www.ziyouz.com kutubxonasi
28
turadigan qit’adasizlar, bu ham Yer deb ataladigan dunyodasizlar. Endi tuyog‘ingizni shiqillatib qoling,
xayr.
Ayol yo‘l-yo‘lakay marjonli pardani sura-sura yo‘lakdan mayda odimlab ketdi.
Uchala o‘rtoq bir-biriga qaradi.
— Eshik qurib olamiz, — taklif qildi Lyustig.
— Mumkin emas. Xususiy mulkchilik. Ey xudoyim-a.
Ular zinadan pastga tushishdi-da, pastki pillapoyaga o‘tirib olishdi.
— Bizlar yo‘ldan adashib, yura-yura orqaga, Yerga adashib qaytib kelib qolmadikmikan, deb hech
xayolingizga keldimi, Xinkston?
— Qanday qilib?
— Bilmadim, bilmadim. Yo tavba, iltimos, fikrlarimni to‘plab olay.
— Axir biz har bir millik yo‘lni nazorat qilib kelgan edik-ku, — davom etdi Xinkston. —
Xronometrlarimiz qancha yo‘l bosib o‘tganimizni aniq hisolab berishdi. Biz oyning yonidan o‘tdik, Katta
koinotga chiqdik va bu yerga uchib keldik. Marsda ekanimizga men zarracha shubha qilmayman.
Gapga Lyustig aralashdi.
— Balki makonga, zamonga bir nima bo‘lgandir? Bilasizlarmi, biz to‘rtinchi o‘lchamda adashib
qolganmiz va yerga 30 yoki 40 yil oldin qaytib kelganmiz.
— Qo‘ysangiz-chi, Lyustig!
— Lyustig eshik yoniga keldi-da, qo‘ng‘iroqni tortdi va muzdek, qop-qorong‘i xonaga qarab
qichqirdi:
— Hozir qaysi yil?
— 1926 yil, qaysi yil bo‘lardi, — javob berdi ayol arg‘imchoqda o‘tirgan va limonaddan simirgan
ko‘yi.
— Ana, eshitdingizmi? — Lyustig shiddat bilan orqaga o‘girildi. — 1926 yil! Biz o‘tmishga uchib
ketganmiz! Bu — Yer!
Lyustig o‘tirdi. Endi u hammaning xayolini band etgan hayratomuz va dahshatli xayollarga qarshilik
ko‘rsatmasdi. Tizzalarida yotgan qo‘llari asabiy uchar edi.
— Men shuning uchun parvoz qilganmidim? — gap sotdi kapitan, — Men dahshatga tushib
ketyapman, dahshatga! Nahotki shunday bo‘lishi mumkin? Eynshteynni chaqirish kerak bu yerga...
— Bu shaharda bizga kim ishonardi? — nido soldi Xinkston. — Uf, o‘t bilan o‘ynashayapmiz! — Axir
bu vaqt, to‘rtinchi o‘lcham, yaxshisi, raketaga qaytib borib, uyga uchmaylikmi-a?
— Yo‘q, hech bo‘lmaganda yana bitta uyga qarab olaylik.
Ular uchta uyning yonidan o‘tishdi va qudratli daraxt tagida turgan mo‘‘jazgina oppoq kottej oldida
to‘xtashdi.
— Men har doim har bir gapning tagiga yetib o‘rganganman, — dedi komandir. — Hozircha biz hali
gapning mag‘zini yaxshilab chaqmagan ko‘rinamiz. Faraz qilaylik, Xinkston, samoviy sayohatimiz juda
qadim paytda boshlangan degan taxminingiz to‘g‘ri. Ko‘p yillar oldin bu yerga uchib kelgan yerliklar
Yerni sog‘ina boshlashgan. Avvaliga bu sog‘inch bir oz g‘ijinishdan nariga o‘tmagan, keyin
chinakamiga asabiylashish boshlangan, jinni bo‘lish darajasigacha borib yetgan. Psixiatr sifatida siz
shunday holda nimani tavsiya etgan bo‘lardingiz?
Xinkston o‘ylanib qoldi.
— Nima qilardim, ehtimol Mars tamaddunini har kuni Yerdagiga tobora o‘xshab borishi uchun oz-
ozdan qayta tiklar edim. Agar Yerdagi o‘simliklarni, yo‘llarni, ko‘llarni, hattoki okeanni qayta tiklash
usuli bo‘lsa, men, albatta, shunday qilgan bo‘lardim. Keyin ommaviy gipnoz vositalari bilan mana
shunday shaharning barcha aholisiga, bu yer hech qanday Mars emas, bu yer chinakam Yer
sayyorasidir, deya miyasiga quygan bo‘lardim.
— A’lo, Xinkston. Nazarimda, biz to‘g‘ri ketayapmiz, anovi uyda biz ko‘rgan ayol o‘zini Yerda
yashayapman, deb o‘ylayapti, vassalom. Shu uning xayolini ushlab turibdi. Bu ayol va bu
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |