Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
128
mag‘rurlik boshqa hech bir jonzotda yo‘q. Sen tsirkda bo‘rini o‘ynatganlarini hech 
ko‘rganmisan? Ha, ko‘rmagansan. Fildan tortib ilongacha bir luqma ovqat uchun 
insonlarga masxara bo‘ladi. Faqatgina bo‘ri bo‘ysunmaydi. Sen turkiylardansan. 
Ajdodlaring e’tiqod qilgan ramz nima bo‘lgan, bilasanmi? 
Nuriddin aybdor odam kabi nigohini olib qochib, yelka qisib qo‘ya qoldi. 
— Qurt, ya’ni bo‘ri. Turkiylar bayrog‘ida bo‘ri tasviri bo‘lgan, deb eshitganman. 
Turkiylar qadimda shunday erksevar bo‘lgan ekanlar. E, u zamonlar o‘tib ketdi. — Yanis 
shunday deb xo‘rsindi. — Biz ham ozodlik sevuchi xalqmiz. Men bu qamoqni nazarda 
tutayotganim yo‘q. Meningda, seningda vataning ulkan bir qamoqqa aylantirilgan. 
Bizlarning yurtdoshlarimiz esa tutqunlar. Mening xalqim tutqunlikka ko‘nikib 
yashaydigan toifadan emas. Sen hozir «Yanis amakimga yangilik aytdim», deb 
o‘ylayapsanmi? Men shunday bo‘lishini kutardim. Bugun bo‘lmasa ertaga albatta 
qilishardi shu ishni. Seni bo‘lmasa boshqalarni yollashardi. Nafsga qul bo‘lganlar ozmi bu 
dunyoda? 
— Men yollanganim yo‘q, — Nuriddin shunday dedi-yu, ammo unga tik qaray olmadi. 
— Men shunchaki misol tariqasida aytyapman. Sen bilan biz ikki tomonlama 
mahkummiz. Bundan qutularmiz, biroq Vatan tutqunligichi? Sen «bularni nima uchun 
qiynasharkin?» deb garang bo‘layotgandirsan? Bilib qo‘y: biz uchun dunyoda eng shirin 
so‘z — ozodlik! Ular shu so‘zni aytuvchi tillarni kesadilar. Erkin nurga tashna ko‘zlarni 
o‘yib oladilar. Bunga ajablanmaslik kerak. Axir sen mol so‘ygan qassobga qarab 
ajablanmaysan-ku? Nuriddin, sen hali yoshsan, ko‘p narsalarga tushunmaysan. 
Tutqunlikda tug‘ilganing uchun ko‘zlaringni ocha olmaysan. Men esam vatanimning 
qanday tutqun bo‘lishini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim. Bir tasavvur qilgin-a, qassob o‘z 
onangni ko‘z oldingda bo‘g‘izlasa... Men ana shunday odamman. O‘lganimdan so‘ng 
yuragimni tilib, ochishsa, qon o‘rnida zardob ko‘rishadi. Sizlar buni taqdir deysizlar. Biz 
esa bunga murosa qila olmaymiz. Men, agar bilsang, shu azoblarga duch kelganimdan 
xursandman. Uyida qorin g‘amida yotgan tuyg‘usiz odam qatoriga tushib 
qolmaganimdan quvonaman. O‘lib ketsam ham ranjimayman, axir ruhim ozod tarzda 
qoladi-ku? Agar mening o‘limim vatanim ozodlik onlarini bir daqiqaga ham yaqinlashtira 
olsa ming-million martabalab qayta-qayta o‘lib berishga roziman. Agar bilsang, yer 
yuzidagi hamma jonzotlar o‘z uyasini qadrlaydi, himoya qiladi. Biz esa... shularchalik 
ham emasmiz, mening armonim shu xalos. Ovqat yeyishni bilamiz, kiyinishni bilamiz, 
maishatni bilamiz, chiroyli so‘zlashga ustamiz, ammo Vatan qadrini bilmaymiz. Uyimizga 
o‘g‘ri tushsa dod solamiz, Vatanni talasalar indamaymiz. Sen bularni tushungin, 
Nuriddin. Bu yerdan chiqib borganingdan keyin sen ham qorin g‘amiga tushib qolmagin. 
Ular bizlarni xuddi tramvay kabi o‘z izlaridan yurmog‘imizni, ular istagan yerda to‘xtab 
o‘tmog‘imizni xohlaydilar. Biz tramvay emas, unutma, bizlar erkin qushlarmiz. Qani edi, 
burgut bo‘la olsak... 
Nuriddin bu gaplarni eshitib, ajablandi. Bugunmi yo erta-indinmi boshiga kulfat 
yog‘ilay deb turgan odam o‘z qayg‘usini o‘ylamay, shu gaplarni aytib o‘tirsa. Kulfatni tik 
turib qarshi olish — mutelikmi yo mardlikmi? Alhol Nuriddin bu savolga javob topa 
olmadi. Shundan so‘ng qo‘li ishda, xayoli esa Yanisda bo‘ldi. O‘zi istamasa-da, beixtiyor 
ravishda unga tez-tez qarayverdi. Nuriddinning holatini anglagan Yanis sir boy bermay
sovuqqonlik odatiga xilof qilmagan tarzda ishi bilan mashg‘ul bo‘laverdi. Yana bir chekish 
bahonasida hordiq chiqarishayotganda: 
— Sharqliklarning juda zo‘r hikoyasi bor, aytaymi, eshitasanmi? — deb qoldi. Nuriddin 
Yanisning indamay ishlayotganidan siqila boshlagan, hozir hikoya aytadimi yo boshqa bir 
balonimi, unga farqsiz, sherigi gapirsa bas edi. Shu bois «ayting», deb darrov ko‘na 
qoldi. 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish