Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
hayotsiz ajoyib sayyoraga tamaddun keltirishi kerak bo‘lgan raketalar o‘zlariga yo‘l ochadilar. Ularning 
shiddatli parvozlaridan paydo bo‘lgan chiyillash va gurillash bu tussiz ovoz o‘tmas olamda, mudroq 
kuz olamida quloqni teshib yuborgudek edi. 
— Endi, topshiriq bajarilgach, — iymanibgina gap qotdi mister Bigelou, — sizdan bir narsani 
so‘ramoqchiman, bularning hammasini siz nima qilmoqchisiz? 
— Esher qo‘rg‘oninimi? Bilmadingizmi? 
— Yo‘q. 
— “Esher” nomidan hech narsani anglamadingizmi? 
— Anglaganim yo‘q. 
— Mana bu ism: Edgar Allan Podan-chi? 
Mister Bigelou yo‘q degandek boshini chayqadi. 
— Darvoqe, — Stendal xafa va nafratini ifoda qilgancha bosiqlik bilan “hm” deb qo‘ydi. — Mister 
Poning muborak xotirasini siz qayoqdan ham bilardingiz? U ancha ilgari, Linkolndan ham oldin o‘lib 
ketgan. Uning barcha kitoblari Buyuk Gulxanda yoqib yuborilgan edi. O’ttiz yil muqaddam, 1975 yilda. 
— E-e, — bir narsani tushungandek bosh irg‘adi. — Shulardan biri deng! 
— Xuddi shunday, Bigelou shulardan bittasi. Uning va Lau Kraftning, Xotorn va Ambroz Birskning 
kitoblarini yoqishdi, hammasi dahshat va qo‘rquvlar haqidagi qissalar edi. Barcha fantaziyalarni, 
xullas, kelajak haqidagi barcha qissalarni yoqib yuborishdi. Ayovsiz yoqishdi, qonun chiqarishdi. 
Hammasi arzimagan narsadan, zarradagi narsadan, elliginchi va oltmishinchi yillardan boshlandi. 
Avvaliga karikaturali kitobchalar chiqarishni cheklab qo‘yishdi, so‘ng detektiv romanlar, filmlarni ham 
taqiqlashdi. Goh u tomonga, goh bu tomonga irg‘itishdi, turli guruhlar, turli laqablar, siyosiy 
e’tiqodlar, diniy xurofotlar avj olgandan-olib ketdi. Har doim ozchilik tomon qo‘rqib qolaverdi va 
ko‘pchilik tomon tushunib bo‘lmaydigan narsadan, kelajakdan, o‘tmishdan, hozirdan qo‘rqar edi, 
o‘zidan va o‘z soyasidan qo‘rqar edi. 
— Tushunarli. 
— “Siyosat” so‘zidan (oxir-oqibatda eng teskarichi doiralarda “kommunizm” so‘zining sinonimi 
bo‘lib qolgan, ha, ha, bu so‘zni tilga olishingiz bilanoq, kallangiz ketishi hech gap emas edi!) siyosat 
so‘zidan qo‘rqadigan, har tomondan turtki yeydigan — bir joyda gaykani burasalar, yana bir joyda 
boltni aylantiradilar, bir yoqdan tiqadilar, ikkinchi yoqdan sug‘urib oladilar, — san’at va adabiyot ko‘p 
o‘tmay shunday bir ulkan tortmachoqqa aylandiki, sho‘rlikni buradilar, chaqdilar, chaynadilar, tugun 
qilib tugdilar, to o‘zining qiyishqoqligi va har qanday ta’mini yo‘qotmaguncha u yoqdan-bu yoqqa 
koptokdek irg‘itaverdilar. So‘ng esa kinokameralar tinib qoldi, teatr zulmatiga g‘arq bo‘ldi va bosma 
nashrlarning qudratli Niagarasi “Sof” maqolasining zaif bir jilg‘achasiga aylanib qoldi. Ishoning 
menga, “voqelikdan uzoqlashish” tushunchasi ham shubhali so‘zlar sirasiga kirib qoldi! 
— Nahotki? 
— Ha, ha! Har bir odam, der edi ular, haqqoniylikning yuziga tik qarashi shart. Faqat hozirnigina 
ko‘rib turishlari kerak. Bu toifaga kirmagan hamma narsa — bir pul. Ajoyib adabiy to‘qimalar, xayolot 
osmonida parvoz qilishlar — gullab-yashnayversin. Bir kuni yakshanba tongida, o‘ttiz yil muqaddam, 
1975 yilda ularni kutubxona devoriga tikka qilishdi: Santa Klaus va Boshsiz chavandoz, Qorqiz va uy 
Devi, Onag‘oz — barchalari ho‘ngrab yig‘lar edilar! — va ularni otib tashlashdi, so‘ng qog‘oz qal’a va 
malika qurbaqalarni, keksa qirollar va “o‘sha zamondan buyon baxtli yashab kelayotgan” hammani 
yoqib yuborishdi (aslida u o‘sha zamondan buyon baxtli yashayapti, deb kim haqida aytish mumkin 
edi!). Bir vaqtlar Hech qachonga aylandi-qo‘ydi! Ular O’z mamlakati bosh suyaklari bilan birgalikda 
Sehrlangan Riksh xokini shamolda sovurdilar, Glinda mehribon va O’zmani chopib tashladilar
To‘pgulni spektroskopda bitta-bitta yulib yoyishdi, Jek Qovoqboshni esa Biologlar Ziyofatida 
dasturxonga tortib yuborishdi! No‘xot qobiqchasi to‘rachilik chakalakzorida qurib-qovjirab bo‘ldi! 
Uyqudagi Go‘zal ilmiy xodim bo‘sasidan uyg‘onib ketgan va u o‘zining tibbiy ninasini suqqanda joni 
hiq etib chiqib ketgan edi. Alisani ular shishadan shunday bir narsani ichishga majbur qilishdiki, 
natijada qizgina ortiq: “Oldinga borgan sari yana ham qiziqroq bo‘laveradi!” — deb qichqira 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish