Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Spender gulxan o‘chguncha boshqa shox-shabba tashlamadi. 
Hoy Spender, uxlab qoldingmi, nima balo, o‘tindan tashlasang-chi! — qichqirdi Biggs va yana 
shishani so‘ra boshladi. — Ana shunaqa, bir kuni tunda biz Ginni bilan... 
— Kosmonavtlardan Shenke ismli biri akkordeonini olib keldi-da, qornini urib qoqqan edi, bir dunyo 
chang ko‘tarildi. 
—  E-e, eh! — o‘kirdi u. — O’ynab-kulganing qoladi! 
— Oh-hoh-ho! — bo‘shagan likopchalarini itqitib qolganlar unga jo‘r bo‘ldi. 
Uchalasi bir qator bo‘lib oldi-da, burlesk qizlariga o‘xshab, lapar aytib qichqirgancha oyoqlarini 
o‘ynata ketishdi. Yana biror narsa o‘ynab berishni talab qilib, boshqalar chapak chalishdi. Cheroki 
ko‘ylagini yechib tashladi-da, ter qoplagan badanini yaltiratgancha chir aylana boshladi. Oydinning 
kumush nurlaridan uning kalta olingan sochi yaltirar, archilgan tuxumdek silliq yuzlari yalt-yalt qilardi. 
Shamol qurib qolgan dengiz tubidagi yengil tumanni haydar edi, tog‘lardan ulkan qoyalar 
kumushrang raketaga va mo‘‘jazgina gulxanga ko‘z uzmay qarab turardi. 
Shovqin-suron tobora avj olmoqda, raqqoslar soni ko‘paymoqda edi, kimdir zo‘r berib sibizg‘a 
chalar, yana biri papiros qog‘oziga o‘ralgan nayga puflar edi. Yana yigirmatacha shisha ochilib, ichilib 
ketdi. Biggs atrofda chayqalib aylanar va qo‘llarini silkitib, o‘yinga dirijerlik qilishga urinardi. 
— Komandir, davraga! — qichqirdi Cheroki kapitanga va qo‘shiqni ola ketdi. 
Kapitanning raqs tushishidan boshqa iloji qolmadi. U istamaygina raqs tusha boshladi. Uning sira 
chehrasi yorishmayotgandi. Spender unga qarab o‘ylardi: “Sho‘rlik! Bu qanday tun bo‘ldi? Nima 
qilishayotganini ham bilishmaydi-ya. Parvozdan oldin ularga bir yo‘l-yo‘riq berib qo‘ymasa, o‘zining 
loaqal dastlabki kunlarida Marsda risoladagidek tutishni tushuntirib qo‘ymasa bo‘lmaydi”. 
— Bas, — kapitan davradan chiqdi-da, charchaganini bahona qilib o‘tirib oldi. 
Spender kapitanning ko‘ksiga qaradi. Charchagan odamning ko‘kragi ko‘tarilib tushmas edimi. 
Yuzida ham terdan asar yo‘q. 
Akkordeon, garmon, musallas, qiyqiriqlar, raqs, hayqiriqlar, g‘ala-g‘ovur, idishlarning jangir-jungiri
qah-qah urib kulishlar. 
Biggs chayqala-chayqala Mars kanali sohiliga bordi. U o‘zi bilan oltita bo‘shagan shishani olib olgan 
edi va bittama-bitta ularni chuqur moviy suvga irg‘ita boshladi. Cho‘kib ketayotib, shishalar qulq-qulq 
qilgan ovoz chiqarar edi. 
— Men seni la’natlayman, la’natlayman, la’natlayman... — Chuldirab dedi Biggs. — Biggs, Biggs 
nomi bilan la’natlayman, ey Biggs kanali... 
Kimdir qimirlashga ulgurishdan avval Spender shartta oyoqqa turdi-da, gulxan ustidan sakrab o‘tib, 
Biggs tomonga chopib ketdi. U avval Biggsning og‘ziga, keyin esa qulog‘iga zarba tushirdi. Biggs 
chayqalib ketdi-da, to‘g‘ri borib suvga quladi. Suv shaloplab ketdi. Biggsning tirmashib qaytib 
chiqishini kutgancha Spender jim qarab turdi. Biroq bu paytda boshqalar ham yetib kelib, - Biggsning 
qo‘lidan tortib chiqara boshlashgan edi. 
— Hoy Spender, senga nima bo‘ldi o‘zi? Nega unday qilasan? — Gapning tagiga yetmoqchi bo‘lar 
edi ular. 
Biggs qirg‘oqqa chiqib oldi-da, oyoqqa turdi, suv egnidan shildirab oqib, tosh plita ustiga tusha 
boshladi. U Spenderni ushlab turganlarini darhol payqadi. 
— Xo‘sh, — dedi u va oldinga bir qadam tashladi. 
— Bas qil! — o‘shqirdi kapitan Uaylder. 
Spenderni qo‘yib yuborishdi. Biggs kapitanga qaragancha qimir etmay turardi. 
— Bo‘pti, Biggs. Kiyimlaringni almashtirib ol. Sizlar esa, yigitlar, o‘yin-kulgini davom ettirishlaring 
mumkin! Spender, yur men bilan! 
Xursandchilik yana boshlanib ketdi. Uaylder  bir chetga o‘tdi-da, Spenderga burildi. 
— Gap nimadaligini balki siz tushuntirib berarsiz? — dedi u. 
Spender kanalga qaradi. 
— Bilmadim. Vijdonim chidamadi. Biggsni deb. Barchamizni deb, mana bu g‘ala-g‘ovurni deb. Ey 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish