigi bo‘ladi. Bir tomondan g‘arbiy berlinliklar 
kiradi, ikkinchisidan sharqliklar. 
Gapni ham ezvorasan-da, a? Vey, milisa bo‘lmasam ham u-buga aqlim yetadi. 
G‘arbiy Berlinni uzoqdan bo‘lsa ham ko‘rganman. U yoqda zo‘r «importniy» mollar 
bo‘larkan. Ana endi boradigan bo‘ldi Berlinga. 
Ulfatlar birin-sirin kelishib, «Berlin devori» masalasi surildi. Buning o‘rniga «besh yuz 
kun» deb nom olgan iqtisodiy reja muhokama qilinib, bu reja eski shahardagi go‘sht 
bozori talablariga javob berolmagani uchun inkor etilgach, somsalarni yeb, sho‘rvalarni 
ichishdi-yu: 
— Qani, ko‘mirxonaga o‘tdik,— degan taklif bilan dasturxondan picha uzoqlashib, uy 
burchagida davra qu-rishdi. 
«Ko‘mirxona» — qimor o‘ynaladigan joy. Bir-biriga ahil, bir-biridan jonini 
ayamaydigan do‘stlar besh-o‘n tiyin tikishdan boshlab so‘mlarga o‘tadilar. 
«Ko‘mirxona»da faoliyat boshlamay turib bir-birlarining hatto necha yuz so‘mlik 
qarzlaridan kechib yuboradigan mard, mehribonlar qimorda o‘n-yigirma ti-yin ustida 
so‘kishib, yoqa bo‘g‘ishib ketadilar. «Gap»ga kechikibroq kelgan do‘stlariga «qalay, 
yaxshimisan?» deb, o‘tirgan yerlarida qo‘l uzatib qo‘ya qoladilar. «Bola-chaqa 
yaxshimi?» deb hol-ahvol so‘rashga fursatlari ham, farosatlari ham yetmaydi. Omonullo 
qartaga usta bo‘lgani uchun «ko‘mirxona»dan umrbod badarg‘a qilingan. Qaysidir yili 
Omonullo Moskvaga borganida to‘rtta bir xil ko‘rinishdagi qarta to‘plami olib kelib, har 
bir to‘plamdagi «tuz»larni aralashtirib tashladi. O‘ttiz oltita qartada to‘rtta o‘rniga o‘n 
oltita «tuz» mavjudligini «ko‘mirxona»dagilar keyinroq bilib qolishdi. Mana shu hazil 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish