Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
bir harakat, har bir so‘z imtihon tarozusida tortilajagini o‘ylab ko‘rishmagan edi. Ayni 
damda zo‘r bir imtihon sodir bo‘layotganidan ham bu g‘ofil bandalar bexabar edilar. 
Qo‘shnilar uy-uylariga kirgach, sodir bo‘lgan voqeani o‘zlaricha muhokama etib, 
o‘zlaricha baholar edilar: 
— Xudo yomon uribdi, bechorani. Ota-onaning qarg‘ishi yomon-da. 
— Xudo jazolabdi... 
— Jazosini beribdi... 
Alhol, Tangrining jazosiga uchragan kim? Ayolmi, akasimi yo shu qo‘shnilarmi? Vallohi 
a’lam, bissavob...  
Yo‘lda borayotgan Bobomurod bularni o‘ylamaydi. Ruhoniy masalalar, ruhoniy 
hukmlardan uzoq bo‘lgan bu odamning o‘z dunyosi, o‘z o‘lchamlari, o‘z hukmi, nihoyat... 
hukmning ijrosi bor. U «Xudoga soldim», «Bir kunmas bir kun ularni Xudo uradi» yoki 
«Xudoyim, o‘zing jazolarini ber», deb o‘tirmaydi. Masalani o‘zicha osongina hal etadi: 
o‘zi hukm chiqarib, o‘zi ijro etib qo‘ya qoladi. Hozir ham shart iziga qaytgisi, akaning 
yuragini sug‘urib olgisi, bu bemehr yurakni itlarga tashlagisi keldi. Juda-juda istadi 
shunday qilishni. Biroq, og‘ir-og‘ir qadam tashlab kelayotgan chorasiz Ayolning qismatini 
o‘ylab, o‘zini bosdi. Hozir qaytib Akani chertsa ham qamalib qolishi oqibatida Ayol 
ko‘chada xorlanishi yoki jinnixonada azob chekib yotishi mumkinligini u bilardi. 
Tuni bilan yurish foydasizligini anglab, tashlandiq shiypon yaqinida to‘xtadi. Bir oz 
o‘ylanib turgach, shiyponga qarab yurdi. Xas-xashaklarni oyog‘i bilan sidirib tozalagan 
bo‘ldi-da, o‘tirdi. Ayol Bobomurodga yaqin kelishdan qo‘rqqandek shiypon yonida 
turaverdi. Bobomurod avvaliga indamadi. So‘ng: 
— O‘tir, — deb qo‘ydi. 
Ayol taklifni eshitmagandek tek turaverdi. 
— O‘tir, singlim, — dedi Bobomurod yumshoqroq ohangda. — Ertalabgacha dam 
olamiz shu yerda. 
Ayol go‘yo shiyponni qimirlatib yubormay debmi, ehtiyotlik bilan qadam bosib chiqdi-
da, nariroqqa borib cho‘nqaydi. 
— Endi men akangman. Endi sen xor bo‘lmaysan. Sen ulardan ranjima. Ular o‘g‘rini 
odam o‘rnida ko‘rishmaydi. Men esa, ularning o‘zlarini odam qatoriga qo‘shmayman. 
— Men o‘g‘ri emasman! 
Sekingina aytilgan bu so‘z aslida qalbning portlashidan hosil bo‘lgan nido edi. Bu 
uchtagina so‘z ko‘p yillik g‘am-anduhlar zanjirini uzib tilga chiqqan edi. Bu gapni uyi 
oldida akasiga aytmoqchi edi. «Baribir ishonmaydi», deb aytmadi. Yangi akasiga aytdi. 
Qonsiz lablardan uchgan bu so‘zlarni Bobomurod eshitdi. 
— O‘g‘ri emasligini bir qarashimdayoq bilgan- man, — dedi u. — O‘g‘ri bo‘lganingda 
seni yetaklab yurmas edim, o‘zingni o‘zing eplarding. Sendan yashirmayman: men 
o‘g‘riman. To‘g‘rirog‘i, o‘g‘ri edim. Qamoqda ont ichdim: bu hunarni tashlayman. Mening 
bir o‘g‘lim bor, shu yurishim bo‘lsa, uni baxtsiz qilib qo‘yaman. U yaxshi bola... endi u 
sening jiyaning. Sen hali yoshsan, singlim, hadeb siqilaverma. Siqilgan bilan birov senga 
rahm qilmaydi. Undan ko‘ra mazza qilib yashayverginu odamlarning gaplariga ham, 
qiliqlariga ham e’tibor berma. O‘ylab ko‘r-chi, seni o‘g‘ri deganlarning o‘zlari tozamikin? 
Agar tozasi shunaqa bo‘lsa, nahs bosgani qanaqa bo‘larkin? Biz endi bir-birovimizga 
suyanib yashaymiz. Bu ham katta bir baxt. Dunyoda suyanchig‘i yo‘q yakka maxov 
odamlar tiqilib yotibdi. 
Bobomurod shu gaplarni aytib ancha yengil tortdi. Ayol esa unga javob qaytarmadi. 
Qorong‘i osmonga yulduzlar toshib, samo husnini bezadi. Bobomurod jag‘ini tizzasiga 
tirab bu mo‘’jizaga boqdi. Yulduzlar — sayyoralarmi yo katta-kichik samoviy jismlarmi — 
u bilmaydi. Unga ma’lumi — yulduz uchgani kimningdir jon uzilganidan nishona. Hali 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish