Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
25
ming yillar talab etilmaydimi?! Kezi kelganda shuni ayting-chi, menga marsliklarda, birinchilardan, 
aynan shunday deraza romlari, ikkinchidan minorachalar, uchinchidan, ayvonchadagi arg‘imchoqlar, 
to‘rtinchidan pianinoga o‘xshagan cholg‘u asbobi, beshinchidan, teleskopga diqqat bilan qarang-a, 
mana shunday bo‘lishi mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Marslik bastakor o‘z asarini kelib-kelib aynan 
“Ajoyib Ogayo” deb atashi ham mantiqqa to‘g‘ri kelarmikan? Axir bu bir narsanigina anglatishi 
mumkin: Marsda ham Ogayo daryosi bor ekan! 
— Kapitan Uilyams bo‘lmasa-chi, — qichqirib yubordi Xinkston. 
— Nima? 
— Kapitan Uilyams va uning uch hamrohi! Yoki Nataniel York o‘z juftligi bilan bular hammasini 
aytib turibdi! 
— Bu hech narsani aytib turgani yo‘q. Bizning aniqlashimizga qaraganda, Yorkning raketasi Marsga 
qo‘nar-qo‘nmas portlab ketgan va har ikkala fazogir halok bo‘lgan. Uilyams va uning uchala 
hamrohiga kelsak, ularning kemasi yetib kelgandan keyin ikkinchi kuni portlab ketgan. Nima 
bo‘lganda ham ayni shu vaqtda uzatgichlar ishdan to‘xtab qolgan. Ular tirik bo‘lganida biz bilan aloqa 
bog‘lashga uringan bo‘lar edilar. York ekspeditsiyasi vaqtidan buyon atigi bir yil o‘tganini, kapitan 
Uilyams ekipaji esa bu yerga avgustda uchib kelganini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Faraz qilaylik-chi
ular tirik hamdirlar — garchand eng mohir marsliklar yordamida shunday qisqa vaqt butun bir 
shaharni qurish va uning sharti ketib, parti qolgan bir holga kelishi aqlga sig‘adigan ishmi? Siz 
yaxshilab qarang, axir bu shahar kam deganda yetmish yil oldin qurilgan. Eshik oldidagi panjaralarni 
qarang, daraxtlarga qarang — yuz yoshli dublar-ku! Yo‘q, York ham, Uilyams ham bu yerda hech 
qanday ahamiyatga ega emas. Bu yerda butunlay boshqa gap bor. Menga unchalik yoqmayapti. Toki 
gap nimadaligini bilmagunimcha kema ichidan chiqmayman. 
— Buning ustiga, — qo‘shimcha qildi Lyustig, — Uilyams va odamlari, York ham Marsning narigi 
tomoniga qo‘nganlar. Biz esa bu tomonni ataylab tanladik. 
— Xuddi shunday! Agar York va Uilyamsni marslik qabilalar qasddan o‘ldirgan bo‘lsalar, demak, 
bizga ikkinchi yarim sharda qo‘nishga ataylab buyruq berilgan bo‘lib chiqadi. Halokat 
takrorlanmasligining oldini olishgan bo‘lishsa kerak. Demak, biz shunday bir puchmoqda turibmizki, 
uni, bizga ma’lum bo‘lishicha, na Uilyams, na York ko‘zlari bilan ko‘rishgan. 
— Jin ursin, — dedi Xinkston, — baribir men sizni ruxsatingiz bilan bu shaharga boraman, kapitan. 
Axir Quyosh tizimimizdagi barcha sayyoralarda tafakkur va tamaddun bir-biriga o‘xshash yo‘llar bilan 
taraqqiy etgan bo‘lishi mumkin-ku. Kim bilsin, ehtimol, biz davrimizning eng buyuk psixologik va 
falsafiy kashfiyoti bo‘sag‘asida turibmiz! 
— Men bir oz kutib turishni ma’qul deb bilaman, — dedi kapitan Jon Blek. 
Komandir, balki ro‘parangizda xudoning borligini birinchi marta isbot qilgan hodisa turgandir! 
— Bunday isbotlarsiz ham dindorlarni xudo urib yotibdi, mister Xinkston... 
— Ha, men ham o‘shalarning sirasiga kiraman, kapitan. Ammo bir narsa kundek ravshan. — 
Bunday shahar ilohiy qudratning aralashuvisiz paydo bo‘lishi mumkin emas. Mana bu mayda-chuyda 
narsalar, qismlar... Vujudimda shunday qarama-qarshi tuyg‘ular kurashi ketayaptiki, kulishimni ham
yig‘lashimni ham bilmayman. 
— Unda biz nimaga duch kelganimizni aniqlagunimizcha unisidan ham, bunisidan ham tiyilib 
turing. 
— Nimaga duch kelibmiz? — gap qo‘shdi Lyustig. — Hech narsaga duch kelganimiz yo‘q-ku. Oddiy, 
jim-jit, ko‘rkam, yam-yashil shaharcha, xuddi men tug‘ilgan o‘sha daqqiyunusdan qolgan 
puchmoqning o‘zginasi. U menga ham yoqayapti. 
— Qachon tug‘ilgansiz, Lyustig? 
—1950 da, ser. 
— Siz-chi, Xinkston? 
— 1955 da, kapitan. Grinnell, Ayova shtati. Bundoq qarasam, go‘yo o‘z jonajon vatanimga qaytib 
kelgandekman. 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish