www.ziyouz.com kutubxonasi
22
istagancha paypaslab, hidlab, tinglab, til tekkizib ta’mini bilib olishingiz mumkin! Sizni quchishimga
ruxsat bering!
Nihoyat, u kapitandan o‘zini chetga oldi.
— Men bu haqda risola yozaman. U ilmiy ishlarim ichidagi eng yaxshisi bo‘ladi! Kelasi oyda Mars
Fanlar akademiyasida ma’ruza o‘qiyman! Birgina tashqi ko‘rinishingizni o‘zi nihoyatda qimmat turadi.
Siz hatto ko‘zingiz rangini almashtirmoqchi ham bo‘ldingiz — sariq o‘rniga ko‘kni, badaningiz
qorachadan kelgan emas, bilki qizg‘ish! Mana bu kostyumingizni qarang, qo‘lingizda esa, oltita o‘rniga
beshta barmoq bor! Nima ham derdik, ruhiyotdagi og‘ishlar ta’siri ostida mutlaqo biologik
metamarfozadan boshqa hech narsa emas! Buning ustiga, anavi uchta oshnangizni aytmaysizmi...
U mo‘‘jazgina to‘pponchasini oldi.
— Sizni, albatta, davolab bo‘lmaydi. Baxtiqarosiz, g‘aroyib odamsiz! Sizni faqat o‘lim qutqaradi.
Bitta-yarimta aytadigan so‘nggi so‘zingiz bormi?
— Shoshmang, xudo haqqi, otmang!
— Sho‘rlik! Sizni bunday va mana bunaqa uchala odamni tasavvur etishga majbur etgan
azoblardan qutqarmoqchiman. Sizni oldinda go‘zal kelajak kutib turibdi: men sizni o‘ldiraman-u, ko‘z
ochib-yumguncha do‘stlaringiz ham, raketangiz ham gumdon bo‘ladi. Eh, bugungi kuzatishlarim
bo‘yicha shunday bir maqola yozamanki — “Nerotik” saroblarining tarqalishi”!
— Men Yerdan kelganman! Mening ismim Jonatan Uilyams. Mana bular esa...
— Bilaman, bilaman, — quvnoq ohangda dedi mister Ыыы va o‘q uzdi.
Kapitan yuragida o‘q bilan qulab tushdi. Uning do‘stlari qichqirib yuborishdi.
Mister Ыыыning ko‘zlari kosasidan chiqib ketdi.
— Siz haliyam yashayapsizmi? Hecham bo‘lmagan gap! Zamon va makondagi persistensiyali
gallyutsinatsiya! — u to‘pponchasini ularga o‘qtaldi. — Hechqisi yo‘q, men sizlarni g‘oyib bo‘lishga
majbur etaman.
— Yo‘q, — qichqirishdi fazogirlar.
— Hattoki bemorning o‘limidan keyingi eshituv illyuziyasi, — ishchan bir ohangda dedi mister Ыыы
haligi uchalasini bittama-bitta o‘ldirar ekan.
Ular hech qancha o‘zgarmagan holda qum ustida qimir etmay yotar edilar.
U yotganlarni oyog‘i bilan turtdi, so‘ng raketa qorniga dukillatib urdi.
— Raketaga jin ham urmagan! Bular hali ham g‘oyib bo‘lgani yo‘q! — U yana va yana jonsiz
jasadlarga qarata o‘q uzdi. Keyin bir qadam orqaga tisarildi. Tirjaygan qiyofadagi niqob uning oyog‘i
ostiga qulab tushdi.
Psixiatrning yuz ifodasi asta-sekin o‘zgara boshladi. Pastki jag‘i osilib qoldi. Holsiz qo‘lidan
to‘pponcha tushib ketdi. Nigohi bo‘m-bo‘sh, befarq boqardi. U qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib siltadi va
xuddi ko‘r odamdek joyida bir aylandi. U dam-badam so‘lagini yutgancha o‘lik jismlarni paypaslar edi.
— Gallyutsinatsiyalar, — jazava ichida g‘udranardi u. — Ta’m. Ko‘lankalar. Hid. Tovush. Sezgi.
U ko‘zlarining paxtasini chiqarib, qo‘llarini siltar edi. Lablarida ko‘pik paydo bo‘ldi.
— Chiringlar! — bo‘kirdi mister Ыыы, o‘liklarga murojaat qilgancha. — Chiri! — Qichqirdi u
raketaga.
U o‘zining titroq qo‘llariga qaradi.
— Menga yuqdi, — shivirladi u g‘azab ichida. — Endi menga o‘tdi. Telepatiya, gipnoz. Endi men
jinniman. Jinnilarning barcha alomatlari menda. — Bir soniya u tosh qotib qoldi, so‘ng karaxt
barmoqlari bilan to‘pponchani qidira boshladi. — Birgina vosita qoldi. Ularni chirib, yo‘q bo‘lib
ketishiga birgina usul kor qiladi, xolos.
O’q ovozi yangradi. Mister Ыыы qulab tushdi.
Quyosh nurlari ostida to‘rtta jasad yotardi. Ularning yonginasida mister Ыыы ham yotardi.
Quyosh nurlariga cho‘mgan tepalik ustida tumshug‘ini osmonga qadagancha hech qayoqqa g‘oyib
bo‘lmay, raketa qaddini tik tutib turardi. Shaharliklar ufqdagi raketani uchratib, buning nima
ekanligiga aqllari yetmay, rosa boshlari qotdi. Uning nima ekanligini hech kim bilolmadi. Raketani
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |