www.ziyouz.com kutubxonasi
19
bilmaysiz-a?
Mister Uuu jahl bilan boshini siltadi.
— Yer boshdan-oyoq dengiz, dengizdan boshqa hech narsa yo‘q. U yerda hech qanday quruqlik
yo‘q. O’zim o‘sha yerdanman, men bilmay, kim bilsin.
— Shoshmang, — kapitan orqaga bir odim tisarildi, — siz g‘irt marslik ekansiz! Ko‘zlaringiz sap-
sariq, badaningiz qoracha...
— Yer nuqul junglilar bilan qoplangan, — mag‘rur gap qo‘shdi mister Rrr. — Men Orridanman,
kumush madaniyati mamlakatidanman!
Kapitan nigohini bir chehradan boshqa chehraga, mister Uuudan mister Yuyuyuga, mister
Yuyuyudan mister Zzzga, mister Zzzdan mister Nnnga, mister Xxxdan mister Bbbga oldi. U
marsliklarning ko‘zlari bir qorayib, bir kengayayotganini, bir chaqchayib, bir xiralashganini ko‘rib
turardi. Uning vujudini titroq bosdi. Nihoyat, u o‘z hamrohlari tomon o‘girildi-da, ma’yus dedi:
— Buning nima ekanini tushundilaringmi?
— Nimani, kapitan?
— Bu hech ham tantanali uchrashuv emas, — horg‘in dedi u, — shoshilinch qabul ham emas.
Ziyofat ham emas. Biz bu yerda hurmatli mehmonlar ham emasmiz. Ular esa Mars hukumatining
vakillari ham emas. Ularning ko‘zlariga bir qarang-a, nutqlariga yaxshilab quloq solib ko‘ring-a!
Fazogirlar nafaslarini ichlariga yutishdi. Ko‘zlarini ola-kula qilgancha ular asta-sekin g‘alati zalga
nigoh yugurtira boshlashdi.
— Endi bildim. — Kapitanning ovozi go‘yo uzoqdan kelayotgandek edi. — Bildim, ular bekorga
bizga yangi manzillarini berishmabdi va biz to mister Iiini uchratguncha boshqa birovning oldiga
jo‘natishmabdi... Ular bekorga bizga aniq manzil bilan kalitni berib, eshikni ochib kirib, ichkaridan
qattiq yopib olishimizni tayinlashmagan ekan. Biz qo‘lga tushdik...
— Qo‘lga tushdik deysizmi, komandir? Kimning qo‘liga?
Kapitan shalvirab qoldi.
— Jinnixonaga tushibmiz.
Tun cho‘kdi. Shaffof devorlarning orasiga yashiringan chiroqlardan taralayotgan g‘ira-shira nurga
to‘lgan keng tanobiy uyda sukunat hukmron edi. To‘rttala yerlik yog‘och stol atrofida o‘tirgancha
boshlarini xam qilib, shivirlashar edilar. Yerda ayqash-uyqash bo‘lib erkak va ayollar uxlar edilar. Qop-
qorong‘i burchaklarda nimalardir g‘imirlar, yakkam-dukkam ko‘lankalar qo‘llarini g‘alati-g‘alati silkir
edilar. Har yarim soatda fazogirlardan biron kishi kumush eshik oldiga borardi-da, stol oldiga qaytib
kelardi.
— Foydasi yo‘q, kapitan. Biz bu yerdan endi chiqib ketolmaymiz.
— Kapitan, nahotki bizni jinni deb o‘ylashgan bo‘lsa?!
— Bo‘lmasa-chi?! Aks holda nega bizning kelishimizni tantanali kutib olishmadi? Biz ular uchun
shunchaki ruhiy kasallarmiz, bizdaqalar bu yerda to‘lib-toshib yotibdi. — U uxlab yotgan odamlarga
ishora qildi. — Bular axir paronoidlar-ku, bittasi ham sog‘ emas! Lekin ular bizni qanday kutib olishdi!
Menga hatto, — uning ko‘zlarida uchqun sachradi va o‘sha zahoti o‘chdi, — oxiri tantanali uchrashuv
ustidan chiqqandek tuyuldi. Mana bu hayqiriqlar, qo‘shiqlar, nutqlar... Axir bari zo‘r bo‘lgan edi-ku...
— Bizni bu yerda qancha ushlab turishar ekan, a?
— Biz o‘zimizning jinni emasligimizni isbotlagunimizcha.
— Ha, bu qiyin emas ekan-ku.
— Men ham shunday deb o‘ylayman...
— Siz, aftidan, nimadandir cho‘chiyapsiz, shekilli, kapitan?
— Hm... Hov anovi burchakka bir qarang.
Qorong‘ida bir erkak cho‘nqayib o‘tirardi. Uning og‘zidan mittigina yalang‘och ayol shaklidagi moviy
olov otilib turardi. Ayol havoda ko‘kishtob tutun ichida mayin uchardi va nimalarnidir shivirlab
xo‘rsinar edi.
Kapitan boshi bilan boshqa tomonni ko‘rsatdi. U yerda bir ayol turar, turgan joyida hayratomuz
Marsga hujum (roman). Rey Bredberi
Do'stlaringiz bilan baham: |