Godakda muloqot kolamining kengayishi va nutqning vujudga kelishi
Godakning kattalar bilan ozviy bogliqligi majburiy muloqotga kirishishni taqozo qiladi. SHaxslararo aloqa ornatish zarurati bolada noverbal, nutqsiz muloqotning maxsus shakli paydo bolishiga olib keladi. Organizmning tashqi va ichki qozgatuvchilarga javobi jonlanish”ni keltirib chiqaradi.
Katta Yoshli kishilar tovushiga taqlid qilish, godakning qurshab torgan odamlar nutqini idrok qilish tub manodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning eng oddiy korinishlari keyinchalik boshqa murakkabroq korinishlarining vujudga kelishiga puxta zamin yaratadi. Muloqotning song turlari godak hayotning ikkinchi yarim yilida kozga tashlanadi. Bu ozini parvarishlayotgan odamlarga iliq tabassum, quvonch va shodlik tuygusi bilan boqishi faqat xush kechinmalardan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy tasirlanishni aks ettiruvchi muloqot. Katta Yoshli odamlardan tasirlanish his tuygusi godakning hayoti va faoliyatida bir necha yonalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuygusida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, ularning harakatlarini kozatishi, qolini ozatishi, boshini qozgatuvchi kelgan tomonga burishi, oziga xos tovushlar chiqarishi yoqi gugulashida yaqqol korinadi. Tasirlanish his- tuygusi jonlanish majmuasi bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari ( tovush, chehra va hokazolar) tasirida ham vujudga keladi. Tasirlanish tuygusi keyinchalik tanlash xususiyatini kasb etib, faqat ayrim( yaqin, tugishgan) kishilarga nisbatangina hosil boladi, xolos. Haqiqatan ham, tasirlanish tuygusi avval umumiy xususiyatga ega boladi, keyinchalik (4 5 oylik paytlarda) kishilarni tanish va begonaga ajratish bilan yakunlanadi. YAni tanishlar godakda chuqur ijobiy kechinmalar hosil qilsa, begonalar quvonch va tabassum hislarini butunlay toxtatishga ham olib keladi. Tanish odam ruhiy bilish jarayon sifatida bolaning psixikasida alohida ahamiyat kasb etadi. SHu boisdan katta Yoshdagi odamlar godak uchun dastlabki tanish jarayonining obektiga aylanadilar va muloqot davomida ijobiy tasirlanish tuygusini paydo qiluvchi qozgatuvchi vazifasini otaydilar.
Insonga qaratilgan tasirlanish tuygusi vaqt otishi bilan turli jismlarga ham kochadi. Kattalar qolidagi, masalan, oyinchoq godakda quvonch va jonlanish hissini uygotadi, jismlarning bola nigohini oziga jalb etish xususiyati ham kattalar yordamida royobga chiqadi. Godakning yarim Yoshida ular bilan muloqotga kirishish jarayoni ikki xil xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomonlama, faqat tasir otkazish (kommunikativ) bilan chegaralansa, endi teskari munosabat (godakning ularga javobi, yani interaktiv tariqasida) ham vujudga keladi. CHunonchi, bola kattalarning kiyimini tortqilaydi, ularga qichqiradi, hatto hiqillaydi va hokazo. Mazkur ruhiy holat bolaning kattalar bilan muloqoti (keyinchalik u muomalaga osib otadi) rivojlanishining yuqoriroq bosqichiga kotarilganidan dalolat beradi. Godakning katta odamlarga qoyadigan talablari, garchi qatiy ohangda, soz bilan ifodalanmasa-da masalan, qolini oyinchoq qisib olsa, kuylagi ilinib qolsa, koptogi dumalab ketsa, charchasa va boshqa holatlar roy bersa, boshqalarni chaqiruvchi signal vazifasini bajarsa, keyinchalik shunchaki chaqirish vositasiga aylanadi va bu hol muloqotga ehtiyojdan, uning nisbatan taqlidchiligidan kelib chiqadi. SHuningdek, bola oyin faoliyatida qiyinchiliklarga uchrasa, oyin qovushmasa ham mazkur chaqiriq vositasidan foydalanadi. Bazan u oziga etiborni tortish uchun ham xuddi shunday qilishi mumkin.
Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilishi va uni tushunishi jadal suratlar bilan osaveradi. CHunki ona yoki tarbiyachi uni parvarishlash va tarbiyalash jarayonida har bir harakatni tushunchalar, soz atamalar bilan birga amalga oshiradi, harakat bilan predmetlarning ozaro ozviy bogliqligini yoritishga tirishadi. Malumki,har qaysi predmet (jism,narsa) va voqea oz nomi bilan ifodalanadi, natijada bola uchun onaning yoki murabbiyaning nutqini tushunish va ilgab olish birmuncha engillashadi. Bularning barchasi bola bilan katta Yoshli odamlar ortasida ozluksiz hamkorlik vujudga kelishini taqozo qiladi. Bolaning hamkorlikdagi (ota-ona, aka-opa, enaga, murabbiya yoki tugishganlari ishtirokidagi) oyin faoliyati ham, his-tuyguga berilishi ham nutq va nutq faoliyati bilan chambarchas bogliq holda amalga oshadi.
Olima G.L.Rozendart–Popko bolaning nutqni tushunishi, idrok qilishi jarayonini organib, koruv idrok va predmetlarga (jismlarga) koz yugurtirish, ularning nomlarini tushunishning rivojlanishiga yordam beradi, degan xulosa chiqaradi. Tadqiqotchi Z.I.Barabanova esa godakning nutqni idrok qilishida turli analizatorlarning roliga baho beradi. U malumotlariga qaraganda, qozgatuvchi 10 marta namoyon bolganida koruv analizatorlarining yonalishi 86 foiz bolada saqlangan,eshituv analizatori esa 60 foiz sinaluvchilarda yoqola boshlagan. Qozgatuvchining 20 marta tasir korsatishi natijasida koruv analizatorining tasirlanish moljal 18 foiz bolada songan, eshituv analizatori esa xuddi shu paytda batamom sonib bolgan.
D.B.Elkonin xulosasiga kora, nutqni tushunishning vujudga kelishining asosiy shartlari quyidagilardan iborat: a) umumiy holatdan jismlarni ajrata olish; b) diqqat–etiborni bir nuqtaga (jismga) markazlashtirish; v) favqulodda holatga qarab anglanadigan his–tuyguning mavjudligi va boshqalar.
Ozgalar nutqini tushunish qoruv idroki zamirida vujudga keladi. Bolani ozgalar nutqini tushunishga orgatishda katta Yoshli odam biror oyinchoqdan tasirlanishni hosil qiladigan qozgatuvchini uygotadi. Buning uchun jism va rasmlarga bolaning diqqatini jalb etadi yoki uning qolidagi yoxud stol ustidagi obektlarni korsatib Surnay qani?, Katta ayiqcha qani?, Koptok qani, avtomobil–chi?, kabi savollar bilan murojaat qiladi. Bunday mashgulotlarni bir necha marta takrorlanishi natijasida talaffoz qilinayotgan soz bilan predmet ozviy boglanadi va bu boglanish bir necha bosqichlarda namoyon boladi. Dastavvald kattalarning savoli bolada hech qanday tasirlanish tuygusini qozgatmaydi, hatto godak osha predmetga qiyo ham boqmaydi. Ikkinchi bosqichda bolada savolga nisbatan sust harakatlanish hosil boladi va u predmet torgan tomonga oz diqqatini yonaltiradi. Nutqni idrok qilishning uchinchi bosqichida godak jismning mohiyati va mazmuniga etibor qaratmaydi. Balki berilayotgan savolning ohangi, ritmi, tezligi mantiqiy orgusi uning uchun bosh mezon, asosiy turtki vazifasini bajaradi.Ozgalar nutqini tushunishning oxirgi bosqichda godak predmetni (jismni) anglatuvchi soz bilan predmetni ozaro boglash imkoniyatiga ega boladi. Natijada boshqa joylardan ham shu jismni topish uchun ijodiy izlanishga harakat qiladi. Bu jarayon godakning 910 oyligidan boshlanadi, uni ozgalar nutqini tushunishning ilk shakli va korinishi deb atash mumkin.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning godakka qaratilgan nutqidan quyidagi tasirlanish holatlarini korish mumkinligini aniqlagan:
1) nomi aytilgan predmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikda);
2) turmush tajribasida egallangan harakatlarni katta Yoshdagilar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda);
3) kattalarning nutqiy korsatmasi boyicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9 -10 oylikda);
4) nutqiy korsatma boyicha zarur predmetni tanlab olish (10-11oylikda);
5) Mumkin emas degan taqiqlovchi ibora tasirida harakatni toxtatish
(12 oylikda) va hokazo.
Godakda ozgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan, qozgatuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (ziyrakligiga, topqirligiga) bevosita bogliq bolib, bola ulardan tasirlanib, narsalarga nigoh tashlaydi, ushlab olish uchun qol chozadi oldinga emaklab boradi. Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab tasirlanishning ozi ham murakkablashib boradi. Dastlab tasirlanish biror jismga nisbatan paydo boladi, keyinchalik biror jismni boshqa obektlar bilan yonma–yon torgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan kochadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari koruv idroki bilan nutq ortasidagi oziga xos munosabat tariqasida namoyon boladi. SHuning uchun tushunish, yani nutqni idrok qilish godakni moljallash faoliyati negizida vujudga kelib, korib moljalga olish chamalashning osishida yangi bosqich hisoblanadi va harakatning soz bilan boshqaruv bosqichiga kochganligini bildiradi.
D.B.Elkoninning fikricha, bir Yoshgacha bolada psixikaning osishining oziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1) kattalar nutqini tushunish hamda dastlabki sozlarni mustaqil talaffoz qilish;
2) predmetlar bilan xilma–xil harakatlarni uygunlashtirib ish–harakat bajarish;
3) yurishga urinish;
4) hatti–harakatni soz bilan boshqara olish;
5) soz vositasida godakning idrok qilish faoliyatini boshqarish va hoqazolar.
SHunday qilib, bir Yoshgacha godakda yozaga kelgan bu qimmatli xususiyatlar bolada ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida hamda uning shu ehtiyoj orqali katta Yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida oz ifodasini topadi. Jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti–harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tugiladi va kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida va ayni vaqtda godakning osishi roy beradi. Uch oylik godak gapirayotgan odamni oz kozlari bilan topish imkoniyatiga ega boladi, chunki unda shu paytgacha tovush manbaini izlash oquvi shakllangan boladi. Bola tovush kelgan tomonga qarab, sozlovchiga munosabatini his–tuyguga orab ifodalay oladi. Godakning borgan sari diqqat bilan atrof-muhit manzaralarini va har xil ovozlarni eshitish hamda korish imkoniyatni uning umumiy osishida alohida ahamiyat kasb etadi. Tajribalar tahlili korsatadiki, korish eshitish analizatorlari godakning voqelik va borliq bilan, kattalar bilan ozaro muloqotga kirishishi natijasida takomillashadi. Godakning turmush tajribasi ortib borishi bilan oz kozlari orqali inson va jismlar togrisida muayyan malumot olishi vujudga keladi.Eshitish analizatorlari yordamida tovushlarni idrok qilish ovozlarni farqlashdan iborat shartli reflekslarning tabiatiga koproq bogliqdir. SHu sababli godak inson bilan musiqaning tovushini ajrata biladi, ularning kuchsiz va kuchliligini, yoqimli va yoqimsizligini sezadi. Uning eshitishi, tushunishi va nutqni idrok qilishi kopincha shartli boglanishlarning sifati bilan olchanadi.
Inson zotining bir Yoshgacha davrini nutqgacha davr deb atash odat bolib qolgan. Bu davr mobaynida godak bosh miya katta yarim sharlari ikkinchi signallar sistemasi faoliyati bilan bogliq anchagina ishlarni amalga oshiradi.
Godak ikki oylik bolgunicha gudurlashni organadi. Gudurlanish ijobiy his–tuygu, barqaror kayfiyatning mahsuli sifatida boshlanadi. U asta–sekin artikulyar apparatning takomillashuvi natijasida tovushlarni ozaro farqlay boshlaydi. YUqorida aytilganlarning barchasi bola amalga oshirayotgan nutq faoliyatining nishonasi tugilayotganini korsatadi va bu davr uchun alohida ahamiyat kasb etishini bildiradi.
Godak hayotining birinchi yarim yilida turli xususiyatlarga ega analizatorlar rivojlanib, moljallash reaksiyasi aniqroq ifodalana boshlaydi. SHartli reflekslar kolami tobora kengayishi natijasida voqelikka hissiy munosabat takomillashadi. Godak hayotining ikkinchi yilida esa u kattalarning imo-ishoralarini tushunib idrok qila boshlaydi. Faol nutq alomatlarining vujudga kelishi bilan godaklik davri tugaydi va ilk bolalik Yosh davri boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |