Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
129
— Taqdir degan bir odamning fahm-farosatda tengi yo‘q, oqila va go‘zal qizi bor ekan. 
Taqdir qiziga qarab: «Aql, Davlat va Umid degan uch odamdan sovchi kelyapti, qaysi 
biriga rozi bo‘lasan?» deb so‘rabdi. Shunda qiz: «Dada, aql — insondagi eng ulug‘ 
fazilatdir, Aqlga suyanib turib do‘stni dushmandan, hushyorni devonadan farqlash 
mumkin. Lekin aqlning bir aybi bor: kishini chalg‘itib, xatarli yo‘llarga solib qo‘yishi 
mumkin. Davlat esa ham ishbilarmon, ham hukmdordir. Lekin Davlat hech qachon, hech 
kimga vafo qilmaydi. Men Umidni ixtiyor qilaman. Chunki Umid hech qachon Insonga 
xiyonat qilmaydi, undan ajralmaydi. Butun jahon undan manfaatdor», degan ekan. Biz 
ham o‘sha Taqdirning dono qiziga o‘xshab Umidni tanlasak, adashmaymiz. 
Yanisning bu gaplari Nuriddinga qiziqarli, ayni damda sirli tuyuldi. Shu sababli yana 
qaytarishni iltimos qildi. Yanis ensasi qotmasdan, bu safar soddaroq qilib tushuntirdi. 
Garchi u Taqdirning dono qizi kabi Umidni tanladim, degan bo‘lsa-da, aslida o‘zi 
birdaniga ikki erni ixtiyor qilgan qiz kabi edi. U Umiddan avval Aqlni tanlagan edi. Aql uni 
shu holatga soldi, endi esa «ko‘z ochib ko‘rganim — Umid», deb o‘tiribdi. 
 
OILA 
 
Eshik qo‘ng‘irog‘ining asabiy jiringlashidan uy-g‘ongan Omonullo darrov soatiga 
qaradi. Telefon ishlamay qolgan kezlari hamkasblari yarim kechami yo erta tongmi, 
chaqirib kelaverishardi. U o‘zi ishlaydigan sohada vaqtida hordiq chiqarish yoki 
bayramlarda dam olish yo‘qligiga allaqachon ko‘nikib ketgan. Qatorasiga ikki kun 
uxlamay, endi ko‘zi ilinganda chorlashganida ham indamay turib ketishga odatlangan. 
Hozir ham tezda kiyinib, eshikni ochdi-yu, Safarni ko‘rib, ajablandi: 
— Ha, so‘fi tahorat qilmay kelibsan? — dedi norozi ohangda. 
— «Ko‘mirxona»dan endi turdik. O‘yin ja-a qizib ketdi. Uyga bormay, to‘g‘ri senikiga 
kelaverdim, — Safar shunday deb, taklifni kutmayoq ostona hatlab ichkari kirdi. — Sen 
ham erkaklarga o‘xshab «gap»ning oxirigacha o‘tirsang, billalashib kelardik. 
— Agar «gap»da o‘tirishlaring hisobga olinmasa senlarning erkak ekanliklaringni bilib 
ham bo‘lmaydi, — Omonullo shunday deb yuvinish maqsadi-da yon tomon o‘tdi. 
— Menga qara, hov erkak, — dedi Safar, — ma, kalitni ol, xohlasang men uyingda 
yota qolaman, rayoningga o‘zing borib kel. 
Birga boramiz, — dedi Omonullo. — Meni himoya qilasan. Mabodo seni ham o‘ldirib 
qo‘yishsa, bahonada bitta medalli bo‘lib ketasan bu dunyodan. 
— Sen uchun o‘lish biz uchun sharaf, okasi, — dedi Safar, kinoyaga kinoya bilan javob 
berib. — O‘lishdan oldin bir uxlab olmasam bo‘lmaydi. Men mashinada yotaman, 
uyg‘otma. Qog‘oz xaltaga u-bu solib berishgan. Xohlasang, ye-ich. 
Omonullo yuvinib, yengil tamaddi qilib olgach, ko‘chaga chiqdi. Orqa o‘rindiqda ikki 
buklanib yotgan Safarning hurragini tashqaridan ham bemalol eshitish mumkin edi. 
Mashina o‘rnidan siljigach, u bir silkinib, ko‘zlarini yarim ochib qarab qo‘ydi-yu, uyquni 
kelgan yeridan davom ettiraverdi. 
Safarning bu qadar barvaqt kelishi, orqa o‘rindiqda uxlab yotishi Omonullo uchun 
ma’qul keldi. Safar ko‘ngliga yaqin do‘sti bo‘lsa-da, uning ba’zida meyoridan o‘tuvchi 
safsatalari me’dasiga tegib ketardi. U kasalxonaga o‘tib, tutingan otasining uyqusizlikdan 
kirtayib, qizargan ko‘zlaridan opasining ahvoli uncha yaxshi emasligini tushundi. Kechki 
payt yana xabar olishini aytib, Matluba To‘xtaeva bilan uchrashish niyatida cho‘lga qarab 
yo‘l oldi. 
Ko‘chada harakat siyrak bo‘lgani uchun mashinani yeldek uchirdi. U Matluba bilan 
bo‘lajak uchrashuvni, berajak savollarini xayolida yana bir pishirib olgach, kechagi 
uchrashuvni beixtiyor tarzda esladi. Omonullo Adolatni kuzatib qo‘ygach, doktiloskopist 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish