www.ziyouz.com kutubxonasi
41
ko‘lankalarga qo‘l siltar edilar, uning yuragi qandaydir musiqa tovushini eshitgandek bo‘ldi va Spender
bunday tovush beruvchi cholg‘u sozi qanaqaligini tasavvur qilishga urinib ko‘rdi... Shahar arvohlarga
limmo-lim edi.
— Hoy, kim bor? — qichqirdi Biggs qaddini g‘oz tutib va kaftlarini og‘ziga karnay qilib. — Hoy, bu
shaharda jon zoti bormi, ovoz bering!
— Biggs! — dedi kapitan. Biggs jim bo‘ldi.
Ular tosh taxtalar yotqizilgan ko‘chalarga qadam bosishdi. Endi ular shivirlab gaplashishar edi,
chunki ular go‘yo ochiq osmon ostidagi ulkan qiroatxonaga yoki bosh uzra yorqin yulduzlar-u,
shabada esib turgan dahmaga kirib qolgandek his etmoqda edilar o‘zlarini. Kapitan ovozini ko‘tarmay
gapirardi. U shahar aholisi qayoqqa ketganini, ular qanaqa odamlar bo‘lganini, ularga qanday qurollar
hukmronlik qilganini, ular nimadan qirilib ketganini bilishni istardi. U past ovozda savollar berardi: ular
bunday asriy shaharni qanday qurishdi ekan? Ular Yerda bo‘lishganmikan? O’n ming yillar muqaddam
yerliklarga shular nasl qoldirganmikan? Ular ham bizdek sevib, yomon ko‘rishganmikan? Ular ham
ahmoqlikka yo‘l qo‘yishganda bizdek holga tushishganmikan?
Ular tosh qotib qolishdi. Oylar bamisoli ularni sehrlab, muzlatib qo‘ygandek edi; yengil shamol
ularni yelpir edi.
— Lord Bayron, — dedi Jeff Spender.
— Qanaqa Lord? — kapitan unga burildi.
Lord Bayron, shoir, XIX asrda yashagan. Juda ilgari u bir she’r yozgan edi. Bu she’r mana bu
shaharga juda ham mos keladi va marsliklar his qilishlari kerak bo‘lgan tuyg‘ularni ifoda etar edi. Agar
uni his qiladigan bitta-yarimta odam bu yerda qolgan bo‘lsa! Bunday she’rlarni so‘nggi marslik shoir
yozishi mumkin edi.
Odamlar qimir etmay turishardi. Ularning soyalari ham qotib qolgan edi.
— Bu qanday she’r ekan? — so‘radi kapitan.
Spender og‘irligini ikkinchi oyog‘iga soldi, qo‘lini ko‘tardi, nimanidir eslagan bo‘ldi, bir lahza ko‘zini
qisib turdi, keyin u past ovozda shoshmasdan she’rni o‘qishga tushdi, hamma undan ko‘z uzmay
tinglay boshladi:
Tunlari kezmoqlik na hojat endi,
Qalbimiz sevgiga limmo-lim — mana.
Borliqni to‘ldirgan kumush oy nuri,
Sevgi dostonidan so‘ylar rosmana.
Shahar kumushrang tusda, baland, unsiz. Odamlarning nigohi oyga qadaldi.
Qilich qayrar o‘zin pichoqqa,
Yurak yormoq bo‘lar vujudni.
Axir mangu olov qayda bor,
Qalb baxsh etdi ishqqa bor-budni.
Oy intilar Yer sari taqir,
Azbaroyi sevgi zo‘ridan.
Tunlari kezmoqlik na hojat endi,
Oydinning yo‘q farqi qalbim qo‘ridan.
Yerliklar shahar markazida unsiz turar edilar. Tun osmoni ochiq va bulutsiz edi. Shamolning
hushtagidan boshqa tiq etgan tovush yo‘q edi. Ularning ro‘parasida maydon yastanib yotardi. Koshin
uzra qadimgi jonivorlar va odamlarning suratlari aks ettirilgan. Ular tik turgancha tomosha qilar
edilar.
Biggs birdan o‘xchidi. Ko‘zlari xiralaщdi. Qo‘lini og‘ziga bosdi-da, vujudi titrab yutindi, ko‘zlarini
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |