Microsoft Word marsga hujum ziyouz com doc



Download 467,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/140
Sana31.12.2021
Hajmi467,56 Kb.
#244897
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140
Bog'liq
Marsga hujum (roman)

 
 
 
Aprel 2000 
 
UChINChI EKSPYeDISIYa 
 
Kema koinotdan keldi. Yulduzlar, aql bovar qilmas tezliklar, charaqlagan harakat va soqov samoviy 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
24
tubsizlik ortda qoldi. Kema yap-yangi edi; uning vujudi o‘t bo‘lib yonardi, uning temir uyachalarida 
odamlar o‘tirardi; olov ufurgan, qaynoq nafas olgancha u mutlaqo ovozsiz parvoz qilardi. Uning 
bo‘lmalarida komandir bilan qo‘shib hisoblaganda o‘n yettita odam bor edi. Ogayo kosmodromidagi 
xaloyiq qichqirar, qo‘llarini siltar edi, raketa tagidan ulkan yaproqli qip-qizil olov gul kabi ochildi-yu, u 
fazoga otildi — Mars sari Uchinchi ekspeditsiya boshlandi! 
Endi kema temir aniqligi bilan Mars havosining yuqori qatlamlarida harakatni sekinlashtirdi. U 
hamon go‘zallik va qudrat tajassumi edi. Koinotning tim qora qo‘ynini yorib, u bamisoli tiniq dengiz 
darrandasi singari suzib borar edi; u Oymomo yonida shitob bilan o‘tdi-da, birin-ketin bo‘shliqlar 
bag‘rini tilgancha olg‘a intildi. Uning qornidagi odamlar o‘zlarini har tomonga tashlar, o‘mbaloq oshar, 
dumalar edilar, biri olib, biri qo‘yib jag‘ urardilar. Ulardan biri o‘ldi, biroq qolgan o‘n oltitasi 
illyuminatorning qalin shishasiga yopishib olib, taglarida Mars sayyorasining qanchalik shiddat bilan 
aylanishini va kattalashib borayotganini ko‘zlari kosasidan chiqqudek bo‘lib qarab turar edilar. 
— Mars! — qichqirdi shturman Lyustig. 
— Chol bobo Mars! — dedi qadimshunos Semyul Xinkston. 
— Zo‘r! — dedi kapitan Jon Blek. 
Raketa yam-yashil dalaga kelib qo‘ndi. Sal naridagi xuddi shunday dalada cho‘yandan quyilgan ohu 
turardi. Undan ham narida oftobshuvoqda Viktorian uslubidagi, sanoqsiz va rang-barang shokilali 
oynalari moviy, pushti, sariq, yashil derazali baland bo‘yli uy qad ko‘tarib turardi. Ayvonda paxmoq 
yorongul o‘sib turar, ilmoqlarda yengil shabadadan eski arg‘imchoqlar goh u tomonga, goh bu 
tomonga chayqalar edi. Uyning uchli tomoni uzra rombsimon billur shishali minora charaqlab 
ko‘rinardi. Birinchi qavatdagi keng derazadan “Ajoyib Ogayo” sarlavhali notalar yozilgan musiqa 
kitobchasini ko‘rish mumkin edi. 
Raketa atrofidan Mars bahoridan chiroy ochgan ko‘m-ko‘k va harakatsiz shaharcha har tomonga 
qarab yoyilib ketgan. Oq va qizil g‘ishtdan qurilgan uylar saf tortgan, baland dublar shamoldan egilib-
egilib chayqalar, qudratli qayrag‘ochlar va kashtan daraxtlari ham tinimsiz shovullardi. Unsiz oltin 
qo‘ng‘iroqli qo‘ng‘iroqxonalar savlat to‘kib turardi. 
Bularning barchasini fazogirlar illyuminatordan ko‘rib turar edilar. Keyin ular bir-birlariga qarashdi. 
So‘ng yana illyuminatorga yuzlanishdi. Keyin go‘yo birdaniga nafas olish qiyinlashgandek har kim 
yonidagi qo‘shnisining tirsagiga yopishdi. Ularning yuzlari bo‘zdek oqarib ketdi. 
— Jin ursin meni, — shivirladi Lyustig, yuzini uvishib qolgan barmoqlari bilan artarkan. — Meni 
nima jin urdi o‘zi! 
— Hech ham bunaqa bo‘lishi mumkin emas, — dedi Semyul Xinkston. 
— Yo alhazar! — dedi komandir Jon Blek. 
Kimyogar o‘zining xonasidan turib axborot berdi: 
— Kapitan, havo kam, lekin kislorod yetarli, hech qanday xatar yo‘q. 
— Demak, chiqamiz, shundaymi? — so‘radi Lyustig. 
— Shoshmanglar, — dedi kapitan Jon Blek. — Buning nima ekanini avval yaxshilab bilib olish 
kerak. 
— Bumi? Kichkina shaharcha, kapitan, havo kam bo‘lsa-da, lekin nafas olsa bo‘ladi. 
— Yerdagi shaharlarga o‘xshagan mo‘‘jazgina shaharcha, — qo‘shib qo‘ydi qadimshunos Xinkston. 
— G’oyatda g‘aroyib. Hech ham bunday bo‘lishi mumkin emas, ammo nachora, ana u, oldimizda 
turibdi... 
 Kapitan Jon Blek pirishon holda unga qarab qo‘ydi. 
— Xo‘sh, Xinkston, sizningcha, tamaddun ikki turli sayyorada bir xil sur’atda va bitta yo‘nalishda 
taraqqiy qilishi mumkinmi? 
— Menimcha, unchalikmasdir-ov! 
Kapitan Blek illyuminator yonida turardi. 
— Hov anovi yorongullarga qarang-a. Mutlaqo yangi turi. U yerga bor-yo‘g‘i ellik yilgina avval olib 
chiqilgan edi. Endi-chi, o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, u yoki bu turdagi o‘simlik evolyutsiyasi uchun necha 


Marsga hujum (roman). Rey Bredberi 
 
 

Download 467,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish