Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
33
— Hammasini birdaniga ko‘tara olarmikinman? — dedi kapitan. — Charchoqdan jonim chiqqudek 
bo‘lib turibdi. Bir kunda shuncha voqea! Xuddi jala ostida soyabonsiz va yomg‘irpo‘shsiz ikki kecha-
kunduz turgandek sillam qurigan. Taassurotlarim suyak-suyagimgacha singib ketgan... 
Edvard qo‘llarini har tomonga keng yoygancha katta va oppoq choyshabni to‘shadi va urib 
shishirdi. So‘ng derazani ochdi. Xonaga yosumanning tungi xushbo‘y hidi oqib kirdi. Oy pirpirab 
turardi, uzoq-uzoqlardan raqs musiqalari va  bosiq ovozlar quloqqa chalinardi. 
— Mana, ko‘rdingmi, Mars qanaqa! — dedi kapitan yechinar ekan. 
— Ha, shunaqa. — Edvard sekin yechindi, qo‘ylagini boshidan shoshmaygina tortib oldi, oftobda 
qizargan keng yelkalari, mushakdor bo‘yni ko‘rindi. Chiroq o‘chirildi. Ana, ular 30 yilmi, 40 yilmi 
oldingidek yana karavotda yonma-yon yotishibdi. Kapitan yosuman hidi tutgan havoni huzur qilib 
ichiga tortgancha, tirsagiga suyanib turib o‘tirdi. Daraxtlar orasidagi maysazorda kimdir patefon 
qo‘ydi. Undan “Har doim” degan kuy yangray boshladi. 
Blek Merlinni esladi. 
— Merlin ham shu yerdami? 
Akasi derazadan tushib turgan to‘rtburchak oy nurida chalqancha tushib yotar edi. U hadeganda 
javob bermadi. 
— Ha, — bir oz taraddudlanib qo‘shib qo‘ydi. — Hozir shaharda emas, u ertaga ertalab bo‘ladi. 
 Kapitan ko‘zlarini yumdi. 
— Men Merlinni juda ham ko‘rgim kelayapti. 
Jimjit xonada ularning nafaslarigina eshitilib turardi. 
— Yaxshi yotib tur, Ed. 
Jimlik. 
— Yaxshi yotib tur, Jon. 
Kapitan fikrlariga erk berib huzur qilib yastandi. Shundagina bugungi zo‘riqish uning vujudidan 
sitilib chiqib ketdi va u nihoyat odamlardek mushohada qilish imkoniga ega bo‘ldi. Qayoqqa 
qaramasin, asabiylashgan odamlar. Quloqni qomatga keltirgan orkestr ovozi. Qarindosh-urug‘larning 
tanish basharalari... Ammo endi... 
“Qanday qilib? — ajablanardi u. — Bularning bari qanday qilib bo‘ldi ekan? Nima uchun? Kim 
uchun? Bu nima? — ilohiy ro‘yoning so‘z bilan ifodalab bo‘lmas farog‘atimi? Nahotki xudo rostdan 
ham o‘z bandalari deb shunchalar kuyib-pishsa? Qanday qilib, nima uchun, kim uchun?” 
Xinkston va Lyustig kunduzi, dastlabki taassurotlar ta’siri ostida unga taklif qilgan nazariyalarni 
tarozuga solib ko‘rdi. So‘ng erinchoqlik bilan turli yangi taxminlarni o‘zining teran farosati qa’riga 
toshchalar kabi  bir-bir tashlagancha, obdon fikr elagidan o‘tkazdi, shunda uning shuurida allaqanday 
yorqin tushunchalar miltillab ko‘zga chalina boshladi. Oyisi. Otasi. Edvard. Mars. Yer. Mars. Marsliklar. 
Qiziq, ming yil oldin Marsda kim yashagan ekan? Marsliklarmi yoki har doim bugungidek 
bo‘lganmi? 
Marsliklar. U past ovozda o‘zicha shu so‘zni bir necha bor takrorladi. 
To‘satdan u qah-qah urib kulib yuborayozdi. Kutilmaganda miyasiga o‘taketgan bema’ni fikr kelib 
qoldi. Badanidan sovuq ter chiqib ketdi. He-yo‘q, bu bo‘lmag‘ur narsa, albatta. Hech ham bo‘lishi 
mumkin emas. Puch gap. Miyangdan chiqarib tashla bu gaplarni, g‘irt kulgili. 
Baribir ham... Agar taxmin qilsang! Ha, Marsda faqat marsliklar yashashini taxmin qilsagina. 
Ularning kemamiz yaqinlashib kelayotganini, uning ichida bizning o‘tirganimizni ko‘rishganini tasavvur 
qilsa... Yana deylik — shunchaki qiziq uchun — chaqirilgan mehmonlarni bosqinchilar sifatida yo‘q 
qilib yuborishga ahd qilishganini, buni ham juda ustamonlik bilan, chaqqonlik bilan, bizning 
xushyorligimizni bir pulga chiqarib, uddalashlarini tasavvur qilsa. Ko‘rdingizmi, atom quroli bilan 
qurollangan yerliklarga qarshi marsliklar qanaqa vositalarni ishga solishmaydi. 
Buning javobi savolidan ham qiziq edi. Telepatiya, gipnoz, esdaliklar, tasavvurlar. 
Faraz qilaylik, bu uylar hech ham haqiqiy emas, karavot ham haqiqiy emas, bular barchasi mening 
o‘z tasavvurlarim mahsullari, Mars telepatiyasi va gipnozi yordamida moddiylashtirilgan tasavvurlar, 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish