Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
— Qancha turmoqchisizlar? 
— O’n-o‘n beshta odamni yer tishlatishga qancha kerak bo‘lsa, o‘shancha. 
— Ertalab qulay payt ekanida sizlar nega biz uchalamizni o‘ldirmadinglar? Bemalol shunday 
qilsalaring bo‘lar edi-ku? 
— Bilaman. Kayfiyat yo‘q edi. Miyangda bir narsa g‘uvillab turganida o‘zingga-o‘zing pand bera 
boshlaysan. Bitta sen haqsan, boshqalar hammasi nohaq, deb o‘ylaysan. Lekin, men mana bu 
odamlarni o‘ldira boshlaganimda birdan ularning g‘irt ahmoqligini, ularga qo‘l ko‘tarib bekor 
qilganimni anglab qoldim. Kech angladim. Shundan keyin davom etishga ko‘nglim bo‘lmadi, o‘zimni 
yana aldash, g‘azabimni qo‘zg‘atish, kerakli kayfiyatni qayta tiklash uchun bu yerdan ketdim. 
— Qayta tikladingizmi? 
— Unchalik emas. Lekin shu ham yetarli. 
Kapitan sigaretasini aylantirib qaray boshladi. 
— Nega shunday qildingiz? 
Spender xotirjam to‘pponchani oyoqlari yoniga qo‘ydi. 
— Chunki men Marsda ko‘rganlarimni faqat orzu qilish mumkin, xolos. Ular biz yuz yil avval 
to‘xtatishimiz kerak bo‘lgan joyda to‘xtaganlar. Men ularning shaharlarini aylanib chiqa boshladim, bu 
xalqni bilib oldim va ularni o‘z ajdodlarim deb atashdan baxtli bo‘lar edim. 
— Ha, ularning shaharlariga gap yo‘q. — Kapitan shaharlardan biriga boshi bilan ishora qildi. 
— Gap faqat shundagina emas, albatta, ularning shaharlari yaxshi. Marsliklar o‘zlarining 
turmushlarini san’atkorona ifodalab qo‘ya olishgan. Amerikaliklarda san’at har doim alohida modda 
hisoblanadi, uning joyi — yuqorida, hardamxayol o‘g‘lining xonasida. Boshqalar uni yakshanbalik 
ulushlari, ta’bir joiz bo‘lsa, kimdir din bilan qorishiqda deb biladi. Marsliklarda esa hammasi bor — 
san’at ham, din ham va boshqalar ham... 
— Ular bir narsaning tagiga yeta olishdi, deb o‘ylaysizmi? 
— Albatta. 
— Shuning uchun ham siz odamlarni o‘ldira boshlagansiz? 
— Kichkinaligimda ota-onam meni o‘zlari bilan Mexiko-sitiga olib ketishdi. Otam o‘zini u yerda  
baqiroq, dimog‘dor tutganini hech esimdan chiqarolmayman. Onamga kelsak, uni u yerdagi odamlar 
kam yuvinadi, badani qora deb unchalik yoqtirishmasdi. Opam esa ular bilan umuman gaplashmasdi. 
Bitta mengina ularga yoqib qolgan edim. Otam bilan onamning Marsga kelib qolsa o‘zlarini xuddi 
o‘shanday tutishlarini men juda yaxshi tasavvur qilaman. O’rtacha amerikalik har qanday g‘ayrioddiy 
narsaga burnini jiyirib qaraydi. Chikago tamg‘asi yo‘qmi, demak, bu hech narsaga yaramaydi. 
Ko‘rdingizmi qanaqa! Ey xudo, shunaqayam bo‘ladimi! Urush-chi! Parvozimizdan oldin Kongressda 
yangragan nutqlar esingizdadir! Mabodo sayohat muvaffaqiyatli chiqsa, Marsda uch atom 
laboratoriyasi va atom bomba omborlari joylashtirishar emish-a! Bundan chiqdi, Mars tamom; barcha 
mo‘‘jizalar yo‘q bo‘lib ketadi. Xo‘sh, o‘zingiz ayting-chi, agar marslik Oq uy pollarini ho‘l qilib qo‘ysa, 
siz o‘zingizni qanday his qilgan bo‘lardingiz? 
Kapitan churq etmay quloq solib turardi. 
Spender gapida davom etdi: 
— Qolgan galvarslar-chi? Tog‘ sanoati bosslari, sayohat byurosi... Ispaniyadan Kortes o‘zining 
yuvosh kompaniyasi bilan kelganida Meksikaga nima bo‘lgani esingizdami? Bu yuho taqvodor — 
iblislar qanday madaniyatni yo‘q qilib tashlashdi! Tarix Kortesni kechirmaydi. 
— Bugun biz bilan odobli muomala qilishdi deb aytib bo‘lmaydi, — dedi kapitan. 
— Mening ilojim qancha edi! Siz bilan bahslashaymi? Axir men bir o‘zimman — u yerda, Yerdagi bu 
ablah, yebto‘ymas butun bir galaga qarshi bir o‘zim-a. Ular bu yerda darhol o‘zlarining maraz atom 
bombalarini irg‘ita boshlaydilar, yangi urushlar uchun bazalarga yer talashadilar. Bu ham 
yetmagandek, bir sayyora kamlik qilib, boshqa sayyoralarning rasvosini chiqaradilar. Kallasiz 
vaysaqilar. Bu yerga kelganimda men o‘zimni faqat madaniyat deb atalmish bu balodan emas, 
ularning bu axloq-odobi, bu rasm-rusumlaridan ham qutulgandek bo‘lgan edim. Bu yerda endi menga 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish