Rivojlanish rsixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining rivojlanish
Otgan ajdodlarimiz Yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yonalishda, malum konsepsiya asosida organmagan bolsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bolishi, rivojlanishi va ozgarishlari togrisida qimmatli fikrlar bildirganlar. Bular tort xil manbalarda uchraydi. Ularning biri xalq ijodiyoti; rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi maxsus ijodkor kishilira (hatto, xukmdorlar) muayyan shaxsga bagishlab yozgan ogit-nasihat va hikoyalar, uchinchisi - qomusiy, orta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; tortinchisi - turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining mahsullari, yani badiiy asarlardir.
Abu Nasr Forobiyning inson va uning psixikasi haqidagi ahloqiy-falsafiy mushohadalari Ideal shahar aholisining fikrlari, Masalalar mohiyati, Falsafiy savollar va ularga javoblar, Jism va aksidensiyalarning shakllariga qarab bolinishi, SHarhlardan, Xikmat manolari, Aql manolari togrisida kabi qator asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy ozining otmish yodgorliklari kitobida inson hayotiga doir xilma-xil malumotlarni keltiradi. SHu jumladan,, olim kishilarning jismoniy tuzilishi, umrlarning ozun-qisqaligi togrisida bildirgan mulohazalar diqqatga sazovordir. Beruniy odam uzoq vaqt yashashining sababini biologik va irsiy omillar bilan boglaydi. Bu jihatdan uning Hindiston, Mineralogiya asarlari, Ibn Sino bilan yozishmalari alohida ahamiyatga ega.
Ibn Sinoning 5 tomlik Tib qonunlari asarida organizmning tuzilishi, undagi nervlar va nerv yollari, fiziologik jarayonlar bilan bogliq psixik jarayonlar bilan bogliq psixik jarayonlar haqida ancha muhim malumotlar bor. Uning Odob haqida risolasi ham inson shaxsini shakllantirish togrisidagi jiddiy asardir.
YUsuf Xos Xojibning Qutadgu bilig asaridagi malumotlar ham hozirgacha oz qimmatini yoqotmagan.
AQSHlik psixolog Dj. Bruner (1915) shaxsning tarkib topishi bilan talim ortasida ikkiyoqlama aloqa mavjudligi aytib, insonning kamolot sari intilishi bilan olish samaradorligini oshirsa, oqitishning takomillashuvi uning ijtimoiylashuvi jarayonini tezlashtiradi, deb uqtiradi.
SHu tariqa Yosh psixologiyasi fani qator rivojlanish bosqichlaridan otib, bugungi darajasiga erishdi. Uning rivojlanishiga orta Osiyo allomalari, rus va chet el psixologlari munosib hissalarini qoshdilar. YUqorida aytilgan nazariyalar, amaliy va ilmiy malumotlar, tadqiqotchilar yaratgan metodikalarning oz ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Yosh davrlarining tabaqalash nazariyalari.
Psixologiya fanida Yosh davrlarini tabaqalash boyicha qator mustaqil nazariyalar mavjud, ular inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai nazardan yondashadi va muammoning mohiyatini turlicha yoritiladi. Ularga biogenetik, sotsiogenetik, psixogenetik, kognitivistik, psixo-analitik, bixevioristik nazariyalarni kiritish mumkin.
Quyidagi mazkur nzariyalar va ularning ayrim namoyandalar ifodalagan Yosh davrlarini tabaqalash prinsiplarini korib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |