Microsoft Word murdalar ziyouz com doc



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/184
Sana02.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#136098
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184
Bog'liq
Murdalar-gapirmaydilar-roman

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
— Nega oq qilasan? 
— Ishing bo‘lmasin, bu isqirtni olu jo‘na bu yerdan. Isnodga qoldirma bizlarni. — U 
shunday deb o‘girilmoqchi bo‘lganida Bobomurod giribonidan oldi-da, qorniga musht 
urdi: 
— Menga qara, hey harom! Singlingni Penzada ko‘rib qolib, yetaklab keldim. O‘sha 
yerda bir o‘ris, o‘ris bo‘lganda ham bir ment singlingga rahm qildi. Bu yerlarda xor bo‘lib 
o‘lib ketmasin, dedi. Sen nima deyapsan? Men to‘rt marta o‘tirib chiqqan odamman. 
Beshinchisida nima uchun o‘tirarkinman, deb yuruvdim. Sening qoningni ichib o‘tiraman 
shekilli? Qani, joningni sug‘urib olmasimdan ayt-chi, nima uchun oq qilgansan? 
— Shaharda o‘qiyapman, deb o‘g‘rilarga qo‘shilib ketibdi. Bizlarni nomusga qo‘ydi. 
— Senda hali nomus ham bormi, harom! Kasal singlingni oq qildim deb, ko‘chaga 
haydab qo‘yib, yana nomusdan gapirasanmi! Ota-onang qani? 
— O‘lib ketishdi. 
— Qovurg‘angning orasiga panjamni tiqib yuragingni sug‘urib olgim kelyapti. Lekin 
shu singlingning hurmati uchun hozircha tirik qolasan. Seni yo‘qlab alohida kelaman. 
Nomus nima, insof nima, vijdon nima — gaplashib olamiz. Hozir esa, hamma 
qo‘shnilaringni chaqir. 
Aka avvaliga ko‘nmadi, biroq yumshoq yeriga uch-to‘rt tepki tushgach, buyruqni 
bajardi. Ayrim qo‘shni ayollar toshdek qotib turgan Ayol bilan ko‘rishmoqchi bo‘lishdi. 
Ba’zilari esa, ostonalaridan uzoqlashmay cho‘chigan holda qarab turaverishdi. 
— Qo‘shnilar, bilib olinglar: mana bu harom odam aka ekan. Bu iflos odam singlisini 
oq qilganmish. Qamalgan qizlar oq qilinsa, ko‘chalarda xor bo‘lib o‘lsin, degan qonun 
bormi o‘zi? Qaranglar, singlisi kasal. Shu ayolga bir o‘risning rahmi keldi, akasining esa 
rahmi kelmaydi. Endi men shu ayolning nomidan gapiraman: u akasini oq qildi, bilib 
qo‘yinglar! Endi men unga aka, u menga singil! Omin! Fotiha beringlar! 
Birov fotiha qilgan bo‘ldi, birov qimir etmadi. 
— Biz uch kishi edik: Valya Namanganskaya, Gulya va men. To‘g‘ri, o‘g‘rilik qilmaslik 
kerak edi... 
Ayol bu gapni avval sekinroq aytdi, so‘ng baland ovozda qaytardi-da, qah-qah otib 
kuldi, kulaverdi... 
Bobomurod hayron bo‘ldi: shu paytgacha Ayol kulmagan edi. 
Qo‘shnilar birin-sirin uylariga daf bo‘ldilar. Akaning ham qorasi o‘chdi. Bir piyola 
choyga taklif etuvchi insof egasi topilmadi. 
Qishloqdan chiqishganda qosh qoraygan edi. Bobomurod biron xonadon eshigini 
taqillatib boshpana so‘rashni istamadi. O‘z mayliga qo‘yib berilgan keksa tulpor kabi 
yo‘lning o‘rtasidan asta yurib boraverdi. Ayol ikki qadam orqada, unga mutelik bilan 
ergashgan edi. Bobomurod ko‘p zulm ko‘rgan — zulm ham qilgan, oqibatsizlik tuzini 
totgan — o‘zi ham oqibatsizlik zahrini boshqalarga yalatgan, oz bo‘lsa-da, mehr 
sharobidan lazzat olgan — oz bo‘lsa-da, boshqalarga ham ilingan, insonning hayvondan 
ham tubanroq tarzda xorlanishi mumkinligini ko‘rgan, vaqti kelsa, bosh-qalarga ham 
ko‘rsatib qo‘ygan odam edi. Ammo bugungiday holatni uchratish nima ekan, 
eshitmagan, hatto xayoliga ham keltirmagan edi. 
U ham, izidan kelayotgan ma’suma ham, Bobomurodga fotiha berganlar ham, 
bermaganlar ham Ollohni tanishmas edi. Buning uchun ularga ayb jandasini kiydirmoq 
noinsoflik bo‘lar. Tug‘ilganlaridan to ayni damga qadar biron bir imon egasi Yaratgan 
tangrini tanishga da’vat etmadi. Yaxshilik bilan yashaganlarga jannat eshiklari 
ochilajagiyu, yomonlik qilganlarga bu dunyodagi qamoqdan tashqari do‘zax azoblari 
borligini hech kim aytmadi, tushuntirmadi. Ularning har birlari insof, vijdon, iymon, 
mehr-oqibat tushunchalarini o‘zlaricha anglashardi. Bu dunyo sinovli dunyo ekanini, har 


Murdalar gapirmaydilar (qissa). Tohir Malik 
 
 

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish